23-mavzu. Moliyaviy hisobotlardagi farqlanuvchi holatlar reja



Download 31,19 Kb.
bet1/2
Sana14.04.2022
Hajmi31,19 Kb.
#552425
  1   2
Bog'liq
MOLIYAVIY HISOBOTLARDAGI FARQLANUVCHI HOLATLAR


23-MAVZU. MOLIYAVIY HISOBOTLARDAGI FARQLANUVCHI HOLATLAR
Reja:

  1. Bozor va balans bahosi (qiymati) o‘rtasidagi farq.

  2. Foydaning buxgalteriya va iqtisodiy mezonlari.

  3. Aksiyadorlik daromadliligi va aksiyadorlik kapitali daromadligi o‘rtasidagi farq.

1. Bozor va balans bahosi (qiymati) o‘rtasidagi farq
Buxgalteriya hisobi qoidalariga muvofiq ko‘rsatilgan korxona aktivlari va aksiyadorlik kapitali qiymati balans qiymati deb ataladi. Korxona bitta aksiyasining balans qiymati – bu firmaning rasmiy balansida aks ettirilgan aksiyadorlik kapitali umumiy summasini (so‘mda) muomaladagi oddiy aksiyalar soniga bo‘lish natijasida olingan qiymatdir.
Ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, “XYZ” korxonasi aksiyalarining 2019yil oxiri holatiga balans qiymati (bahosi) 313,40 so‘mni tashkil etgan. Ammo xuddi shu vaqtga ularning bozor qiymati (bahosi) atiga 187,20 so‘mga teng bo‘lgan. Investorlar “XYZ” korxonasining bitta aksiyasi uchun to‘lashga tayyor bo‘lgan summa aynan shu summa hisoblanadi. Ammo bu qiymat korxonaning rasmiy balansida aks ettirilmaydi.
Bu yerda quyidagi savollarning tug‘ilishi, tabiiy: nima sababdan aksiyalarning bozor va balans qiymati (bahosi) ko‘rsatkichlari bir-biridan farq qiladi? Va mas’uliyatli moliyaviy qaror qabul qilishi lozim bo‘lgan shaxs uchun bu qiymat (baho)lardan qaysi biri muhimroq?
Ushbu masalalar juda muhim bo‘lganligi uchun ularni batafsil o‘rganamiz.
Dastlab shuni qayd etish lozimki, aksiyalarning bozor qiymati (bahosi) doim ham ularning balans qiymati (bahosi)ga mos kelmasligiga quyidagi ikkita asosiy sabab bor:

  • balans qiymati firmaning barcha aktivlari va majburiyatlarini o‘z ichiga olmaydi;

  • firmaning rasmiy balansiga kiritilgan aktivlar va majburiyatlar ko‘p hollarda joriy bozor qiymati bo‘yicha emas, balki dastlabki qiymati bilan baholanib, ulardan amortizatsiya chiqarib tashlanadi.

Endi asosiy e’tiborimizni ana shu ikkala sababni batafsil ko‘rib chiqishga qaratamiz.
Birinchidan, buxgalteriya balanslarida, ko‘pincha, muhim iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan aktivlar qayd etilmaydi. Xususan, korxona ishlab chiqaradigan tovarlar sifati va ishonchliligi orqasida korxona orttirgan obro‘ ularda aks ettirilmaydi. Shuningdek, agar firma ilmiy-texnik taraqqiyotga katta mablag‘ sarflab, ma’lum ilmiy baza yaratishga erishgan bo‘lsa, bu ham balansda o‘z ifodasini topmaydi. Yuqorida tilga olingan aktivlar nomoddiy aktivlar deb ataladi va ayonki, ular firmaning bozor qiymati oshishiga ko‘p jihatdan ta’sir qiladi va ular moliyaviy qaror qabul qilishda e’tiborga olinishi kerak.
Buxgalterlar o‘z firmasi balansiga ba’zi nomoddiy aktivlarni kiritadilar.
Ammo bu narsa ularning bozor qiymati (bahosi) bo‘yicha amalga oshirilmaydi. Masalan, firma boshqa firmadan patent sotib olsa, patent qiymati balans aktivining tegishli qismida aks ettiriladi va unga amortizatsiya ajratmalari hisoblanadi. Bundan tashqari, korxona boshqa korxonani uning balans qiymati dan qimmat bahoda sotib olsa, buxgalter sotib oluvchi firma balansiga nomoddiy aktivni qo‘shadi. Bu aktiv gudvil yoki firmaning ishbilarmon sifatida obro‘si (goodwill) deb ataladi. Firmaning ishbilarmon sifatida obro‘si – bu u sotib olingan bozor qiymati va uning balans qiymati ‘rtasidagi farqdan iboratdir. Ammo, yuqorida tilga olingan, buxgalteriya balansida aks ettiriladigan nomoddiy aktivlardan farqli o‘laroq, ko‘plab boshqa aktivlar borki, ular buxgalteriya balansida qayd etilmaydi.
Bundan tashqari, buxgalteriya balanslarida firma uchun iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan uning ko‘plab majburiyatlari aks ettirilmaydi. Masalan, balansda firma sud jarayonida javobgar sifatida qatnashayotgani o‘z ifodasini topmaydi. Bunday shartli majburiyatlarning mavjudligi va ularning hajmi, nari borsa, moliyaviy hisobotga ilovada ko‘rsatiladi.
Keling, endi moliyaviy qarorlar qabul qilish jarayonida baholarning qaysi biri inobatga olinishi kerakligini ko‘rib chiqamiz – bozor bahosimi yoki balans bahosi (qiymati)? Deyarli barcha hollarda bozor bahosi hisobga olinadi. Masalan, faraz qilaylik, “Alfa” korxonasi bundan uch yil avval 39,0 mln. so‘mga kompyuterlar uchun sistema bloki korpuslari ishlab chiqaradigan uskuna sotib oldi va bugungi kunga kelib, ushbu uskunaning balansi qiymati uch yillik amortizatsiyani inobatga olganda 26,0 mln so‘mga teng. Ammo, zamonaviy ishlab chiqarish jarayonida yuz berayotgan kompyuter korpuslari ishlab chiqarish texnologiyasidagi o‘zgarishlar sababli ushbu uskunaning bozor qiymati 12,0 mln so‘mdan oshmaydi.
Endi faraz qiling, Siz eski uskunani zamonaviy uskunaga almashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilishingiz kerak. Xo‘sh, bunda taqqoslash uchun qaysi qiymat (baho)ni inobatga olish kerak? Agar soliq to‘lash masalasini hisobga olmasak, bizga iqtisodiy nazariyaning asosiy prinsiplaridan ma’lumki, aktivlarning haqiqiy qiymati ni hammadan aniq ulardan foydalanishning eng yaxshi muqobil varianti ko‘rsatib beradi. Ayonki, ushbu muqobil qiymat balansda ko‘rsatilgan qiymatga nisbatan uskunaning bozor qiymati ga (12,0 mln so‘m.) eng yaqin qiymatdir.
Shuni alohida qayd etish kerakki, so‘nggi yillarda buxgalterlar hisobotlarni ko‘proq aktivlar va majburiyatlarning bozor qiymati (bahosi) asosida olib bormoqdalar. Bu esa buxgalteriya ma’lumotlaridan moliyaviy qaror qabul qilishda foydalanish mumkinligidan dalolat beradi. Shu nuqtai-nazardan, korxonalarning pensiya fondlariga kirgan aktivlari bugungi kunda balanslarda dastlabki sotib olingan qiymati (bahosi) bo‘yicha emas, balki o‘zining bozor qiymati (bahosi) bo‘yicha aks ettirilishini aytishning o‘zi kifoya. Amaliyotda bozor narxlarining joriy o‘zgarishini qayd qilish va ular asosida hisobot tuzish uchun firmaning aktivlari va majburiyatlarini har kuni qayta baholash jarayoni joriy narxlar asosiyda qayta baholash deb nom olgan (marking to market).
b) Foydaning buxgalteriya va iqtisodiy mezonlari
Bozor va balans bahosi o‘rtasidagi farq foyda to‘g‘risidagi tasavvurga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Umumqabul qilingan ma’noda foyda – bu Siz ma’lum vaqt oralig‘ida sarflashingiz mumkin bo‘lgan summa bo‘lib, shu bilan birga, mazkur vaqt boshidagi boyligingiz darajasi saqlab qolinadi. Boshqacha qilib aytganda, foyda – bu kelib tushgan va Siz sarflashingiz mumkin bo‘lgan pul mablag‘i hajmi bo‘lib, natijada muayyan davr oxiriga kelib, shu davr boshida qancha pulingiz bo‘lgan bo‘lsa, ixtiyoringizda shuncha pul qoladi. Keng ma’noda iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureati, taniqli ingiz iqtisodchisi Jon R.Hiks (John R.Hicks) o‘zining mazkur muammoga bag‘ishlangan klassik asari “Qiymat va kapital”da (Value and Capital) aynan shu ta’rifdan foydalangan va zamonaviy iqtisodchilar ham aynan shu ta’rifdan foydalanib kelmoqdalar1. Bu o‘rinda shuni ham qayd etish lozimki, yuqoridagi tarzda buxgalteriya hisobida qabul qilingan foydaga berilgan ta’rif aksiyalarning bozor kursi oshishi yoki pasayishi yoki ma’lum vaqtda mulk bahosi o‘zgarishi sababli olinmagan foyda yoki ko‘rilgan zararlarni e’tiborga olmaydi.
Misol tariqasida quyidagi vaziyatni ko‘rib chiqishni taklif etamiz. Faraz qilaylik, Sizning yil mobaynida olgan sof mehnat haqingizning umumiy summasi
10,0 mln. so‘mni tashkil etadi va Siz bu summani oilan-gizni boqishga sarfladingiz. Ammo, shu bilan birga, aktivlaringizning umumiy qiymati 6,0 mln. so‘mga pasayib ketdi, deylik. Umuman olganda, hech bir buxgalter bu pasayishni e’tiborga olmagan bo‘lar edi. Chunki bu zarar potensial xarakterga ega. Sababi, Sizning aktivlaringiz sotilmagan edi. Bir vaqtning o‘zida, har qanday iqtisodchi Sizga qiymat kamayishini foydangiz hisoblanayotganida inobatga olinishi kerakligi aytgan bo‘lur edi. Chunki u oilangizning iste’mol imkoniyatlariga ta’sir qiladi. Axir endi bu imkoniyat yil boshidagiga nisbatan 6,0 mln. so‘mga qisqardiku! Demak, iqtisodchining nuqtai nazaridan qaraganda Sizning sof foydangiz hammasi bo‘lib 4,0 mln. so‘mni tashkil etgan.
Bundan tashqari, buxgalteriyada foyda hisoblanayotganda garchi soliqqa tortish maqsadida foydadan chegirib qolish sifatida qarz olingan kapital bo‘yicha foizlarni to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarni hisobga olish mumkin bo‘lsa-da, shu bilan birga, xususiyatiga ko‘ra xuddi shunday xarajat - sarflangan o‘z kapitalini hisobga olish mumkin emas. Masalan, firma 20,0 mln. so‘m miqdorida foyda oldi, ammo shu bilan birga u o‘z faoliyatini moliyalashtirish maqsadida 500,0 mln. so‘mlik aksiyadorlik kapitalidan foydalanganligi uchun 10% ga teng daromadlilik stavkasidan kelib chiqqan holda xarajat qildi, deylik. Bu holda iqtisodiy nuqtai nazardan u 30,0 mln. so‘m miqdorida zarar ko‘rgan (ya’ni 20,0 mln. so‘m – 500,0 mln. so‘m x 0,10 = - 30,0 mln. so‘m). Bu buxgalteriya nuqtai nazaridan foyda ijobiy bo‘lgan holda, firma o‘zining asosiy xarajatlarini, shu jumladan, o‘z aksiyadorlik kapitalidan foydalanish bo‘yicha xarajatlarni qoplashga qodir bo‘lmagan vaziyatga yaqqol misol bo‘la oladi2.

Download 31,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish