O’zaro perpendikulyar tekisliklar
Agar ikki tekislik bir-biri bilan kesishganda ikki yoqli to’g’ri burchaklar hosil qilsa, bunday tekisliklar o’zaro perpendikulyar tekisliklar deyiladi.
Agar o’zaro perpendikulyar tekisliklar umumiy vaziyatdagi tekisliklar bo’lsa, epyurda ularni yasash ma’lum darajada qiyin bo’ladi, chunki bunday tekisliklar epyurda muayyan emas, sho’ning uchun ularni bevosita (ichki) belgilari asosida, qo’shimcha yasashlar yo’li bilan bilishga yoki tasvirlashga to’g’ri keladi.
Stereometriyadan ma’lumki, ikkita P va Q tekislik fazoda o’zaro perpendikulyar bo’lsa, ular har biri ikkinchisiga perpendikulyar bo’lgan to’g’ri chiziqdan o’tadi (75-rasm).
Perpendikulyarlar orasidagi ABC to’g’ri burchakning qiymati P va Q tekisliklar orasidagi ikki yoqli to’g’ri burchakning qiymatiga teng.
75-rasm. 76-rasm.
Berilgan P tekislikga perpendikulyar bo’lgan AB to’g’ri chiziq orqali cheksiz ko’p Q, R, S tekisliklar o’tkazish mumkin, ularning hammasi P tekislikga perpendikulyar bo’ladi (76-rasm). Masala to’la, ya’ni javobi bitta bo’lishi uchun qo’shimcha shartlar kerak bo’ladi.
Berilgan P tekislikga perpendikulyar bo’lmagan AC to’g’ri chiziq orqali unga perpendikulyar qilib yolg’iz bitta Q tekislik o’tkazish mumkin; bu Q tekislik epyurda AC chiziq va AB perpendikulyar bilan tasvirlanadi.
Bir necha misol yechamiz.
1. A nuqta orqali P tekislikga perpendikulyar qilib o’tkazilgan tekislikning izlari yasalsin (77-rasm).
Yasash tartibi: izlangan tekislik QP bo’lgani uchun, A nuqtadan P tekislikga perpendikulyar tushiramiz: A″M″PV; A′M′PH perpendikulyarning izlarini (M′, M″ va N′, N″) topamiz; perpendikulyarning gorizontal izi (M′) dan tekislikning gorizontal izi (QH) o’tishi, perpendikulyarning frontal izi (N″) dan tekislikning frontal izi (QV) o’tishi kerak. Qo’shimcha shartlar bo’lmagani uchun M′ orqali QH o’tkazamiz, N″ va QX orqali QV o’tkazamiz. Masalaning javobi nihoyatda ko’pdir.
77-rasm. 78-rasm.
2. Berilgan AB to’g’ri chiziq orqali epyurda DEF uchburchak bilan tasvirlangan P tekislikga perpendikulyar qilib Q tekislik o’tkazilsin (78-rasm).
Yasash tartibi:
1) berilgan tekislikda gorizontal (F′1′; F″1″) va frontal (D′2′; D″2″) o’tkazamiz;
2) berilgan to’g’ri chiziqning birorta, masalan, B nuqtasidan berilgan tekislikga perpendikulyar tushiramiz (B′C′F′1′; B″C″D″2″).
Izlangan Q tekislik kesishuvchi AB va BC chiziqlar bilan ifodalanadi, Q tekislik DEF tekislikga perpendikulyar bo’lgan AB chiziq orqali o’tgani uchun DEF tekislikga ham perpendikulyar bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |