"moliya" kafedrasi odilov sardor qamaridinovich davlat budjeti daromadlarida egri soliqlarni o



Download 1,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana20.11.2019
Hajmi1,1 Mb.
#26490
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
davlat budjeti daromadlarida egri soliqlarni orni va ularni undirish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari


     1-rasm 

O’zbekiston Respublikasi Davlat budjeti soliqli daromadlari

3

 

 

 



O’z  navbatida,  budjet  daromadlari  tarkibida  soliqlarning  tutgan  o’rniga 

nisbatan iqtisodchi olimlar dunyosida turli xildagi qarashlar mavjud. 

         XIX  asrda  S.Simondi  soliqlarning  budjet  daromadlari  sifatidagi  mohiyatini 

tadqiq qilish asosida – soliq to’lovchi davlat xizmatlarini kelgusida iste’mol qilish 

maqsadida  joriy  ne’matning  ma’lum  qismini  hukumat  foydasiga  qurbon  qiladi  – 

degan xulosaga kelgan. XIX asrning boshqa iqtisodchilari A.Tyer va        J. Mak-

Kullox soliqlarni davlatga berilgan “sug’urta to’lovi” sifatida qaraydilar

7

. Soliqlar 



davlat budjeti daromadlarining asosiy manbai sifatidagi mohiyati va xususiyatlarini 

ochib  berishda  J.M.Keynsning  fikrlari  muhim  ahamiyat  kasb etadi. Uning  fikrlari 

bevosita bozor iqtisodiyotida davlatning rolidan kelib chiqadi. Unga binoan bozor 

mexanizmi o’zini-o’zi tartibga sola olmaydi va bu ishni faqat davlat amalga oshira 

oladi.  Bu  ishni  davlat  fiskal  va  pul-kredit  siyosati  orqali  amalga  oshirishi 

mumkinligini  ta’kidlaydi.  Shu  bilan  birga  bozorni  tartibga  solishda  soliqlarning 

o’rniga  alohida  to’xtaladi.  J.M.Keyns  yuqori  progressiv  soliqlar  davlat  budjetini 

muvozanatlashga bevosita ijobiy ta’sir ko’rsatadi deb hisoblaydi. Bunda davlatning 

adolatli ijtimoiy siyosati muhim ahamyat kasb etadi, aholining kam ta’minlangan 

                                                           

3

 

Vahobov. A., Jo’raev. A. Soliqlar va soliqqa tortish. Darslik. – T.:  “Sharq”, 2009.



 

7

 Jo’raev.A.“Davlat budjeti daromadlarini shakllantirishning samarali yo’llari”. T.: “Fan”, 2004 24-bet   



12 

 

qatlamlari  soliqdan  ozod  qilinadi  va  soliq  yuki  to’liq  badavlat  soliq  to’lovchilar 



zimmasiga  yuklanadi.  Keynsni  e’tirof  etishicha,  katta  jamg’armalar  iqtisodiy 

o’sishga  halaqit  beradi.  Chunki  ular  ishlab  chiqarishga  yo’naltirilmaydi  va 

daromadlarning 

passiv 


manbai 

hisoblanadi. 

Shuning 

uchun 


ortiqcha 

jamg’armalarni soliqlar yordamida undirib olish zarur

8

.                                       



    Taniqli  iqtisodchi  olimlardan  biri  S.H.  Gataulin  ham  “soliqlar  o’zi  nimaga 

kerak?”  degan  savolga  quyidagicha  javob  beradi:  “Soliqlar  –  bu  davlat  sarf-xa-

rajatlarining asosiy manbai bo’lib, iqtisodiyotni tartibga soluvchi va daromadlarni 

barqarorlashtiruvchi vositadir”

9



         O’zbekistonlik  olimlardan  Q.Yaxyoev  soliqlarni  budjet  daromadlarining 



manbai va xususiyati sifatida tadqiq qilib, “soliqlarning ob’ektiv zarurligi – dav- 

latning bajaradigan qator funksiyalarini mablag’ bilan ta’minlashning zarurligidan 

kelib chiqadi” degan xulosaga kelgan

10

.  



          Pofessor T. Malikovning fikriga ko’ra, “Soliqlar iqtisodiy kategoriya sifatida 

milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida budjetga kelganligi va 

faoliyat ko’rsatganligi uchun ishlab chiqarish munosabatlarining bir qismidir”

11



 

Ko’rib o’tganimizdek soliqlar davlat budjetining asosini tashkil etishi uzoq 

yillardan beri taniqli iqtisodchi olimlarning fikrlarida o’z aksini topgan.  Shu bilan 

birga bu nazariyalar amaliyotda  sof holda  qo’llanilmagan.  Ulardan  har  bir  davlat 

o’zining xususiyatlari va iqtisodiy barqarorligidan kelib chiqib qo’llashi mumkin. 

Shu  nazariyalardan  kelib  chiqib,  soliqlarning  budjet  daromadlarining  asosiy 

manbai  sifatidagi  mohiyatini  quyidagicha  izohlash  mumkin:  a)soliqlar  davlat 

zimmasidagi  funksiyalarni  bajarish  uchun  zarur  bo’lgan  budjet  daromadlarining 

asosiy  va  birlamchi  moliyaviy  manba  hisoblanadi;  b)  soliqlar-ning  milliy 

daromadni  qayta  taqsimlashdagi  roli  bevosita  davlatning  iqtisodiyotga  aralashuv 

darajasi  bilan  belgilanadi;  c)  soliqlardan  budjetning  iqtisodiy  mazmundagi  xa-

rajatlarni  moliyalashtirishda  foydalanish masalasiga  alohida  e’tibor  berish  amaliy 

                                                           

8

  Кейнс.Д.М. “Общая теория занятности, процента и денег”  М.: “Прогресс”.  1978.  стр.365 



9

  Gataulin.SH. Soliqlar va soliqqa tortish. T.:2006. 18-bet.  

10

  Yaxyoev.Q.A. Soliqqa tortish nazariyasi va amaliyoti. T.:”G’.G’ulom”.2005. 11-bet. 



11

  Malikov.T. Soliqlar va soliqqa tortishning dalzarb masalalari. T.: 2002. 18-bet. 



13 

 

ahamiyat kasb etadi, chunki rivojlanayotgan mamalakatlarda iqtisodiyotni tarkibiy 



jihatdan  qayta  qurish  davlatning  iqtisodiyotga  faol  moliyaviy  aralashuvini  zarur 

qilib  qo’yadi;  d)  soliqqa  tortish  tamoyillari  buzilishiga  yo’l  qo’ymaslik  soliq 

tushumlarining  barqarorligiga  hal  qiluvchi  ta’sir  ko’rsatadi;  e)  respublikamiz 

iqtisodiyotining  investitsion  resurslarga  bo’lgan  yuqori  darajadagi  talabini 

qondirish maqsadida soliqlarning jamg’armalarga ta’sirini ilmiy jihatdan o’rganish 

nazariy va amaliy ahamiyatga ega. 

         Yuqorida keltirib o’tilgan ma’lumotlar, nazariyalar, qarashlardan xulosa qilib 

shuni  aytish  mumkinki,  iqtisodiyotning  davlat  tomonidan  soliqlar  orqali  tartibga 

solinishi  davlat  budjetini  shakllantirish  soliq  solish  vositasida  jamiyatdagi  u  yoki 

bu jarayonlarning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatish uslubi hisoblanadi. Shunday qilib, 

davlat  budjet  daromadlarining  mavjudligi  soliqlar  bilan  uzviy  bog’liq,  chunki 

soliqlardan tushadigan tushumlar davlat budjeti mustaqilligining bosh manbaidir. 

         Hozirgi  iqtisodiyotning  samarali  rivojlanishi  ko’p  jihatdan  bozor  iqtiso-

diyotining davlat tomonidan tartiblanishiga bog’liq bo’lib qolmoqda. Lekin bunda 

asosiy  masala  davlat  tomonidan  boshqarishning  vositalari,  usullari,  imkoniyatlari 

va  chegaralarini  har  bir  davlat  uchun  xos  bo’lgan  bozor  ichki  faoliyatidan  kelib 

chiqqan holda to’g’ri tanlab olishdadir. 

         Bulardan  tashqari  budjet  daromadlarni  shakllantirish  bo’yicha,  soliqlarni 

undirish  tartibi  bo’yicha  huquqiy  normalar  yaratilgan  bo’lishi  ham  budjet  daro-

madlarini    barqaror  va  uzliksiz  shakllanib  borishida  muhim  ahamiyat  kasb  etadi, 

chunki  davlat  huquqiy  asos  yaratish  orqali  soliqlarni  undirish  borasida  hamma 

uchun umumiy bo’lgan tartibni belgilab beradi. 

         O’zbekiston  Respublikasida  mustaqillik  yillarida  o’ziga  xos  budjet  qo-

nunchiligi  yaratildi  va  hozirgi  kunda  ham  u  yangilanib  bormoqda.  Respublika-

mizda budjet qonunchiligi uzoq  muddat amal qiluvchi normativ-huquqiy hujjatlar 

(budjet  munosabatlarining  alohida  masalalarini  tartibga  soluvchi)  va  qisqa 

muddatli,  har  yili  qayta  ko’rib  chiqiluvchi  hujjatlardan  iborat  (2-rasm).                                       

O’zbekiston budjet tizimining huquqiy asosini quyidagi   hujjatlar  tashkil etadi:  



14 

 

      1) O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. Asosiy qomusimizda O’zbekiston 



Respublikasi  Davlat  budjeti  Respublika  budjeti,  Qoraqolpoqiston  Respublikasi 

budjetidan  va  mahalliy  budjetlardan  iboratligi  hamda  Respublikada  yagona  soliq 

tizimi amal qilishi belgilab berilgan.  

2-rasm 

O’zbekiston budjet qonunchiligi tarkibi

12

 

 

      



                              

 

 



 

 

 



 

                                       

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

       


 

 

 



 

                                                           

12

 Sirojiddinova.Z.X. O’zbekiston Respublikasi Budjet tizimi. Darslik.T.: infoCOM.uz.2010. 47-bet 



O’zbekiston   Respublikasi     budjet 

qonunchiligi 

Budjet munosabatlarini 

tartibga soluvchi uzoq 

muddatli     huquqiy hujjatlar   

Tegishli moliya yili uchun 

har yili qabul qilinadigan 

huquqiy hujjatlar 

O’zbekiston Respublikasi 

Konstitutsiyasi 1992-yil 8-

dekabr 

O’zbekiston Respublikasi 



Oliy Majlisining tegishli yil 

uchun “Davlat budjeti 

to’g’risida”gi Qarorlari 

O’zbekiston Respublikasi 

Budjet Kodeksi 2013-yil 26-

dekabr O’RQ-360-son 

O’zbekiston Respublikasi 

Prezidentining tegishli yil 

uchun “Asosiy makroiqtisodiy 

ko’rsatkichlar va davlat 

budjeti parametrlari 

to’g’risida”gi  Qarorlari 

 

O’zbekiston Respublikasi 



Soliq Kodeksi 2007-yil 25-

dekabr O’RQ-136-son 

O’zbekiston Respublikasining 

boshqa normativ-huquqiy 

hujjatlari  

O’zbekiston Respublikasining 

“Davlat budjetining g’azna 

ijrosi to’g’risida”gi Qonuni 

2004-yil  26-avgust  


15 

 

             2) O’zbekiston Respublikasi Budjet kodeksi. Ushbu kodeks budjet tizimini 



budjetlarini shakllantirish, tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash, ijro etish, 

davlat  tomonidan  mablag’  jalb  qilish  va  budjet  to’g’risidagi  qonun  hujjatlari 

ijrosini  nazorat  qilish  sohasidagi  munosabatlarni  tartibga  soluvchi  huquqiy  hujjat 

hisoblanadi. 

      3)  O’zbekiston  Respublikasi  Soliq kodeksi. Ushbu  Kоdeks  sоliqlar  va bоshqa 

majburiy to’lоvlarni belgilash, jоriy etish, hisоblab chiqarish hamda 

O’zbekistоn  Respublikasining  Davlat  budjetiga  va  davlat  maqsadli  

jamg’armalarga  to’lash  bilan  bоg’liq  munоsabatlarni,  shuningdek  sоliq 

majburiyatlarini bajarish bilan bоg’liq munоsabatlarni tartibga sоladi.      

   4) O’zbekiston Respublikasining “Davlat budjetining g’azna ijrosi to’g’risida”gi 

Qonuni.  Ushbu  qоnunning  maqsadi  O’zbekistоn  Respublikasi  Davlat  budjetining 

va  budjet  tashkilоtlarining  budjetdan  tashqari  mablag’larining  g’azna  ijrоsi  

sоhasidagi munоsabatlarni tartibga sоlishdan ibоrat. 

Bizning fikrimizcha, egri soliqlarga faqat soliq to‘lovchilar nuqtai nazaridan  

yondoshish    unchalik    ham    to‘g‘ri    emas.  Aholini    davlat    byudjeti  hisobidan  

ijtimoiy  himoya  qilish  an’anasining  yildan  yilga  o‘sib borishi, uni  barqaror  

daromad    manbai    bilan    ta’minlash    muammosini  qo‘yadi.  Va    egri    soliqlar, 

ko‘pchilik    rivojlanayotgan    mamlakatlar  byudjetida,  ana  shunday  barqaror 

moliyaviy manba hisoblanmoqda. 

 

         O’zbekiston  budjet  tizimi  budjetlarining  faoliyat  yuritishining 



qonunosti  hujjatlarini  prezident  farmonlari  va  qarorlari,  Oliy  Majlis  va  Hukumat 

qarorlari,  O’zbekiston  Respublikasining  hokimyat  ijro  etuvchi  organlarining 

xujjatlari, eng avvalo quyidagi hujjatlar tashkil etadi: 

  Oliy  Majlis  tomonidan  har  yili  qabul  qilinadigan  "Davlat  budjeti 



to’g’risida”gi  qarorlari  hamda  ular  asosida  O’zbekiston  Respublikasi 

Prezidenti  tomonidan  keyingi  moliya  yili  uchun  qabul  qilinadigan 

“O’zbekiston  Respublikasining  asosiy  makroiqtisodiy  ko’rsatkichlari  va 

Davlat buudjeti parametrlari to’g’risida”gi qarorlari ; 



16 

 



 

O’zbekiston  Respublikasi  Bavlat  budjetini  tuzish  va  ijro  etish  Qoidalari 

(Moliya  vazirligining  2001-yil  29-dekabrdagi  130-son  buyrug’i,  Adliya 

vazirligida 2002-yil 14-martda 1111-son bilan ro’yhatga olingan 

 

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2009-yil 16-sentabrda 2007-son 



bilan  ro’yhatga  olingan  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi-ning 

2009-yil 4-avgustdagi 69-son buyrug’iga ilova – “Davlat budjetining g’azna 

ijrosi Qoidalari”; 

  Daromadlar  tasnifi,  xarajatlarning  funksional  va  iqtisodiy  tasniflari, 



shuningdek  O’zbekiston  Respublikasi  Davlat  budjeti  darajalari  hamda 

mablag’lar  manbalarining  tasniflari.  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya 

vazirligining 2008-yil 16-maydagi 80-son buyrug’i; 

  Boshqa hujjatlar. 



Bizning  fikrimizcha,  egri  soliqalarga  faqat  soliq  to’lovchilar  nuqtai  nazaridan 

yondashish unchalik ham to’g’ri emas. Aholining davlat budjeti hisobidan ijtimoiy 

himoya  qilish  an’anasining  yildan  yilga  o’sib  borishi,  uni  barqaror  daromad 

manbai  bilan  taminlash  muammosini  qo’yadi.  Va  egri  soliqlar,  ko’pchilik 

rivojlanayotgan  mamlakatlar  budjetida,  ana  shunday  barqaror  moliyaviy  manba 

hisoblanmoqda.  

Xulosa  qilib  egri  soliqlarga  tarifa  beradigan  bo’lsak,  egri  soliqlar-  bu  soliq 

hajmiga  teng  bo’lgan,  narxga  ustama  shaklda  o’rnatish  yo’li  bilan  Tovar  va 

xizmatlar  istemolchilaridan  olinadigan  soliqlardir.  Ho’sh,  ushbu  soliqqa  tortish 

shaklining  afzallik  tomoni  nima  bilan  izohlanadi?  Birinchidan,  egri  soliqlar,  bu 

yirik  soliq  tushumlarini  ham  amaliy,  ham  barqaror  ravishda  olish  imkoniyatlarini 

beruvchi, budjetga daromadni jalb qilishning eng qulay shakli bo’sa, ikkinchidan, 

ularda  iqtisodiyotga  tasir  eta  olish,  yani  u  yoki  bu  yo’nalishda  ishlab  chiqarishni 

rag’batlantirish 

yoki 

istemolni 



tartibga 

solish 


imkoniyatlarini 

ham 


mujassamlashtirgandir.  Ushbu  mexanizmdan  amalda  foydalanishda  milliy 

iqtisodiyot xususiyatlarini hisobga olish hamda tadbiq qilish oqibatlarini kompleks 

tahlil  qilish  muxim  ahamiyat  kasb  etadi.  Shu  sababli,  rivojlangan  davlatlarda 


17 

 

bilvosita  soliqqa  tortishning  salbiy  tomonlari  mavjudligiga  qaramasdan,  ular 



iqtisodiyot yuksalishiga to’sqinlik qila olmasligi tasodif emas. 

 

 



1.2.  Davlat budjeti soliqli daromadlarida egri soliqlarning o’rni va 

ularning o’ziga xos xususiyatlari 

 

Soliqlar  davlat  faoliyatining  barcha  yo’nalishlarini  mablag’  bilan 

ta‘minlashning  asosiy  iqtisodiy  vositalardan  biri  hisoblanadi.  Iqtisodiyotni  davlat 

tomonidan tartibga solishda, davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda soliqlar 

muhim  o’rin  tutadi.  Davlatning  mavjudligi  soliqlar  bilan  uzviy  bog’liq  bo’lib, 

soliqdan  tushadigan  tushumlar  davlat  iqtisodiy  mustaqilligining  asosiy  manbai 

hisoblanadi. 

O’zbekiston  Respublikasi  davlat  byudjeti  ijtimoiy  xarajatlari  o’sish 

tendentsiyasiga  ega  ekanligi  davlat  byudjeti  daromadlari  hajmini  uzluksiz  oshirib 

borishni  taqozo  qiladi.  Bu  esa  qo’shilgan  qiymat  solig’i,  aktsiz  solig’i  kabi 

barqaror daromad manbalarini, byudjet daromadlarini uzluksiz ta‘minlashni taqozo 

qiladi. 


Egri  soliqlarning  huquqiy  to’lovchilari  mahsulot  (ish,  xizmat)ni  yuklab 

yuboruvchilar  hisoblanadi.  Lekin,  soliq  og’irligi  haqiqatan  ham  tovar  (ish, 

xizmat)ni  iste‘mol  qiluvchilar,  ya‘ni  egri  soliqlarning  barchasi  bevosita 

iste‘molchilar  zimmasiga  tushadi.  Bu  soliqlar  tovar  (ish,  xizmat)  qiymati  ustiga 

qo’shimcha ravishda qo’yiladi. 

Egri  soliqlarning  ijobiy  tomoni  shundaki,  ular  Respublikada  ishlab 

chiqarilgan  tovarlar  respublikadan  tashqariga  chiqib  ketishini  chegaralaydi, 

mamlakat  ichida  tovarlarning  serob  bo’lishiga  yordam  beradi  hamda  inflyatsiya 

darajasini  (muomaladagi  ortiqcha  pul  massasini)  birmuncha  jilovlab  turadi.  Bu 

tovar  va  xizmatlarga  soliqlar:  mablag`lar  aylanmasidan  soliq  –  ko`pchilik 

rivojlangan mamlakatlarda qo`shilgаn qiymat solig`i bilan almashtirilgan; aksizlar 

(tovar  yoki  xizmat  bahosiga  to`g`ridаn-to`g`ri  qo`shilgаn  soliqlar);  merosdan 



18 

 

olinadigan  soliqlar;  ko`chmаs  mulk  va  qimmаtli  qog`ozlar  bilan  tuzilgan 



bitimlardan  olinadigan  soliq  va  boshqalаr.  Ular  qismаn  yoki  to`lаligichа    tovar 

yoki  xizmatlar  bahosiga  qo`shilаdi.  (3-rasm)  Egri  soliqlar  tovarning  bevosti 

tannarxiga qo’shilmasdan uning bahosiga  tasir etadi, ya’ni egri soliqlar tovar (ish, 

xizmatlar) xaridor uchun berilayotganda uning bahosiga nisbatan qo’llaniladi. Bu 

ishlab  chiqaruvchilar  uchun  bir  qarashda  zarardek  tuyilmidi  lekin  mahsulotning 

bahosini  oshishiga  olib  keladi  va  buning  natijasida  mahsulotga  bo’lgan  talabni 

kamayishiga olib keladi. 

Egri soliqlar o`z xarakteriga ko`rа turlidir, ular: 

  individual (tovarlarning ayrim turlari va guruhlari bo`yicha); 



  universal (fiskal monopoliya va bojxona bojlari) bo`lishi mumkin. 

Egri  soliqlar  undirib  olishning  soddaligi  bilan  ajralib  turadi,  ularni 

qo`llаnish,  hatto  ishlab  chiqarish  pasayib  ketgan  sharoitlarda  ham  fiskal  samara 

beradi. 

  3-rasm 

 

Tovarlarning narx shakllanish jarayonida egri soliqlarning o’rni

13

 

 

 

 

 

 

 

 



 

 

 

Yuqoridagi  rasmda  firma  ishlab  chiqarayotgan  mahsulotlarning  narxi 



shakllanish jarayoni ko’rsatib  o’tilgan bo’lib u mahsulot tannarxiga bevosita tasir 

ko’rsatmaydi. 

                                                           

13

 Gataulin.SH. Soliqlar va soliqqa tortish. T.:2006



.

 

Tovarlarning to‘liq tannarxi 



Firmaning qo‘shimcha foydasi 

haqi 


Tovarlarning hisob narxi 

Egri  soliqlar 

Tovarlarning ulgurchi narxi 



19 

 

Yagona  tizimda  soliqqa  tortish  obyektlari  va  hisoblash  usullari  bo`yicha  turli-



tuman  to`g`ri  va  egri  soliqlardаn  foydalanish  davlatga  soliqlarning  barcha 

funksiyalarini  amaliyotda  to`liq  amalga  oshirish  imkonini  beradi:  korxonalar 

faoliyatining  moddiy-texnik  asosini  tashkil  etuvchi  ularning  mulki  ham,  ishlab 

chiqarishdа  ishlatiladigan  turli  resurslar  ham,  ish  kuchi  ham,  olinadigan 

daromadlar ham soliq ta`sirida bo`lаdi. 

Egri soliqlarning o’ziga xos xususiyatlari: 

  Qo'shilgan  qiymat  solig'ini  davlat  budjetining  daromad  qismiga  jalb  qilish 

g'oyasi  dastlab  XX  asrning  boshlarida  yuzaga  keldi.  Bu  taklifni  birinchi  marta 

Germaniya budjet amaliyotida joriy etishni 1919-yilda Vilgelm fon Simens 

ilgari  surdi.  Qo'shilgan  qiymat  solig'ini  amaliyotga  joriy  etish  va  undirish 

mexanizmi  birinchi  marta  fransuz  moliyachisi  M.Lore  tomonidan  ishlab  chiqildi. 

Ammo qo'shilgan qiymat solig'i M.Lorening taklifidan so'ng o'tgan 10 yildan ortiq 

vaqt  mobaynida  tajriba  uchun  taklif  etilgan  shaklda  qo'llanildi.  Fransiyada 

qo'shilgan  qiymat  solig'i  haqiqatda  1968-yildan  boshlab  joriy  etildi.  Qo'shilgan 

qiymat  solig'iga  xos  bo'lgan  muhim  xususiyatlardan  biri  shundaki,  soliqqa 

tortishning obyekti bo'lib, 

nafaqat  ichki  bozordagi  tovar  aylanma,  balki  mamlakat  korxonalarining  tashqi 

bozorlaridagi tovar aylanma ham hisoblanadi. 

O'zbekiston soliq tizimida qo'shilgan qiymat solig’i 1992-yildan buyon amal 

qilmoqda.  Ushbu  soliq  aylanmadan  olinadigan  soliq  va  sotuvdan  olinadigan 

soliqlar  o'rniga  aksiz  solig'i  bilan  birgalikda  kiritilgan.  Bu  soliq  oborot  solig'idan 

farqli  ravishda  faqat  qo'shilgan  qiymatdan  undiriladi.  Oborot  solig'i  esa  bir 

marotaba  umumiy  oborotdan  olinar  edi.  Qo'shilgan  qiymat  solig'i  esa  ishlab 

chiqarish va 

muomala jarayonining har bir bosqichidan olinadi. 

Lekin    bozor    jarayonlari  

rivojlanib    borgan    sari    egri    soliqlarning  fiskal    funksiya    bilan    bir    qatorda  

boshqa  vazifalarni  ham  bajara boshlaydi. Davlat iqtisodiyotni tartibga solish va 

ichki milliy bozorni rivojlantirishda  hamda  himoyalashda  asosan, egri  soliqlarga  

tayanadi.

 

Davlat  bu  soliqlar  orqali  mamlakat    hududiga  ayrim  tovarlarni  ko‘proq 



20 

 

olib  kirish yoki  olib  chiqish  va buning  aksini  ifodalovchi  vazifalarni bajarishi  



mumkin. Soliq  nazariyasidan  ma’lumki, egri  soliqlar mahsulot  bahosiga  yoki  

xizmat  ta’rifiga  ustama  shaklda  qo‘yilib, 

olinadigan  soliqdir. 

O’zbekiston  Respublikasi  davlat  budjetining  daromad  manbai  sifatida 

qo’shilagan  qiymat  solig’i  o’zining  muhim  o’rni  va  amaliy  ahamiyatiga  ega. 

Masalan  qo’shilgan  qiymat  solig’i  davlat  budjetining  jami  daromadlarida  2012-

yilda 33.0 foizni, 2013-yilda 30.8, 2014 –yilda 30,2 foizni  foizni  tashkil etganini 

ko’rishimiz mumkin  (4-rasm). 



(4-rasm) 

O’zbekiston Respublikasi davlat budjet daromadlari tarkibida egri 

soliqlarning o’rni

13

 

 

         Qo’shilgan  qiymat  solig’ining  to’lovchilari  bo’lib  amaldagi  qonunchilikka 



asosan  ushbu  soliqni  budjet  oldida  hisob  kitobini  amalga  oshiruvchi  tadbirkorlik 

faoliyati bilan shug’ullanuvchi yuridik shaxslar tushuniladi. Jumladan

14



         1)     sоliq sоlinadigan оbоrоtlarga ega bo’lgan yuridik shaxslar;  



         2)  Soliq  kоdeksga  muvоfiq  zimmasiga  O’zbekistоn  Respublikasi 

nоrezidentlari tоmоnidan amalga оshirilayotgan sоliq sоlinadigan оbоrоtlar uchun 

qo’shilgan qiymat sоlig’i to’lash bo’yicha majburiyat yuklatiladigan  

yuridik  shaxslar; 

                                                           

13

 Moliya vazirligi 2012-2014-yillardagi Davlat budjeti ijrosi to’g’risidagi malumotlari. 



14

  O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi.2007-yil 25-dekabr. O’RQ-136-son. 197-modda. 



21 

 

         3)  tоvarlarni  O’zbekistоn  Respublikasi  hududiga  impоrt  qiluvchi  yuridik  va 



jismоniy  shaxslar,  o’z  ehtiyojlari  uchun  bоjsiz  оlib  kirish  nоrmalari  dоirasida 

tоvarlar оlib kiruvchi jismоniy shaxslar bundan mustasnо; 

         4)  оddiy  shirkat  sоliq  sоlinadigan  оbоrоtlarni  amalga  оshirayotganda 

zimmasiga uning ishlarini yuritish yuklatilgan (ishоnchli shaxs) sherik (ishtirоkchi) 

— yuridik shaxs.  

         Amaldagi  Soliq  kodeksining  198-moddasiga  ko’ra  qo’shilgan  qiymat 

solig’ining ob’ekti bo’lib, tovar (ish, xizmat)larni realizatsiya qilish oboroti hamda 

tovarlarning importi hisoblanadi. 

  Soliq  kodeksiga  ko’ra,  soliq  solish  bazasi  realizatsiya  qilinayotgan  tovar 

(ish. xizmat)larning qiymatidan kelib chiqib, qo’shilgan qiymat solig’i kiritilmagan 

holda  aniqlanadi.  Soliq  solinadigan  oborotlar  bo’yicha  qo’shilgan  qiymat  solig’i 

soliq  solinadigan  baza  va  belgilangan  stavkalardan  kelib  chiqqan  holda  hisoblab 

chiqariladi.  Byudjetga  to’lanishi  lozim  bo’lgan  qo’shilgan  qiymat  solig’i  soliq 

solinadigan  oborot  bo’yicha  hisoblab  chiqarilgan  soliq  summasi  bilan  hisobga 

o’tkaziladigan soliq summasi o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Tovarlarni import 

qilish  bo’yicha  qo’shilgan  qiymat  solig’ining  summasi  soliq  solinadigan  baza  va 

belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda aniqlanadi.  

Qo’shilgan  qiymat  solig’i  20  foiz  stavkada  to’lanadi.  Qo’shilgan  qiymat 

solig’i  summasi  belgilangan  stavkalar  asosida  quyidagi  formula  bo’yicha 

aniqlanadi: 

Sqqs = So x S / 100;  

bunda: Sqqs - iste‘molchilardan undiriladigan soliq summasi; 

So - soliqqa tortiladigan oborot

S - qo’shilgan qiymat solig’i stavkasi. 

Tovarlar  (ishlar,  xizmatlar)  qo’shilgan  qiymat  solig’ini  o’z  ichiga  olgan 

narxlar  va  tariflar  bo’yicha  sotilganida  -  soliq  quyidagi  formula  bo’yicha 

aniqlanadi: 

Sqqs = Tq x S / (S + 100);  



22 

 

bunda:  Tq  -  qo’shilgan  qiymat  solig’i  ham  hisobga  olingan  tovarlar  (ishlar, 



xizmatlar) qiymati. 

 

Qo'shilgan  qiymat  solig‘i  bilvosita  ko’p  bosqichli  soliq  bo‘ladi,    ishlab 



chiqarish va taqsimlash siklidan boshlanib, iste'molchiga sotilishgacha bo‘lgan har 

bir  bosqichdan  undiriladi.  Uning  obekti  bo‘lib,  ushbu  jarayonlarda  qo’shilgan 

qiymat  hisoblanadi    Ya'ni,  maxsulot  ishlab  chiqaruvchi,  ishlarni  bajaruvchi  va 

xizmatlarni  ko‘rsatuvchi  tomonidan  yangidan  maxsulot  ishlab  chiqarish  uchun 

yoki  ishlar  va  xizmatlarni  amalga  oshirish  uchun  sotib  olingan  xom-ashyo, 

materiallar  yoki  tovarlar  va  maxsulotlar  ustiga  qo’shilgan  qiymatdir.  Ushbu  soliq 

tovarlar, ishlar va xizmatlar narxining barcha elementlarini cheklaydi hamda ishlab 

chiqaruvchining ishlab chiqarish tannarxini kamaytirishga undaydi.  

Qo’shilgan  qiymat  solig‘i  hisobotlari  asosida  davlat  sanoat  va  savdo 

kapitalining aylanishi to‘grisidagi ma'lumotlarga ega bo‘ladi va bu makrodarajada 

tartibga solishni yengillashtiradi.  Bundan tashqari, davlat tovarlar hali haqiqiy  va 

ohirgi  iste'molchi  hisoblangan  hamda  soliqning  haqiqiy  to‘lovchisi  bo’lmish 

aholiga sotilishidan oldin daromad olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.  

QQS tovar yoki xizmat nimaga mo’ljallanganidan qat'iy nazar to’lanaveradi, 

xaridor  esa  QQSni  kaytarib  olish  uchun  soliq  idoralariga  bunga  hakli  ekanligini 

tasdiqlovchi  hujjatlarni  takdim  etishi  lozim.  QQSning  bu  afzalligi    ko’pincha 

shaxsiy  foydalanish  uchun,  biznesda  yoki  eksport  uchun  darhol  foydalanish 

maqsadida  ko‘rsatiladigan  xizmatlarga  soliq  solish  chog’ida,  ayniqsa  muhim 

ahamiyat kasb etadi. Ikkinchi afzalligi quyidagi qoidalar bilan mustahkamlanadi: 

a)  QQSdan  bo’yin  tovlash  oson  emas,  chunki  hisob-varaqlarga  qarab  tovar 

harakatini  aniqlash  oson,  nega  deganda  sotuvchi  o‘z  xarajatlarini  qoplash 

maqsadida  soliq  qaytarib  berilishi  uchun  buni  tasdiqlovchi  hujjatni  takdim  etishi 

kerak; 

b) QQS qo’llanilishi narxni soxtalashtirish maqsadida haridor bilan sotuvchi 



o‘rtasida  til  biriktirish  imkoniyatini  yo’qqa  chiqaradi,  chunki  agar  haridor  soliq 

xususida ko’proq chegirmaga ega bulish uchun hisobvaraqda narx yuqori darajada 

ko‘rsatilishidan  manfaatdor  bo‘ladi,  sotuvchi  o‘z  soliq  majburiyatini  kamaytirish 


23 

 

uchun  narx  mumkin  qadar  arzon  bo’lishidan,  demak,    kamroq  soliq  to’lashdan 



manfaatdordir; 

Qo’shilgan  qiymat  solig‘ining  asosiy  ustunligi  shundaki,  ishlab 

chiqarishning har bir bo‘ginida to’langan soliqning xajmini aniqlash mumkin. Bu 

esa, masalan, eksportga berilgan chegirmalarni aniq hisoblashga yordam beradi va 

eksport subsidiyalari berilgan vaqtdagi qonun bo‘zilishlarning oldini oladi.  

Aksiz  solig’i.    O'zbekistonda  aksiz  solig’i  1992-yilda  qo'shilgan  qiymat 

solig‘i  bilan birgalikda oborot solig‘i va sotuvdan olinadigan soliqlar o‘rniga joriy 

qilingan.  Uning  qo‘shilgan  qiymat  solig‘idan  farqli  tomoni  shundaki,  u  ayrim 

tovarlar  va  mahsulotlarni  chegaralab  olgan  va  u  bajarilgan  ish,  ko‘rsatilgan 

xizmatlarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Aksiz solig‘i individual xarakterga ega bo‘lib, 

faqat aktsiz osti tovarlarga nisbatan qo‘llaniladi. 

             Aksiz  solig'i  qo'shilgan  qiymat  solig'iga  tortiladigan  bazada  va  narxda 

hisobga  olinadigan  yuklab  jo‘natilgan  tovarlar  qiymatining  bir  qismini  egri  soliq 

sifatida budjetga undirish shakli hisoblanadi. Bu soliq davlat budjeti daromadlarini 

shakllantirishda  salmoqli  o’rin  egallaydi,  jumladan  davlat  budjeti  daromadlari 

tarkibida    2012-yilda  15.1  foizni,  2013-yilda  14.8  foiznni  va  2014  yilda  esa  15 

foizni    tashkil  etgan  (4-rasm).    Mazkur  soliq  qimmatbaho  buyumlar  hamda 

ikkinchi  darjali  iste’mol  mahsulotlariga  keng  qo’llaniladi.    Bundan  xulosa  qilib 

shuni  aytish  mumkinki,  aksiz  solig’ini  qo’llashdan  maqsad  ikkinchi  darajali 

iste’mol mahsulotlarini iste’molini cheklash hisoblanadi. 

         Aksiz  solig’ini  to’lovchilari  bo’lib,  mulk  shaklidan  va  soliqqa  tortishning 

qanday tartibi o’rnatilganligidan qat’i nazar aksizosti tovarlarni ishlab chiqaruv- 

chi  va  import  qiluvchi  yuridik  va  jismoniy  shaxslar  hisoblandi.  Bundan  tashqari, 

oddiy  shirkat  aktsiz  to'lanadigan  tovarlarni  ishlab  chiqarganda  oddiy  shirkat 

shartnomasining  oddiy  shirkat  ishlarini  yuritish  zimmasiga  yuklatilgan  sherigi 

aksiz solig'ini to'lovchi bo'lib hisoblanadi.            

         Aksiz  solig’ining  ob’ekti  bo’lib,  aksizosti  tovarlarni  realizatsiya  qilishi, 

import qilsh, yuridik shaxs ustav kapitaliga ulush sifatida kiritish, yuridik shaxs 



24 

 

 tugatilganda  yoki  o’z  ixtiyori  bilan  chiqib  ketganda  umumiy  mulkdagi  mol-



mulkdan ajratib berilgan  yoki bunday mol-mulk taqsimlangan taqdirda topshirish 

hisoblanadi.  

          Aksiz  sоlig’ining  stavkalari  mutlaq  summada  (qat`iy)  belgilangan  Aksiz 

to’lanadigan  tоvarlar  bo’yicha  sоliq  sоlinadigan  baza  Aksiz  to’lanadigan 

tоvarlarning  naturada  ifоdalangan  hajmi  asоsida  aniqlanadi.  Aksiz  sоlig’ining 

stavkalari  fоizlarda  (advalоr)  belgilangan  ishlab  chiqarilayotgan  Aksiz 

to’lanadigan tоvarlar bo’yicha realizatsiya qilingan Aksiz to’lanadigan tоvarlarning 

Aksiz  sоlig’i  hamda  qo’shilgan  qiymat  sоlig’i  kiritilmagan  qiymati  sоliq 

sоlinadigan  bazadir.  Aksiz  sоlig’ining  stavkalari  fоizlarda  (advalоr)  belgilangan 

impоrt  qilinayotgan  Aksiz  to’lanadigan  tоvarlar  bo’yicha  sоliq  sоlinadigan  baza 

bоjxоna  to’g’risidagi  qоnun  hujjatlariga  muvоfiq  aniqlanadigan  bоjxоna  qiymati 

asоsida belgilanadi. 

Egri soliq sifatida aktsiz solig’ining qo’shilgan qiymat solig’idan farqlanuvchi 

xususiyatli jihatlarini aytib o’tish maqsadga muvofiqdir, ya’ni: 

-  aktsiz  solig’ida  cheklangan  turdagi  aktsizosti  mahsulotlarini  sotish  oboroti 

soliqqa  tortiladigan  ob’ekt  bo’lib  hisoblanadi.  Boshqacha  qilib  aytganda, 

qo’shilgan qiymat solig’idagi soliqqa tortish ob’ekti bo’lgan ish va xizmatlar aktsiz 

solig’iga tortilmaydi; 

-  agar  qo’shilgan  qiymat  solig’i  tovar  ishlab  chiqarish  va  ayirboshlashning 

barcha bosqichlarida vujudga kelsa va undirilsa, aktsizlar esa faqat ishlab chiqarish 

sohasidagina  amal  qiladi.    Ushbu  qoidadan  O’zbekiston  Respublikasi  hududiga 

olib  kelinayotgan  aktsizosti  mahsulotlari  va  tovarlari  istisnodir.  Madomiki, ushbu 

holatda aktsiz solig’ini to’lovchilar bo’lib, aktsiz osti mahsulotlarini sotib oluvchi 

va qayta sotuvchi tashkilotlar hisoblanadi.  

Aktsiz solig’ining iqtisodiy mohiyati byudjet tushumini ta’minlash orqali xalq 

xo’jaligi  manfaatlarini  qondirishga,  ko’proq  mablag’larni  jalb  ettirishi  orqali 

namoyon bo’lsa, uning ijtimoiy mohiyati aholining, ya’ni asosiy iste’molchilarning 

to’lov qobiliyatlarini oshishida o’z ifodasini topadi. Bu esa aktsiz solig’i ob’ektlari 

(aktsiz osti tovarlari)ni  qisqartirilishida, soliq stavkalari pasayishida, aholi to’lov 


25 

 

qobiliyatini  o’sishida  namoyon  bo’ladi.  Shuni  ham  ta’kidlab  o’tish  kerakki, 



sub’ektlar aktsiz solig’i iste’molchilari sifatida yuzaga kelishi tabiiydir. 

Ammo  aktsiz  solig’i  yengiliklari  tovarlarni  xarid  qilish  uchun  olinadigan 

kredit  resurslarini  qisqartirilishiga,  bu  esa  o’z  vaqtida  harajatlarning  pasayishiga 

olib  keladi.  Xarajatlarning  pasayishi  esa  daromad  (foyda)ni  oshirish  omillaridan 

biridir.  

Aktsiz  solig’ini  mohiyatini  ochishda  u  bajaradigan  vazifalarni  bilish 

muhimdir.  Shu  jihatdan  uning  quyidagi  vazifalarini  alohida  ta’kidlab 

o’tmoqchimiz: 

birinchidan,  mamlakat  byudjetining  muhim  daromad  manbalaridan  biri 

sanaladi.  Soliq  tizimi  rivojlanish  bosqichini  boshdan  kechirayotgan  barcha 

davlatlar  singari,  mamlakatimizda  ham  aktsiz  orqali  daromadlarni  tez  va  oson 

yig’ish imkoniyatlari yuzaga keladi. Frantsuz iqtisodchisi F. Demezon ta’biri bilan 

aytganda “aktsizning o’zi barcha boshqa soliq tushumlari va undan ham ko’proqni 

berishga qodirdir” 

ikkinchidan, aktsiz osti tovarlari iste’molini cheklash (asosan ijtimoiy zararli 

tovarlar)  orqali  muayan  bozor  doirasida  talab  va  taklifni  tartibga  solish.  Iqtisodiy 

o’sish  doirasini  bashqarishda  aktsizosti  tovarlar  ro’yxatini  belgilash  orqali  davlat 

yalpi talab va taklifni egiluvchanligi ta’minlaydi; 

uchinchidan,  davlatning  milliy  bozorni  himoya  qilish  vazifasi  aktsiz  solig’i 

orqali ta’minlanadiki, bunda yuqori soliq stavkalaridan foydalaniladi; 

to’rtinchidan, aktsiz solig’i monopol mavqedagi tovar ishlab chiqaruvchi yoki 

aniq mahsulot turini progressiv soliqqa tortish vazifasini o’taydi; 

beshinchidan,  aktsiz  solig’i  aholini  boy  badavlat  qatlamlari  daromadlarini 

qayta soliqqa tortish usuli bo’lib hisoblanadi. Chunki aktsiz solig’i asosan nufuzli 

(qiymati yuqori) tovarlarga qo’llaniladiki, bunday tovarlarni asosiy iste’molchilari 

boy-badavlat shaxslar hisoblanadi. 

Shunday qilib, aktsiz solig’i ijtimoiy muhitni ham yaxshilash imkoniyatlarini 

moliyaviy  natijalarning  o’sishi  orqali    ta’minlab  berishi  mumkindir.  Shu  bois 



26 

 

aktsiz solig’ining takomillashtirilishi ijtimoiy-iqtisodiy muhitni yaxshilanishi bilan 



chambarchas bog’liqdir.   

3.  Transport    vositalariga  benzin,  dizel  yoqilg’isi  va  gaz  ishlatganlik  uchun 

olinadigan soliq. Mazkur soliq davlat budjeti daromadlarida o’rtacha 1.2-1.7 foizni 

tashkil etib, yoqilg’i vositalari iste’molini tartibga solishda muhim ahamiyat kasb 

etadi. 

         Transpоrt  vоsitalariga  benzin,  dizel    yoqilg’isi  va  gaz  ishlatganlik  uchun 



оlinadigan sоliqni to’lоvchilar оxirgi iste`mоlchilarga: benzin va dizel  yoqilg’isini 

realizatsiya  qilishni,  shu  jumladan  avtоmоbillarga  yoqilg’i  quyish  shahоbchalari 

оrqali  realizatsiya  qilishni  amalga  оshiruvchi  yuridik  shaxslar;  gazni 

avtоmоbillarga  yoqilg’i  quyish  shahоbchalari  оrqali  realizatsiya  qilishni  amalga 

оshiruvchi yuridik shaxslar.       

        Transpоrt  vоsitalari  uchun  benzin,  dizel    yoqilg’isi  va  gazni  оxirgi 

iste`mоlchilarga  realizatsiya  qilish  yoki  ulardan  o’z  ehtiyojlari  uchun  fоydalanish 

sоliq sоlish оb`ektidir.  

          Benzin, dizel  yoqilg’isi va gazning natura hоlidagi realizatsiya qilingan 

va  o’z  ehtiyojlari  uchun  fоydalanilgan  hajmi  sоliq  sоlinadigan  baza  bo’lib 

hisoblanadi.  

         Biz  mazkur  paragrafda  O’zbekiston  Respublikasi  davlat  budjeti  soliqli 

daromadlarining  turlari,  ularning  to’lovchilari  hamda  qisqacha  ravishda  budjet 

daromadlaridagi ulushini o’rgandik. 

 


Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish