Moliya”fanidan O’quv-uslubiy majmuaBalans 20x0 y
“Moliya” kafedrasi
Endi kompaniyaning 20x4 yil oxiridagi balansini tahlil qilamiz. Aytaylik, “XYZ” o‘z sof foydasining 30,0%ini dividendlar sifatida to‘lashni rejalashtirmoqda. Shunday ekan, aksiyadorlik kapitali 6,9 mln. so‘mga oshadi (333,2 dan 340,1 mln. so‘mga). Jami aktivlar 207,0 mln. so‘mni, to‘lanishi kerak bo‘lgan mablag‘lar esa 10,4 mln. so‘mni tashkil etishi kerak. Keyingi davrda kompaniyaga moliyalashtirish uchun qancha mablag‘ kerak bo‘lishini aniqlab olish uchun (ushbu mablag‘larni aksiyalar emissiyasi yoki qarzlar hajmini ko‘paytirish orqali jamlash mumkin) aktivlar o‘sish hajmidan taqsimlanmagan foyda o‘sishi summasi va kreditorlik qarzi o‘sishi summasini ayirib tashlash kerak, ya’ni: Kerakli qo‘shimcha moliyalashtirish summasi =
Shunday qilib, aniqlab oldikki, prognoz qilinayotgan yilda kompaniyaga qo‘shimcha 190,1 mln. so‘m kerak bo‘ladi va bu summani kompaniya biror tashqi moliyalashtirish manbaidan olishi mumkin. 14.1.3-jadvalda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra bu summa to‘liqligicha firmaning qisqa muddatli qarzini oshirish orqali olinadi. Natijada qisqa muddatli qarz jami miqdori 501,7 mln. so‘mdan 691,8 mln. so‘mgacha oshadi. O‘sib kelayotgan biznes: tashqi moliyalashtirishga bo‘lgan ehtiyoj Endi bizga ma’lumki, agar 20x4 yilda “XYZ” korporatsiyasining sotuvlari hajmi 20%ga oshsa, kompaniya biror tashqi manbalardan yana 190,1 mln. so‘m miqdorida qo‘shimcha mablag‘ qidirishiga to‘g‘ri keladi. Amalda bu muammoni hal etishning quyidagi uchta yo‘li bor: Firmaning qisqa muddatli qarzlarini oshirish (14.3-jadvaldagi ma’lumotlarga asoslangan vaziyat); 114
Firmaning uzoq muddatli qarzlarini oshirish; Yangi aksiyalar emissiyasi orqali. Endi tashqi manbalardan qo‘shimcha moliyalashtirish summasi sotuvlar hajmi oshishi sur’atiga qanchalik bog‘liq ekanligini ko‘rib chiqamiz. Bunday bog‘liq (sezuvchan, ta’sirchan)likni tahlil qilish usullaridan biri oldingi bo‘limda bayon etilgan tartib (jarayon) sotuv hajmlari o‘sishi sur’atlarining turli ko‘rsatkichlaridan foydalangan holda takrorlani-shidir. Bu vazifani bajarish juda oson. Buning uchun maxsus kompyuter dasturida elektron jadval modeli tuziladi. Namunani “Prentice-Hall”78 nashriyotining ma’lumotlar Web-saytida topish mumkin. Bog‘liq (sezuvchan, ta’sirchan)likning tahlil qilish natijalarini 1-rasmda ko‘rish mumkin. 4. Firmaning barqaror o‘sishi koeffitsiyenti 14.1-rasm mo‘ljallangan sotish hajmiga erishish uchun tashqi moliyalashtirish summasi qanchalik ko‘payishi kerakligini yaqqol ifoda etadi. Biroq bizda qarama-qarshi savol ham vujudga kelishi mumkin: tashqi manbalardan faqatgina chegaralangan summani olishi mumkin bo‘lgan sharoitda firmaning sotish hajmi qanchalik tez o‘sishi mumkin? 14.1-rasm. Tashqi moliyalashtirishning sotish hajmining o‘sish sur’atlari bilan bog‘liqligi Ushbu savolga javob berish uchun kompaniyaning tashqi moliyalashtirish imkoniyatlari quyidagilar bilan cheklanadi, deb faraz qilamiz: Firma yangi aksiyalarni muomalaga chiqarishni rejalashtirmayapti. Demak, firmaning aksiyadorlik kapitali taqsimlanmagan daromadni ko‘paytirish natijasidagina oshishi mumkin; Firma o‘z kapitali va qarz olingan kapital nisbati koeffitsiyentini oshirishni istamaydi. Demak, taqsimlanmagan daromad o‘sishi natijasida kompaniyaning o‘z kapitali qanday sur’atda oshsa, tashqi qarz summasi ham xuddi shu sur’atda oshadi. Bunday sharoitda firmaning o‘z kapitali qancha tez ko‘paysa, firmaning o‘zi Qarang: www.prenhall.com/bodie 115
Barqaror o‘sish tenglamasini keltirib chiqarish Barqaror o‘sish koeffitsiyenti = Aksiyadorlik kapitali o‘sishi sur’atlari Agar firma yangi aksiyalar chiqarmasa, uning aksiyadorlik kapitali o‘sishi sur’atlari yil boshidagi aksiyadorlik kapitali miqdoriga bo‘lingan taqsimlanmagan daromad o‘sishi sur’atlariga teng bo‘ladi:
Lekin:
Foydani ushlab turish koeffitsiyenti – bu firma sof foydasining aksiyadorlarga dividend sifatida to‘lanmagan yoki kompaniyaning muoma-ladagi aksiyalarini sotib olishga sarflangan qismi. Ta’rifga ko‘ra bu ko‘rsatkich quyidagicha aniqlanadi:
Binobarin, o‘rniga qo‘yish usulidan foydalanib quyidagini olamiz:
yoki boshqacha qilib aytganda:
Va, shu tariqa, biz yana barqaror o‘sish koeffitsiyentiga ega bo‘lamiz: 116
Barqaror o‘sish tenglamasi qiymati ahamiyati Firmaning barqaror o‘sish maksimal koeffitsiyenti uning kapitali daromadliligi koeffitsiyentiga (ROE) teng, va faqat dividendlar to‘lash koeffitsiyenti “0”ga teng bo‘lganda, ya’ni kompaniyaning sof foydasi to‘liqligicha ushlab qolinib, biznesga reinvestitsiya qilingandagina bunday ko‘rsatkichga erishish mumkin. Agar firma o‘z o‘sish sur’ati o‘zining barqaror o‘sish koeffitsiyentidan yuqori bo‘lishini istasa, yangi aksiyalarni emissiya qilishi yoki kreditorlar oldidagi qarz koeffitsiyentini oshirishi kerak bo‘ladi. Download 5,79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |