6-mavzu. To’g’ri chiziq va tekislikning kesishuvi.
To’g’ri chiziqning proyeksiyalovchi tekislik bilan kesishuvi. ℓ (ℓ′, ℓ′′) to’g’ri chiziqning frontal proyeksiyalovchi Σ (Σ′, Σ′′) tekislik bilan uchrashuv A nuqtasining (A′, A′′) proyeksiyalarini qurishni ko’rib chiqamiz (35-rasm).
35 - rasm. 36- rasm.
Chizmani ℓ to’g’ri chiziqning ko’rinar va ko’rinmas qismlarini tasvirlash bilan to’ldiramiz. Σ (Σ′, Σ′′) tekislikning yuqori qismida joylashgan yarim
to’g’ri chiziq – tekislik bilan kesishgan A nuqtagacha bo’lgan qismi gorizontal proyeksiyalar tekisligida ko’rinadigan bo’ladi.
Proyeksiyalovchi to’g’ri chiziqning umumiy vaziyatdagi tekislik bilan kesishuvi. Gorizontal proyeksiyalovchi ℓ (ℓ′ℓ′′) to’g’ri chiziq bilan Ω (A,V,S) tekislikning kesishuv nuqtasi R ni ko’ramiz (36-rasm).
1. R = ℓ∩ Ω nuqtaning R′ gorizontal proyeksiyasi shu to’g’ri chiziqning gorizontal proyeksiyasi bilan ustma- ust tushadi. ℓ′ = R′.
2. Izlanayotgan R nuqtaning yetishmagan R′′ proyeksiyasini, uning Ω tekislikda yotishiga asoslanib, quyidagi sxema bo’yicha quramiz. .
a) Ω tekislikda yotuvchi va R (R′) nuqtadan o’tuvchi a (a′) to’g’ri chiziqni o’tkazamiz.
b) a to’g’ri chiziqning Ω tekislikda yotishini inobatga olib, uning a′′ frontal proyeksiyasini quramiz.
c) R′′ = a′′∩ℓ′′ nuqta R nuqtaning izlanayotgan frontal proyeksiyasi bo’ladi.
3. Raqobatlashuvchi (konkuriyent) nuqtalar usuli bilan ℓ to’g’ri chiziqning ko’rinar-ko’rinmasligini aniqlaymiz.
Umumiy vaziyatdagi tekislik bilan ixtiyoriy to’g’ri chiziqning kesishuvi. Birinchi pozision masala.
Bu masala chizma geometriyaning asosiy masalalaridan biridir.
ℓ to’g’ri chiziqning Δ (A,V,S) tekislik bilan kesishuv nuqtasi P ning P′ va P′′ proyeksiyalarini quramiz(39- va 40 - rasmlar).
39 – rasm . 40 – rasm .
Oldingi masalalarni yechilishiga asoslanib, quyidagi amallarni bajaramiz:
1. Berilgan ℓ to’g’ri chiziq orqali yordamchi proyeksiyalovchi tekislik, masalan Σ (ΣH) : Σ ℓ va H ni o’tkazamiz.
2. Bu yordamchi proyeksiyalovchi tekislik Σ (ΣH) bilan, berilgan Δ (A,B,C) tekislikning kesishuv chizig’i 12 (1′2′,1′′2′′) ni quramiz. 12 = Δ ∩ Σ.
3. Qurilgan 12 to’g’ri chiziq bilan berilgan ℓ to’g’ri chiziqning izlanayotgan kesishuv nuqtasi P(P′,P′′)ni quramiz. P=ℓ ∩12 Δ P = ℓ ∩ Δ.
Masalaning yechilish sxemasini yozamiz.
a) ΣH ℓ′, H ; b) 12 = Δ ∩ Σ ; c) P = 12 ∩ ℓ.
Chizmaga ko’rgazmalik berish uchun ℓ to’g’ri chiziqning ko’rinar-ko’rinmas-ligini ko’rsatish zarur. H da ikkita raqobatlashuvchi 3 va 4 nuqtalardan ℓ to’g’ri chiziqda yotgan 3 nuqtasi, kuzatuvchining ko’ziga yaqin bo’lgani uchun ko’rinar, AV to’g’ri chiziqdagi 4 nuqta esa ko’rinmas bo’ladi. V da ℓ′′to’g’ri chiziq P′′ nuqtagacha ko’rinar bo’ladi. Xuddi shunday mulohaza yuritib, H da ℓ to’g’ri chiziqning ko’rinar-ko’rinmasligini raqobatlashuvchi nuqtalar yordamida aniqlash mumkin(40 - rasmga qarang).
41-rasmda c(c′,c′′) va d(d′,d′′) parallel to’g’ri chiziqlarning proyeksiyalari bilan berilgan tekislikning a(a′,a′′) gorizontal proyeksiyalavchi to’g’ri chiziq bilan kesishuv tuqtasini topish ko’rsatilgan.
41-rasm. 42-rasm.
42-rasmda esa, umumiy vaziyatdagi a(a′,a′′) to’g’ri chiziqning izlari bilan berilgan T(TH,TV) tekislik bilan kesishuv nuqtasini topish ko’rsatilgan.
Har ikkala misolda, berilgan tekislikni kesuvchi, shu bilan birga to’g’ri chiziqlar orqali o’tuvchi, yordamchi proyeksiyalavchi tekisliklar o’tkazilgan. Masalalarning yechilish ketma-ketligi chizmalardan ko’rinib turibdi va hyech qanday tushintirishlarni talab qilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |