Nuqta, to’g’ri chiziq va tekisliklarning chizmalari. O’giriluvchan chizmani qurishning chizma geometriyada qo’llaniladigan geometrik sxemasini keltiramiz. Eng oddiy shakllarning o’giriluvchan chizmasini ko’rib chiqamiz.
Monj epyuri*. O’giriluvchan chizmani ko’rish sxemasini taniqli fransuz geometri va davlat arbobi Gaspar Monj (1798-yilda chizma geometriya bo’yicha birinchi sistematik kursni Parijda chop qildirgan) rivojlantirgan. Monj sxemasi bo’yicha original ikkita o’zaro perpendikulyar H va V proyeksiyalar tekisliklariga ortogonal proyeksiyalanadi. Ular mos ravishda gorizontal va frontal proyeksiyalar tekisliklari deb ataladi.
Ular fazoni choraklar (yoki kvadrantlar) deb ataluvchi to’rtta qismga bo’ladi. 7-rasmda ko’rsatilganidek I, II, III va IV choraklar deb yuritiladi. Koordinatalar sistemasi, koordinatalar tekisliklarining proyeksiyalar tekisliklari bilan ustma-ust
__________________________
Do'stlaringiz bilan baham: |