Muhandislik grafikasi va kompyuterda loyihalash



Download 12,28 Mb.
bet2/45
Sana18.02.2022
Hajmi12,28 Mb.
#450355
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
Maruzalar matnlari (to\'liq) 2021-22

Oddiylik, grafik bajarilish nuqtai nazariyadan, grafik operasiyalar ketma-ketligi ko’rinishida bir xillik amal qilishi;
Aniqlik - chizmada bajarilayotgan grafik operasiyalar yetarli darajada aniq yechimlarni berishi kerak.


Chizma geometriya fani.
Chizma geometriya, geometriyaning bir bo’limi bo’lib, unda fazoviy shakllar va originallarni tekislikda tasvirlash(chizmalar) yordamida o’rganiladi. Chizma geometriya fani chizmalarni o’qish va hosil qilish usullari, shuningdek, chizmalarda originalga bog’lik bo’lgan geometrik masalalarni yechish usullarini o’rganadigan fandir.
Xalq xo’jaligida qo’llanilayotgan yangidan yangi texnikalar va progressiv texnologiyalar chizma geometriya kursiga yangi masalalar va usullar qo’shishni taqozo qiladi. Masalan, oxirgi yillarda texnikada ( avia-, avtomobilsozlik, arxitektura va hokazolar ) murakkab sirtlar qo’llanila boshladiki, bu jarayon sirtlarni konstruksiyalashning geometrik usullarini rivojlantirishga olib keldi.
Zamonaviy chizma geometriya kursiga ba’zi o’ziga xos usul va tushunchalar kiritilganki, ular quyida ko’rib chiqiladi.


Proyeksiyalash uslubi.
Chizmada originalning nuqtalarini tasvirlash uchun proyeksiyalash operasiyasi qo’llaniladi. A nuqtaning tasviri hosil bo’ladigan H tekislik proyeksiyalar tekisligi deb ataladi(kartinalar tekisligi, chizma tekisligi deb ham yuritiladi). Proyeksiyalash operasiyasi shundan iboratki, A nuqtadan proyeksiyalovchi deb ataluvchi to’g’ri chiziq o’tkaziladi.
Proyeksiyalovchi to’g’ri chiziq bilan H tekislikning uchrashuv nuqtasi A (1- rasm) A nuqtaning H tekislikdagi proyeksiyasi deyiladi. Proyeksiyalash uslubi bilan qurilgan chizmalar proyeksion chizma deb ataladi.
Fazoda proyeksiyalovchi to’g’ri chiziqni aniqlash uchun hamma proyeksiyalovchi to’g’ri chiziqlar o’tadigan S nuqtani belgilaymiz (1-rasm). S nuqta proyeksiyalash markazi deb ataladi. Bu holda operasiya markaziy proyeksiyalash, uning natijasi A = (SA) ∩ H, markaziy proyeksiya deyiladi.

1- rasm.
Proyeksiyalovchi to’g’ri chiziqni aniqlashning boshqa usuli proyeksiyalash yo’nalishi deb ataluvchi H ga parallel bo’lmagan S bilan berilishi. Proyeksiyalovchi to’g’ri chiziqlar S ga parallel qilib quriladi. Operasiya parallel proyeksiyalash deb ataladi. Mos ravishda proyeksiya ham parallel proyeksiya deyiladi(masalan, V' nukta(1 - rasm)).
Parallel proyeksiyalashda proyeksiyalovchi to’g’ri chiziqlar proyeksiyalar tekisligiga nisbatan qandaydir φ burchak ostida bo’ladi. Agar φ900 bo’lsa, proyeksiyalash qiyshiq burchakli deb ataladi. Mos ravishda proyeksiya ham qiyshiq burchakli proyeksiya deyiladi. Agar φ = 900 bo’lsa, proyeksiyalash to’g’ri burchakli (ortogonal) proyeksiyalash, proyeksiya ham to’g’ri burchakli(ortogonal) proyeksiya deyiladi.

Download 12,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish