Kim birovga chuqur qazisa, unga o’zi yiqiladi.(Maqol)
|
Birovga chuqur qaziganning o’zi shu chuqurga yiqiladi.
|
Ega ergash gapli qo’shma gap
|
2
|
Bizda odat shundayki, uyga kelgan mehmonga ham ko’sak chuvitamiz. (Oybek)
|
Uyga kelgan mehmonga ham ko’sak chuvitish odatimiz.
|
Kesim ergash gapli qo’shma gap
|
3
|
Men shundan qo’rqamanki, oramizda ham ikkilanuvchilar bor. (H.H.Niyoziy)
|
Men oramizda ikkilanuvchilar ham borligidan qo’rqaman.
|
To’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gap
|
4
|
Shunday hayot tug’ildiki, u sensiz yashnay olmaydi. (As.Muxtor)
|
Sensiz yashnay olmaydigan hayot tug’ildi.
|
Aniqlovchi ergash gapli qo’shma gap
|
5
|
Kunbotir, dimog’i chog’ bo’lib, Balqiyon yo’liga ravona bo’ldi.
|
Kunbotir dimog’i chog’ bo’lgan holda Balqiyon yo’liga ravona bo’ldi.
|
Ravish ergash gapli
qo’shma gap
|
6
|
U kuchanib qancha qattiq puflasa, pilik shuncha lovillab yonardi. (Oybek)
|
U kuchanib qattiq puflagan sari pilik lovillab yonardi.
|
O’lchov-daraja ergash gapli qo’shma gap
|
7
|
Quyosh havoni isitsa, do’stlik qalbni isitadi. (Gazetadan)
|
Do’stlik qalbni, quyosh havoni isitadi.
|
Chog’ishtirish va o’xshatish ergash gapli qo’shma gaplar
|
8
|
Gapni cho’zishning hojati yo’q, sababki odamlar tayyor. (AQodor)
|
Odamlar tayyor bo’lgayai uchun gapni cho’zishning hojati yo’q.
|
Sabab ergash gapli qo’shma gap
|
9
|
O’tni lovullating, toki batamom kuydirsin, kul qilsin dushmanimizni. (Oybek)
|
Dushmanimizni kul qilish, kuydirish maqsadida o’tni lovullating.
|
Maqsad ergash gapli qo’shma gap
|
10
|
Xolmurod ochiq turgan maktab eshigini berki - tishga borganda, ichkaridan ovozlar eshitildi. (P.Tursun)
|
Xolmurod ochiq turgan maktab eshigini ber- kitishga borgan paytda ichkaridagi ovozlarni eshitdi.
|
Payt ergash gapli qo’shma gap
|
11
|
Gulsum qayerda o’ynasa, Xolmurodning ko’zi ham, o’sha yerda edi. (P.Tursun)
|
Xolmurodning ko’zi Gulsum o’ynagan joyda edi.
|
O’rin ergash gapli qo’shma gap
|
12
|
Ko’zim ilgari ochilgan bo’lsa edi, men o’z yuragimni bo’rilarga yedirar edimmi? (Oybek)
|
Sodda gapga aylantirish mumkin emas.
|
Shart ergash gapli qo’shma gap
|
13
|
Soqchi haydasa ham, Kurashevich qirg’oqdan nari ketmadi (As.Muxtor)
|
Soqchining haydashiga qaramasdan Kurashevich qirg’oqdan nari ketmadi.
|
To’siqsiz ergash gapli qo’shma gap
|
14
|
Yaproqlar shunday tovlanadiki, ko’zingiz qamashadi. (Oybek)
|
Yaproqlarning tovlanishi oqibatida ko’zingiz qamashadi.
|
Natija ergash
gapli
qo’shma gap
|
Ko’rinadiki, tobe ergash gap vazifa jihatdan gapning kesimi vazifasida kelgan so’zning sintaktik va ma’noviy birikuvchanligi (valentligi) ning qaysi a’zosi o’rnini egallasa, shu a’zo nomi bilan aytiladi. Bunda hol ma’no turlarining farqlanishi saqlanadi, to’ldiruvchi, va aniqlovchilarni turlarga ajratishda izchillik davom ettirilmaydi. Buning sababi shundaki, to’ldiruvchi va aniqlovchining sodda gap sintaksisida ajratilish asoslari ma’noviy omilga emas, balki shakliy, grammatik (morfologik) omilga tayanadi. Holning turlarini ajratish esa ma’noviy asosda amalga oshiriladi.