Buxgalteriya hisobi Mavzu: Pul ekvivalentlari



Download 88,84 Kb.
Sana12.06.2022
Hajmi88,84 Kb.
#659913
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi.pul ekvivalentlari

Buxgalteriya hisobi

Mavzu:Pul ekvivalentlari


Talaba:Saidnazarov Alijon
Guruh:BIA-85
Reja:
1.Pul ekvivalentlari bu-…
2.Pul mablag’lari-
Pul ekvivalentlari – bu pul mablag’lariga o’xshaydigan, lekin boshqacha turkumlanadigan aktivlardir. Ular kassa veksel (kassa veksellari – bu muomalaga chiqarilgan, keyin bir yildan kam muddatga qaytariladigan davlatning foizsiz majburiyatlaridir. To’lash qiymati bilan chiqarilish qiymati o’rtasidagi farq xaridorning foiz daromadi bo’ladi. Kassa veksellari bir yil ichida va undan ortiq muddatda to’lanadigan davlat majburiyatlari hisoblanib, agar ular joriy moliyaviy yil davomida to’lanmasa, qisqa muddatli investitsiya sifatida turkumlanmaydi), tijorat veksellari (qisqa muddatli veksel – bu korporatsiyalar tomonidan chiqarilgan o’zining qisqa muddatli pul mablag’lariga bo’lgan ehtiyojlarini moliyalashtiruvchi mablag’lardir) va depozit sertifikatlaridan (tezda talab qilib olish mumkin bo’lmagan depozit sertifikatlari yoki bank depozitlari, muomaladan chiqarish yo’li bilan to’lanishi mumkin) iborat. Ekvivalentlar kassa schyotida hisobga olinadi va ko’pincha pul ekvivalentlarini hisoblashish vositalariga aylantirish ehtiyoji yo’q. Pul ekvivalentlari hamda yo’ldagi pul mablag’larining holati va harakati to’g’risidagi ma’lumotlarni qayd qilish, umumlashtirish maqsadida 5600-«Pul ekvivalentlari va yo’ldagi pul mablag’lari» schyotlaridan foydalaniladi. Ushbu schyotlar aktiv schyotlar bo’lib pul mablag’lari schyotlarining guruhiga mansubdir. Pul ekvivalentlari 5600 schyotda nominal qiymati hisobida olib boriladi.
Yo’ldagi pul mablag’lari, deganda tovar va mahsulotlarni sotish natijasida kassaga olingan naqd pulning bankdagi pul mablag’lariga o’tkazish uchun inkassatorlarga topshirilgan, ammo bank tomonidan qabul qilinadigan tasdiqlanmagan naqd pul mablag’lari kiradi.
Hozirgi iqtisodiy sharoitida xo’jalik yurituvchi subyektlarning ishlab chiqarish jarayonida doimo boshqa xo’jaliklar bilan iqtisodiy aloqada bo’ladilar. Bunday aloqalarini olib borish xo’jaliklarning asosiy faoliyati hisoblanadi va ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligi, mahsulotlarni o’z vaqtida jo’natish hamda sotish jarayoni ta’minlanadi. Xo’jalik aloqalari shartnomalar bilan rasmiylashtirilib, ularga asosan bir tomon mahsulot (ish va xizmat) larni taklif etuvchi (sotuvchi), ikkinchi tomon esa – xaridor sifatida qatnashib, to’lovni amalga oshiruvchi bo’lib qatnashadi. Mahsulot (ish va xizmat)larni yetkazib beruvchi bilan uning haqini to’lovchilar orasidagi hisoblashishlar o’z vaqtida tashkil etilishi aylanma mablag’larning aylanish tezlashishiga ta’sir qilib, olinadigan va to’lanadigan mablag’larning paydo bo’lishiga barham beradi. Shuningdek, xo’jaliklarning budjet va budjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha tegishli idoralar hamda ishlab chiqarishda, boshqaruv apparatida faoliyat ko’rsatayotgan xodimlar bilan hisoblashishlar vujudga keladi.Xo’jalikning boshqa tashkilotlar bilan o’zaro hisoblashishlari naqd pullik yoki naqd pulsiz, ya’ni pul o’tkazish yo’li orqali to’lovni oluvchining hisob raqami ochilgan bankka o’tkazib beriladi. Bugungi kunda subyektlar o’rtasida o’zaro hisob-kitob operatsiyalari bo’yicha hisoblashishlar nizomga ko’ra pul o’tkazish
yo’li orqali amalga oshiriladi.
Buxgalteriya hisobiga doir iqtisodiy adabiyotlarda umumiy tarzda pul
ekvivalentlari sifatida asosan pul mablag’lariga o’xshaydigan, lekin boshqacha
tasniflanadigan aktivlar misol qilib keltirilgan. Ular xazina veksellari, tijorat qog’ozlari, depozit sertifikatlari, pochta markalari, davlat boji markalari, haqi to’langan aviapattalar, dam olish uylariga va sanatoriyalarga haqi to’langan yo’llanmalardan iborat. Kechikishlar va jarima sanksiyalari pul ekvivalentlarining pul mablag’lariga almashtirilishiga ta’sir qilishi mumkin. Shuning uchun, ekvivalentlar kassa hisobvarag’idan olinadi. Ko’pincha pul ekvivalentlarini hisobkitob vositasiga aylantirishga ehtiyoj yo’q. Ekvivalentlar odatda qisqa muddatli investisiya hisobvarag’iga olib boriladi. Hisobot davri oxirida to’liq olinmagan pul o’tkazmalari cheklar pul mablag’lari hisobvarag’i qoldiqlaridan ayrilmaydi.
Pul mablag’lari - bu kassadagi naqd pul va talab qilib olinadigan depozitlar, shuningdek, hisob-kitob, valyuta va boshqa bank hisobvaraqlardagi mablag’lardir. Hisob-kitoblarni naqd pul bilan amalga oshirish uchun xo’jalik sub’ektlari kassaga ega bo’lishi kerak. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda pul mablag’lari hisobini to’g’ri va aniq tashkil qilinishi hamda uni takomillashtirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan
biri hisoblanadi.Mamlakatimiz iqtisodiyotning rivojlanishi jarayonida shartnomaviy asoslari
mehnat vositalari va kreditlarini xarid qilish, mahsulo (ishlar, xizmatlar)ni sotish bobida bitimlar bitimlar tuzayotgan xo’jalik yuritiuvchi sub’ektlar o’rtasida munosabatlar kengayib bormoqda.
Bundan tashqari, byudjet, banklar, sug’urta tashkilotlari, turli jamoat tashkilotlari, hayriya fondlari, bevosita xodimlar va boshqa jismoniy va yuridik shaxslar to’lov munosabatlari amalga oshiriladi.
Korxonalar o’rtasida har xil to’lovlar va o’zaro hisob-kitoblar moddiy, mehnat yoki bevosita pul munosabatlari asosida paydo bo’lishi mumkin, lekin oxiroqibatda ular odatda muayyan tomonlarning foydasiga pul qarzini tusini olgan mulkiy majburiyatlar ko’rinishida namayon bo’ladi. Mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan barcha mulkchilik shaklidagi korxonalarning pul mablag’lari, xoh u o’z mablag’i bo’lsin, xoh qarzga olmngan
mablag’lar bo’lsin, kassadaga pul qoldiqlari va korxona faoliyatida foydalaniladigan tushumning bir qismidan tashqari, uning bankdagi hisob-kitob schyotida saqlanishi lozim. Tijorat banklari xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning hisobvaraqlaridagi pulni o’tkazish va berish to’g’risidagi hamda bank qoidalari va
bank bilan korxona o’rtasidagi shartnomada ko’zda tutilgan boshqa muomalalarni
o’tkazish haqidagi farmoyishlarini bajaradi. Shu bilan birga O’zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonunga muvofiq aktib va majburiyalatlarni baholashda pul ko’rinishidan
foydalaniladi. Jumladan, “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonunning 12- moddasiga muvofiq “Oborot aktivlarni baholash quyidagi ikki bahoning eng pasti bo’yicha - balans tuzilayotgan sanadagi haqiqiy tannarxi bo’yicha (sotib olish narxi yoki ishlab chiqarish tannarxi) yoki bozor bahosi bo’yicha (sof sotish qiymati)
amalga oshiriladi.
Asosiy mablag’lar va nomoddiy aktivlar ularning to’liq boshlang’ich qiymati bo’yicha hisobga olinadi. Asosiy mablag’lar va nomoddiy aktivlar qiymatini hisobdan chiqarish ularning qiymati to’liq to’langunga yoki ob’ekt safdan chiqib ketgunga qadar bo’lgan eskirishini (amortizasiyani) hisoblash yo’li bilan amalga oshiriladi. Amortizasiya ajratmalari ob’ekt foydalanishga topshirilganidan keyingi oydan boshlab amalga oshiriladi. Erning qiymati amortizasiya qilinmaydi. Moliyaviy qo’yilmalar buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq hisobga olinadi. Majburiyatlar taraflarning kelishuviga binoan pul bilan aks ettiriladi.Sud qarori bo’yicha yuzaga kelgan majburiyatlar tegishli summada aks ettiriladi. Potensial majburiyatlar dastlabki haqiqiy bahosi bo’yicha aks ettiriladi. Buxgalteriya hisobi milliy valyuta - so’mda yuritiladi.”Buxgalteriya hisobi oldida pul mablag’lari, to’lovlar, hisob-kitoblar va kreditlarni hisobga olish borasida quyidagi asosiy vazifalar turadi:
- xo’jalik yurituvchi sub’ektning pul mablag’larini samarali boshqarish maqsadlari uchun kerakli axborot bilan ta’minlash; - naqd pulsiz hisob-kitoblarni tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar talablariga rioya etgan holda naqd pulsiz hisob-kitoblarni o’z vaqtida amalga oshirish; - hisob registrlarida to’lov va hisob-kitob muomalalari pul mablag’larining mavjudligi hamda harakatini to’liq va tezkor aks ettirish; - naqd pul mablag’laridan xo’jalik yurituvchi sub’ektda ishlab chiqilgan limitlar va smetalarga muvofiq foydalanishning amaldagi qoidalariga rioya qilish;
pul mablag’lari va o’zaro hisob-kitoblar holatining inventarlanishini tashkil etish hamda belgilangan muddatlarda o’tkazish, debitorlik va kreditorlik qarzlarini uzish muddatlari o’tib ketishiga yo’l qo’ymaslik; - kassada, banklardagi hisob-kitob, valyuta va boshqa schyotlarda pullar mavjudligi va to’liqligini nazorat qilish; - pul resurslarining harakat oqimini bashorat qilish va pul mablag’larining harakat oqimini maqbul holga keltirishni tartibga solish bo’yicha tegishli boshqaruv qarorlarini tayyorlash. Bugungi kunda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan pul mablag’lari hisobini yuritishda avvalo naqd pul va naqd pulsiz hisob-kitob operasiyalarini amalga oshirishni taqozo etadi. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt kassasidan naqd pulni olish va xarajatlash bilan bog’liq bo’lgan muomalalar kassa muomalalari deb yuritiladi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning bu boradagi xatti-harakatlari O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan “Kassa muomalalarini olib borish tartibi ”da belgilab berilgan.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’z kassalarida ularga belgilangan limitdan ortiq naqd pullarni faqat ish haqi, mukofot, ijtimoiy sug’urta bo’yicha nafaqalar, stipendiya va pensiyalarni to’lash uchun, bank muassasasidan pul olingan kunni ham qo’shib hisoblaganda 3 bank ish kunidan oshmaydigan muddatda (bank muassasasidan ancha olisda joylashgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun 5 ish kuni) saqlab turishlari mumkin.Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar naqd pullarni hisobot topshirish sharti bilan xizmat safarlariga, xo’jalik xarajatlari, ekspedisiyalar, geologiya-razvedka guruhlari, xo’jalik sub’ekti rah-barlari ularga kassa xizmatlari ko’rsatuvchi tijorat banki bilan kelishgan holda belgilagan miqdorlarda beradilar.

ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 88,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish