15-mavzu.
Sirtlarning o’zaro kesishuvi va ularni yasash usullari.
Turli buyumlar, mashina detallari va muhandislik inshootlari har xil geometrik shakllardan (ko’pyoqlar, konuslar, silindrlar va boshqalardan) tuzilgan deb qarash mumkin. Ular sirtlarining kesishuvi natijasida tekis yoki fazoviy egri chiziqlar hosil bo’ladi. Buyumlarni, mashina detallarini va inshootlarni tasvirlashda chizmada bu chiziqlarning proyeksiyalarini yasashga to’g’ri keladi.
Quyida geometrik sirtlarning o’zaro kesishuvidan hosil bo’ladigan chiziqlarni yasash usullari bayon qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |