Muhandislik grafikasi va kompyuterda loyihalash


O’qlari kesishgan aylanish sirtlarining kesishuv chizig’ini yordamchi sferalar vositasi bilan yasash



Download 12,28 Mb.
bet45/45
Sana18.02.2022
Hajmi12,28 Mb.
#450355
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
Bog'liq
Maruzalar matnlari (to\'liq) 2021-22

O’qlari kesishgan aylanish sirtlarining kesishuv chizig’ini yordamchi sferalar vositasi bilan yasash
O’qlari kesishgan aylanish sirtlarining o’zaro kesishuv chizigini yasash uchun, ba’zi hollarda, yordamchi kesuvchi tekisliklar o’rniga, yordamchi aferalardan fondalanilsa, masalani hal qilish birmuncha osonlashadi.

13-rasm.
Bu usul tubandagi holga asoslangan: agar har qanday aylanish sirtining o’qi sferaning markazidan o’tgan bo’lsa, bu sirt sfera bi­lan aylanalar bo’yicha kesishadi. Bu aylanalarning tekisliklari aylanish sirtining o’qiga perpendikulyar bo’ladi. 13-rasmda o’qlari sferaning markazidan o’tgan doiraviy silindrning, doiraviy konusning va aylanish ellipsoidining sfera bilan kesishuvi tasvirlangan. Epyurdagi 1″2″ va 3″4″ kesmalar aylanalarning frontal proyeksiyalaridir.
14-rasmdagi misolda kesik doiraviy konus bilan yasovchisi egri chiziq bo’lgan aylanish sirtining kesishuv chizig’ini yordamchi sferalar usuli bilan yasash ko’rsatilgan.
Kesishuv chiziqning eng chetdagi (pastgi va yuqorigi) nuqtalari (1″ va 2″) berilgan sirtlarning kontur yasovchilari kesishgan joylarda bo’ladi. Oraliqdagi nuqtalarni topish uchun sirtlarning o’qlari kesishgan nuqtadan (O', O″ dan) berilgan ikkala sirtni kesuvchi sfera chiziladi (sferaning radiusi R ixtiyoriydir). Sfera bilan konus aylana bo’yicha kesishadi; bu aylana V tekislikka to’g’ri chiziq kesmasi (C″D″) tarzida proyeksiyalanadi.
Berilgan aylanish sirti ham o’sha sfera bilan aylana bo’yicha kesishadi; bu aylana V tekislikka to’g’ri chiziq kesmasi (A″B″) tarzida proyeksiyalanadi. Bu kesmalar (A″B″ va C″D″) o’zaro kesishib, izlangan 3″, 4″ nuqtalarni hosil qiladi. Ikkala sirtni boshqa radiusli sferalar bilan kesib, yana bir qancha nuqtalar topish mumkin.

14-rasm. 15-rasm.
Yasash frontal proyeksiyada bajariladi. Frontal proyeksiyasi bo’yicha kesishuv chizig’ining gorizontal proyeksiyasini yasash qiyin bo’lmaydi. Masalan, 3″, 4″ nuqtalarning gorizontal proyeksiyalarini topish uchun diametri A″B″ kesmaga teng bo’lgan aylana chiziladi va unga 3″, 4″ nuqtalardan vertikal chiziq tushiriladi.
Ba’zi hollarda, berilgan sirtlar bilan yordamchi sferaning kesishuv chiziqlari aylanalar bo’lsin uchun, har safar sferaning markazini yangi o’ringa surish kerak bo’ladi.
15-rasmda konus bilan halqaning o’zaro kesishuv chizig’ini markazi konusning o’qi bo’yicha «sirpanuvchi» sferalar vositasi bilan yasash usuli ko’rsatilgan. Chizmada joyni tejash maqsadida halqaning faqat bir choragi tasvirlangan. Sirtlarning umumiy sim­metriya (bosh meridianal) tekisligi izi (PH) da yotgan 1″, 1′; 2″, 2′ nuqtalar to’g’ridan-to’g’ri to- piladi. Oraliqdagi boshqa nuqtalarni topish uchun yasashni halqa bilan sfera kesilishidan hosil bo’ladigan aylana tekisligining izi (QV) ni o’tkazishdan boshlash kerak. Bu tekislik bilan halqaning kesilishidan hosil bo’lgan aylana V tekislikka to’g’ri chiziq kesmasi (A″B″) tarzida proyeksiyalanadi. Bu A″B″ kesmaning o’rtasidan shu kesmaga o’tkazilgan perpendikulyar bilan konus o’qining kesishuv nuqtasi (O″) halqani ham, konusni ham aylana bo’yicha kesadigan va radiusi R = O″A″ = O″B″ bo’lgan yordamchi sfera­ning markazidir. Sfera bilan konusning kesishuvidan hosil bo’lgan aylana V tekislikka C″D″ kesma tarzida proyeksiyalanadi. Natijada, A″B″ bilan C″D″ kesishib, izlangan 3″, 4″ nuqtalarni beradi. Gori­zontal proyeksiyaga bu nuqtalar konusdagi aylana C″C″ vositasi bi­lan o’tkaziladi.
Huddi Q tekislikka o’xshash boshqa tekisliklar o’tkazib, yordamchi sferalarning yangi bir necha markazini va radiuslarini topish mumkin.
Absolyut aniqlik va qat’iy mantiqga asoslangan ilm – geometriyada hamma vaqt haqiqiy san’at va chin ma’nodagi go’zallik mavjud.
Geometriya bu qat’iyatli mantiq bilan tuzilgan va bezalgan fazoviy tasavvurdir.
Geometriyani anglash va uni hayotga tadbiq qilish uchun ko’tarinki ruh – ijodiy ilhom zarur.

1 O’lchashga, ya’ni masofa, burchak, yuz va shular singarilarni aniqlashga doir masalalar metrik masalalar deyiladi. Geometrik elementlarning o’earo vaziyatlarini aniqlashga doir masalalar pozision masalalar deb ataladi.

2Ikkiyoq, uch yoq, ko’pyoq, va h. k. terminlar oxiriga lik qo’shimchasi qo’shib o’qish tavsiya etiladi.
2 Muntazam ko’pyoqlarning (ko’pyokliklarning) proyeksiyalarini yasashga qiziqganlar, masalan, N. A. Popovning «Курс начертательной геометрии» degan kitobini o’qishi mumkin. Гостехиздат, 1947.



3


Download 12,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish