"moliya" kafedrasi odilov sardor qamaridinovich davlat budjeti daromadlarida egri soliqlarni o



Download 1,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana20.11.2019
Hajmi1,1 Mb.
#26490
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
davlat budjeti daromadlarida egri soliqlarni orni va ularni undirish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari


   Mamlakatimizda  xo’jalik  subektlarining  investitsion  faolligini  oshirishda 

soliqlar  ta’sirini  kuchaytirish  maqsadida  quyidagi  tadbirlarni  amalga  oshirish 

maqsadga muvofiqdir: 

 

mahsulot  tannarxiga  kiritiladigan  xarajat  turlarining  darajasini  mo’tadil-



lashtirish  maqsadida  bank  kreditlari  bo’yicha  foiz  to’lovlarini  Markaziy 

bankning  qayta  moliyalashtirish  stavkasidan  kelib  chiqqan  holda  ishlab 

chiqarilayotgan mahsulotlar tannarxiga kiritishni joriy qilish lozim

 



xo’jalik sub’ektlarining investitsion faolligini oshirish maqsadida ularning soliq 

to’lovlari  hajmida  asosiy  o’rinni  egallaydigan  soliqlarni  oqilona  darajaga 

keltirish lozim; 

xo’jalik  sub’ektlarining  investitsion  xarajatlarini  moliyalashtirishning  asosiy 

manbalaridan 

biri 


bo’lgan 

amortizatsiya 

ajratmalaridan 

foydalanish 

samaradorligini oshirish lozim. 

              Iqtisodiyotni moderniaztsiya qilish sharoitida davlat budjeti daromadlarini 

barqarorligini ta’minlashda soliq imtiyozlaridan keng foydalaniladi. 

         Ularning  ushbu  mavzuga  oid  qarashlari  o’z  navbatida  soliq  imtiyozlariga 

ham  bevosita  taalluqli  bo’lgan.  Bu  fikr-mulohazalar  nafaqat  soliq  imtiyozlariga 

yondashuvning  har  xil  bo’lishini,  balki  uning  tadbirlari  tizimini  izohlashda  ham 

keskin  farqlanadi.  Jumladan,  F.  Akvinskiy  soliqlar  masalasida  “talonchilikning 

ruxsat etilgan shakli”

38

 deb ta’rif bergan va soliq to’lovchilarga nisbatan yengillik 



berishni tarafdori bo’lgan. Olim va davlat arbobi L. Erxard esa, soliqlardan imtiyoz 

berish  kerakligini  ta’kidlagan  holda,  bu  maqsadga  erishi  mushkul  ekanligini  tan 

oladi.  “Barcha  fuqarolarning,  xo’jalik  yurituvchi  doiralarning  soliq  yukini 

pasaytirish  haqidagi  istaklarini  adolatli  deb  tan  olish  mumkin”.  Ammo  bunda  u 

maqsadga  erishish  vositalai  haqida  ham  gapirib  o’tadi:  agar  talab  qilingan 

“xarajatlar  barqarorligiga  erishilganda  edi,  unumdorlik  sur’atlari  shunday  shiddat 

bilan  o’sar  ediki,  soliqlarni  qanday  pasaytirish  yetarli  ekanligini  his  qilish  va 

hisoblash oson bo’lar edi”. 

                                                           

38

  Пушкареваю. В. М. История финансовой мысли и политика налогов. М.: Инфра-М. 2008. с. 170 



68 

 

         Mamlakatimiz  taniqli  iqtisodchi  olimlaridan  T.  Malikov,  O.  Olimjonov,  N. 



Haydarov, E. Akramov, Q. Yaxyoyev, O. Imonov, E. Gadoyev va boshqalar soliq 

itiyozlarini  qo’llash  hususida  samarali  ilmiy  izlanishlar  olib  borganlar  va  mihim 

nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo’lgan xulosalarni shakllantirganlar. Masalan, 

prof. T. Malikov soliq imtiyozlaridan foydalanish samaradorligini oshirishda soliq 

va imriyoz o’rtasidagi dialektik bog’liqlikni soliq imtiyozlarini joriy etish hisobiga 

olmaslik  hamda  ushbu  bog’liqlikni  ongli  ravishda  buzish  davlatning  moliyaviy 

ahvolini  zaiflashuviga,  budjet  taqchilligini  vujudga keltiruvchi asosiy  sabablardan 

biri  ekanligini  ko’rsatdilar.  Mazkur  holatni  yuzaga  kelishi  soliq  bo’yicha 

imtiyozlar o’z vazifasini bajarmaganida, o’z maqsadiga erishmaganida, maqsadsiz, 

befoyda imtiyoz berilganligidan dalolat beradi. 

         Prof. N. Haydarov soliq imtiyozlaridan xorijiy investitsiyalarni jalb etish 

ning    muhim  vositasi  sifatida  foydalanish  masalasini  ilmiy  jihatdan  tadqiq  qilar 

ekan,  xorijiy  investitsiyali  korxonalarga  ularning  ustav  fondidagi  xorijiy 

investorning  ulushiga  bog’liq  ravishda  soliq  imtiyozlarini  berish  xorijiy 

investorlar-  ning  ham,  mahalliy  investorlarning  ham,  korxona  ishlab  chiqarish 

faoliyatining  samaradorligini  oshirishdan  manfaatdorligini  kuchaytiradi,  degan 

xulosani  shakllantirgan. 

         G’arb  mamlakatlarida  soliq  imtiyozlari,  birinchi  navbatda,  investitsiyalarni 

va  ilmiy-texnika  faoliyatini,  shuningdek,  ayrim  tarmoqlar  va  mintaqalarni 

rivojlantirishni  rag’batlantirish  uchun  joriy  qilinadi.  Butun  mamlakat  miqyosida, 

mintaqa  doirasida  va  alohida  faoliyat  sohalarida  investitsiya,  ilmiy-texnika 

faoliyati  hamda  tadbirkorlikni  rag’batlantirishga  qaratilgan  soliq  imtiyozlari  eng 

barqaror  hisoblanadi.  Soliq  imtiyozlari,  soliq  krediti  (foyda  solig’idan  chegirma 

ko’rinishida); foydaning soliqqa tortiladigan summasini kamaytirishdan tashlama; 

soliqdan  butunlay  ozod  qilish  yoki  pasaytirilgan  soliq  stavkalarini  belgilash; 

jadallashtirilgan amortizatsiyani qo’llash shakllarida beriladi. 

         Respublikada amalda bo’lgan soliq imtiyozlarini to’rt guruhga bo’lish 

mumkin:  

1)  soliq to’lahdan vaqtinchalik ozod qilish; 


69 

 

2)  soliq tortiladigan bazani toraytirish; 



3)  soliq stavkasini kamaytirish; 

4)  soliq majburyatlarini bajarishni kechiktirish (soliq krediti).  

Keltirilgan  rag’batlar  ayniqsa  chet  el  investitsiyalaridan  foydalanayotgan  hamda 

eksport  salohiyatini  kengaytirayotgan  xo’jalik  sub’ektlariga  keng  qo’llaniladi. 

Jumladan,  korxonalarning  eksport  salohiyatini  kengaytirish  maqsadida  yuridik 

shaxslardan  olinadigan  foyda  solig’i  stavkasi  agar  korxona  ishlab  chiqargan 

mahsulotini  15  foizdan  30  foizgacha  bo’lgan  qismini  eksport  qilsa  30  foizga,  30 

foizdan yuqori qismini eksport qilsa unda  50 foizgacha   kamaytitiladi

39

.  


         O’zbekiston Respublikasi soliq amaliyotida korxonalarimiz uchun imtiyozlar 

tizimi  tahlilida  daromad  solig’i  bo’yicha  imtiyozlar,  qo’shilgan  qiymat  solig’i 

bo’yicha  imtiyozlar,  aksiz  solig’i  bo’yicha  imtiyozlar,  mol-mulk  solig’i  bo’yicha 

imtiyozlarga  to’xtalib  o’tish  kerak.  Chunki  davlat  budjeti  daromadlari-ning  katta 

qismi  ushbu soliqlar hissasiga to’g’ri keladi. 

         O’zbekiston Respublikasida QQS orqali korxonalarning eksport salohiyati  

yuksaltirishda  faol  tarzda  foydalanilmoqda.  Ya’ni  eksportga  0  foizli  stavka 

qo’llaniladi va bu orqali tadbirkorlik subektlarini eksport salohiyatini kengaytirib 

borilmoqda. Buning natijasida davlat budjetida QQSning ulushi 2005-yildagi 35.7 

foiz  o’rniga  2014-yilda  30.2  foizni  tashkil  etmoqda.  Bu  holatni  ijobiy  baxolash 

mumkin,  chunki  raqobatli  bozor  sharoitida  milliy  maxsulotlarimizni  jahon 

bozoridagi o’rnini mustahkamlashga keng imkoniyatlar yaratadi. 

         Aksiz  solig’i  bo’yicha  berilgan  imtiyozlarni  o’rganish  shuni  ko’rsatdiki, 

birinchidan,  aksiz  solig’ining  funksiyasi  to’liq  saqlanib  qolingan,  chunki 

iqtisodiyotning  asosiy  tarmoqlariga  mansub  korxonalar  tomonidan  ishlab 

chiqariladigan  aksizosti  tovarlar  bo’yicha  cheklanagan  miqdorda  imtiyozlar  joriy 

qilingan;  ikkinchidan  aksiz  solig’i,  asosan,  ijtimoiy  zararli,  ikkinchi  darajali 

iste’mol  qilinadigan  hamda  shohona  buyumlarga  nisbatan  yuqori  belgilangan. 

                                                           

39

  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “O’zbekiston  Respublikasining  2014-yilgi  asosiy  makroiqsodiy 



ko’rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to’g’risida”gi PQ-2099-sonli Qarori. 25.12.2013 

 


70 

 

Bundan xulosa shuki, aksiz solig’i to’liq fiskal funksiyani bajaradi hamda ijtimoiy 



zararli mahsulotlar iste’molini cheklashga xizmat qiladi. 

Bozor  iqtisodiyoti 

sharoitida  soliq  siyosatining  asosiy  vazifalari 

quyidagilardan iborat:  

1.Iqtisodiyotda  ishlab  chiqarish  jarayonini  pasayib  ketishiga  yo’l 

qo’ymaslik;  ya’ni  ishlab  chiqarishni  rag’batlantirishga  yo’naltirilgan  chora-

tadbirlar  ishlab  chiqish.  Buning  uchun  soliq  siyosati  sohasida  soliq  stavkalarini 

pasaytirish,  yangi  investitsiyalar  uchun  soliq  imtiyozlarini    berish,  tezlashtirilgan 

amortizatsiyani qo’llash kabi tadbirlar amalga oshiriladi. 

2.Soliq  siyosatini  takomillashtirish;  soliqning  iqtisodiyotga  ta’sirini 

kuchaytirish:Soliq  tizimining  ishlab  chiqarishni  rivojlantirishga,  moddiy-  tabiiy 

moliyaviy  va  mehnat  resurslaridan,  to’plangan  mol-mulkdan  samarali 

foydalanishga  rag’batlantiruvchi  ta’sirini  oshirish;Korxonalar  zimmasidagi  soliq 

yukini keskin kamaytirish, qo’shilgan qiymat va foyda solig’idan olinadigan soliq 

stavkasini kamaytirish va shu asosda ishlab chiqarishni jonlantirishga turtki berish

3.

 

Soliq siyosati belgilab bergan chora-tadbirlarni amaliyotga tadbiq etuvchi 

tegishli moliya mexanizmini ishlab chiqish va takomillashtirishdan iboratdir. 

 

III bob bo’yicha xulosa 

 

         Prezidentimiz  I.  A.  Karimov  soliq  imtiyozlari  hamda  soliq  yuki  haqida 



quyidagi  fikrni  bildiradilar:  “  Korxonalar  zimmasidagi  soliq  yukini 

yengillashtirilishi,  qo’shilgan  qiymatdan  olinadigan  soliq  stavkasining 

kamaytirilishi  natijasida  ishlab  chiqarishni  jonlantirishga  olib  kelishi  lozimki,  bu 

narsa  iqtisodiyotni  barqarorlashtirish  muammosini  hal  etishda  g’oyat  katta 

ahamiyatga ega”.

40

 

       Bitiruv  malakaviy  ishining  so’nggi  bobida  Davlat  byudjetining  soliqli 

daromadlarini  shakllantirishni  takomillashtirish  masalalari,  Davlat  byudjeti 

                                                           

40

  Karimov. I. A., O’zbekiston buyuk kelajak sari. – T.: O’zbekiston. 1998 360-bet 



71 

 

daromadlarini 



shakllantirishda 

egri 


soliqlarni 

undirish 

mexanizmini 

takomillashtirishning  istiqbolli  yo’nalishlari  tadqiq  kilingan.  Olib  borilgan 

izlanishlar  asosida  bitiruv  malakaviy  ishi  mavzusi  yuzasidan  xulosalar  keltirilgan 

va fikr muloxazalar bayon etilgan. 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


72 

 

XULOSA 

 

Ushbu    bitiruv    malakaviy    ishida    egri    soliqlarni    undirish  mexanizmini  



tadqiq  va  tahlil  etish  asosida  olingan  asosiy  xulosa  va takliflar quyidagilardan 

iborat. 


Birinchidan, Respublikamiz  davlat  byudjeti  daromadlarini  shakllantirishda 

egri    soliqlarga    ustuvor    ahamiyat    qaratilmoqda.  Egri    soliqlarga  tortilayotgan  

tovarlar, ayniqsa, aksiz  solig‘i  qo‘llaniladigan  tovarlar bahosini shakllantirishda 

soliqlarning ahamiyati ancha yuqori. 

Ikkinchidan, iqtisodiyotni  erkinlashtirish  sharoitida  egri  soliqlarning rolini  

oshirish  muhimdir, chunki  katta  mikdordagi  mablag‘ni shakllantirish  uchun  uni  

to‘g‘ridan-to‘g‘ri    soliq    to‘lovchidan    (yuridik    yoki  jismoniy  shaxsdan),  uning  

daromadidan  undiradigan  bo‘lsak, u  holda  u bunday soliq yukini ko‘tarolmaydi. 

Shuning uchun bu mablag‘ni tovar (ish, xizmat) larni iste’mol kiluvchilar elkasiga 

ma’lum bir vaqtgacha yuklash maqsadga muvofiq. 

Uchinchidan,    qo‘shilgan    qiymat    solig‘i    to‘lashdagi    ayrim    imtiyozlar  

xizmat  turlarini  rivojlantirish  jihatidan  aniq  asoslanmagan.  Masalan,  Ichki  ishlar  

organlari    huzuridagi    qo‘riqlash    bo‘linmalari    xizmatlari    va  gastrol-konsert 

faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar uchun 

berilgan  imtiyozlarni  keltirish  mumkin.  Qo‘shilgan  qiymat      solig‘i      bo‘yicha   

imtiyozlarni      faqat      oxirgi      iste’molchiga  sotish  paytidagina  taqdim  etish 

maqsadga muvofiq. 

          to’rtinchidan,  davlat    sektori    tomonidan    moliyalashtiriladigan    ish    va 

xizmatlarning  qo‘shilgan  qiymat  solig‘idan  ozod  etilishi  korxonalar iqtisodiy  

faoliyatiga  salbiy  ta’sir  etmoqda, ularning  investitsion faoliyatlarini  chegaralab, 

ixtiyorlarida    qoladigan    foyda    miqdorlarini  kamaytirmoqda.  SHu    sababdan  

davlat  sektori  ish  va  xizmatlari  bo‘yicha qo‘shilgan  qiymat  solig‘idan  berilgan  

imtiyozlarni  bekor  qilinishi maqsadga muvofiq. 

Beshinchidan, amaldagi  tovarlarni  jo‘natish  tartibi  korxonalarning  soliq 

boqimandalarini  ko‘payishiga  olib  kelmoqda. Shundan  kelib  chiqib, mahsulot  


73 

 

jo‘natish  jarayonida  oldindan  to‘lov  miqdorining  kamida 30 foizga  yetkazilishi  



soliq    bo‘yicha    boqimandalarni,  shuningdek  boqimandalar    salmog‘idagi    eng  

yuqori    ko‘rsatkichni    egallab    turgan  qo‘shilgan    qiymat    solig‘i    bo‘yicha  

boqimanda    miqdorlarini    kamayishiga  olib    keladi    hamda    korxonada    sog‘lom  

moliyaviy  muhitning  yaratilishiga asos bo‘lib xizmat qiladi. 

Oltinchidan,  Respublikamizning    ayrim    vazirlik,  kompaniya    va  

uyushmalar  tizimi    doirasida    kelib    tushgan    pul    mablag‘larini    taqsimlanishi 

yuzasidan    alohida    maxsus    tartiblar    ishlab    chiqilgandir.  Ushbu  tartiblarga  

muvofiq    tushgan    pul    mablag‘larining    kichik    qismi  joylardagi    bo‘linmalarda  

qoldiriladi,  katta    qismi    to‘g‘ridan-to‘g‘ri  respublikadagi  yuqori  tashkilotga 

yo‘naltiriladi. Joylarda qoldirilgan qismi  faqat  ish  haqi  bo‘yicha  qarzdorliklarni  

qoplashga  etadi  xolos. 

Shundan  kelib  chiqib  qo‘shilgan  qiymat  solig‘i  boqimandasini  kamaytirsh 

maqsadida  yig‘ma  hisoblarda  ishlovchi  maxsus  korxonalarda  ular  tomonidan 

hisoblangan    qo‘shilgan    qiymat    solig‘i    to‘lanishini    nazarda    tutuvchi    pul 

mablag‘larini taqsimlash tartiblari qayta ko’rib chiqish lozim. 

Yettinchidan,  qo‘shilgan    qiymat    solig‘i    bo‘yicha    hisobvaraq    fakturalar  

bo‘yicha qonun buzilishida asosiy sababchi qonunbuzar mahsulot etkazib  beruvchi 

hisoblansa-da, ham  xaridor  moliyaviy  jarimaga  tortilishi  qonun jihatidan  aybi  

bo‘lmagan  soliq  to‘lovchining  moliyaviy  jarimaga tortilishiga  olib  kelmoqda. 

Shuning  uchun  o‘z  mahsulotini  sotish  uchun hisobvaraq- fakturalarni  noto‘g‘ri  

to‘ldirib    xaridorga    ko‘rsatgan    mol  yetkazib    beruvchiga    nisbatan    moliyaviy  

choralarni    qo‘llanilishi    va  xaridorda    buning    natijasida    qo‘shilgan    qiymat  

solig‘i  bo‘yicha chegirishlarni  o‘rni  moliyaviy  jarismalarsiz  qoplanishi  soliq 

qonunchiligi  tamoyillarini  amal  qilishini  mustahkamlashga  olib keladi. 

Sakkizinchidan,  qo‘shilgan    qiymat    solig‘i    bo‘yicha    nolli    stavkani  

qo‘llanilishi natijasida manfiy farq natijasida yuzaga keladigan ortiqcha to‘lovlarni 

qaytarilishi  to‘liq  hudud  byudjetiga  tushgan  qo‘shilgan  qiymat  solig‘i tushumi 

hisobidan emas, respublika tushumlari doirasida qaytarilishi maqsadga muvofiqdir. 

Bu bir tomondan ushbu mablag‘larni qaytarilishini tezlashtirsa  ikkinchi  tomondan  


74 

 

qo‘shilgan  qiymat  solig‘i  bo‘yicha  hudud tushumlaridagi jiddiy kamayishlarni 



keltirib chiqarishni chegaralaydi. 

 Respublikamizda    amalga    oshirilayotgan    islohotlarida    soliq  tizimida 

ijtimoiy  maqsadlar  uchun  berilgan  imtiyozlarni  saqlab  qolgan  holda  soliq 

stavkalaridan  ham  ijtimoiy  maqsadlar  uchun  foydalanishni  takomillashtirish  

maqsadga    muvofiq.  Jumladan,  respublika    soliq  tizimida    asosiy    soliq  

hisoblangan    qo‘shilgan    qiymat    solig‘i    bo‘yicha  tabaqalashgan    stavkalarni  

amaliyotga    joriy    etish    va    ijtimoiy  muammolarni  hal  etish  uchun  foydalanish 

lozim. 


Mamlakatning    ijtimoiy    maqsadlaridan    kelib    chiqib    qo‘shilgan  qiymat  

solig‘idan    nol    darajali    stavka    bo‘yicha    soliq    solinadigan  oborotlarni  

kengaytirish  maqsadga  muvofiq. Bizningcha, respublikada medikamentlar  ishlab  

chiqaruvchi    va    aholiga    tibbiy    xizmatlarini  ko‘rsatuvchilarga  ham  nol  darajali 

stavkani qo‘llash lozim. 

 Import    qilingan    tovarlar    bo‘yicha    hisobga    o‘tkaziladigan  qo‘shilgan  

qiymat    solig‘ini    aniqlashda   importchi   tomonidan   olib  kirilayotgan  tovarlarga 

doir bayon qilingan bojxona qiymatiga  nisbatan hisoblab    chiqarilgan   qo‘shilgan  

qiymat    solig‘i    miqdori    hisobga  o‘tkaziladi.  Lekin  importchi  tomonidan  bayon 

qilingan  bojxona  qiymatiga  nisbatan  aniqlangan  bojxona  qiymati  o‘rtasidagi  farq 

bo‘lganda hisobga o‘tkaziladigan  qo‘shilgan  qiymat  solig‘i  miqdori  importchi  

tomonidan 

bayon  qilingan  bojxona  qiymatidan  kelib  chiqib  hisoblangan  QQS miqdoridan  

kelib    chiqib    aniqlanadi,  haqiqatda    to‘langan    QQS    bilan  hisobga    o‘tkazilgan  

QQS  o‘rtasidagi  farq  miqdori  import  qilingan tovarning narxiga kiritiladi. 

Aksiz  solig‘i  davlat  uchun  strategik  ahamiyatga  ega  bo‘lgan soliqdir. 

E’tiborli    jihati    shundan    iboratki,  hozirgi    paytga    kelib  respublikada    ishlab  

chiqarilayotgan    tovarlarning  14  ta    turiga    aksiz  solig‘i    joriy    etilgan    bo‘lsada, 

davlat  byudjeti  daromadlarini shakllantirishda uning ulushi ancha yuqori. 

 Hozirgi  kunda  respublikamizda  amal  kilayotgan  aksiz  solig‘ini ikkiga, 

ya’ni  O‘zbekiston  Respublikasi  hududida  aksiz  solig‘iga tortiladigan tovarlarni 


75 

 

ishlab  chiqaruvchi  yuridik  shaxlardan  olinadigan  aksiz    solig‘iga    hamda  



O‘zbekiston    Respublikasi    hududiga    olib  kiriladigan  tovarlar  uchun  yuridik  va 

jismoniy  shaxslardan  olinadigan  aksiz    solig‘iga    bo‘lishimiz    mumkin. 

Respublikamizda    aksiz    solig‘iga  tortiladigan    tovarlar    tarkibi    boshqa  

rivojlangan    davlatlardagidan  biroz    farq    qiladi.  Ayrim    birlamchi    iste’mol  

tovarlari  ham  aksiz 

solig‘iga tortiladi. 

 Respublikamizda  hozirgi  vaqtda  aksiz  solig‘iga  tortiladigan mahsulotlar  

ro‘yxatida  ijtimoiy  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  birlamchi ahamiyatga  ega  bo‘lgan  

mahsulot, masalan  o‘simlik  yog‘i  mavjuddir. Ushbu mahsulotni  aksiz  solig‘iga  

tortish    jahon    aksiz    solig‘iga    tortish  amaliyotida    keng    tarqalgan    mahsulotlar  

ro‘yxatida  mavjud  emas.  

 Mamlakatda  hozirgi  kunda  ayrim  xizmatlarga  ham  aksiz  solig‘ini  joriy  

qilish    sharoiti    yuzaga    kelgan.  Bunday    xizmatlar    ichida    birinchi  nomzodi  

sifatida    uyali    aloqa    xizmatini    aytish    mumkin.  Ushbu    xizmat  turiga    aksiz  

solig‘i  joriy etish  aksizlarning  asl  mohiyatiga  ham  to‘g‘ri keladi. Uyali  aloqaga  

aksiz    solig‘ining    joriy    qilinishi    o‘simlik    yog‘iga  qo‘llanilayotgan    aksiz  

solig‘ini  pasaytirish  yoki  butunlay  olib  tashlash imkoniyatini  yaratadi.  

Jahon  sivilizatsiyasida  davlatlarning  iqtisodiy  tuzumi,  iqtisodiy  va  siyosiy 

rivojlanish  darajasi,  ishlab  chiqarish  va  mulkchilik  munosabatlari  holatining 

turlicha bo’lishi, o’z navbatida har bir davlatda soliqlarning budjet daromadlarini 

shakllantirishdagi  o’rnini  soliqlarning  tarkibiy  tuzilishini,  bevosita  va  bilvosita 

soliqqa  tortish  nisbatini,  soliqlar  bajaradigan  funksiyalaridan  foydalanish 

sharoitlarini,  soliqqa  tortish  tamoillarini,  soliq  imtiyozlari  tarkibiva  ulardan 

foydalanish samarasi, soliq yuki darajasining ham turlicha bo’lishini taqazo qiladi. 

Binobarin, bunday  sharoitda soliq  tizimini  optimallashtirish  jarayoni ham  turlicha 

bo’lishi tabiiy holdir. 

         Rivojlangan  mamlakatlarda  davlat  budjeti  daromadlarining  asosiy  qismi 

to’g’ri  soliqlar  hisobidan  shakllanmoqda.  Rivojlanayotgan  mamlakatlarda  esa, 



76 

 

davlat  budjeti  daromadlarining  asosiy  qismini  egri  soliqlardan  olingan  tushumlar 



tashkil qiladi. 

         Yuqorida  qayd  etilgan  rivojlangan  mamlakatlarda  aholi  daromad  darajasini  

yuqori  ekanligi  va  aholidan  olinadigan  daromad  solig’ini,  asosan,  progressiv 

stavkalarda undirilishi mazkur soliqlardan olinadigan tushumlarning davlat budjeti 

daromadlari tarkibida yuqori salmoqqa ega bo’lishiga olib kelmoqda. 

         Bugungi  kunda  respublikamiz  soliq  tizimi  vositasida  iqtisodiyotni  tartibga 

solishning  asosiy  yo’llaridan  biri  bu  soliqlarning  fiskalligini  oshirish  emas,  balki 

soliq  to’lovchilarning  investitsion  faolligini  kengaytirish,  tadbirkorlik  faoliyatini 

qo’llab-quvvatlash  orqali  ularning  sonini  ko’paytirish  hamda  ularning  erkin 

daromad olishlariga imkoniyat yaratishdir. 

         O’zbekiston  Respublikasi  budjet  daromadlarida  ko’plab  rivojlanayotgan 

mamlakatlar singari egri soliqlarning salmog’i  yuqori bo’lib qolmoqda. Shu bilan 

bir  qatorda  so’nggi  yillar  mobaynida  to’g’ri  soliqlar  hamda  resurs  soliqlari-ning 

budjet  daromadlaridagi  salmog’ini  ortib  borayotganini  ko’rishimiz  mumkin. 

Keyingi  yillarda  respublikamiz  budjet  daromadlarini  o’sish  tendensiyasi 

kuzatilmoqda.  Bu  soliq  to’lovchilar  uchun  keng  imkoniyatlar  yaratilayotganligi, 

soliq  stavkalrining  muntazam  ravishda  tushirib  borilayotganligi  va  buning 

natijasida soliq to’lovchilarning soni ko’payib borishi orqali amalga oshirilmoqda. 

         Hukumatimiz tomonidan soliq yukini iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarish-larni 

e’tiborga olgan holda kamaytirib borish o’z samarasini bermoqda. Milliy bozoarni 

mahalliy tovarlar bilan to’ldirayotgan, eksportga mahsulot chiqarayotgan, ichki va 

tashqi  investitsiyalarni  ishlab  chiqarishga  jalb  qilayotgan,  shuningdek,  kichik 

biznes  subektlari  shaklidagi  soliq  to’lovchilarga  soliq  imtiyozlarini 

kengaytirilishiga  qaramasdan,  yalpi  ichki  mahsulot  hamda  davlat  budjeti 

daromadlari hajmida yil sayin o’sish ta’minlanmoqda. 

         O’zbekistonda soliq yukining pasayishi bu faqat ayrim soliq turlari bo’yicha 

soliq  stavkalarini  kamaytirilishi,  soliq  imtiiyozlarining  kengaytirilishi  evaziga 

emas,  balki  hukumatimiz  tomonidan  iqtisodiyotda  keng  qamrovli  tarkibiy 

o’zgarishlarni  ta’minlaydigan  aniq  maqsadli  davlat  dasturlarini  izchillik  bilan 


77 

 

amalga  oshirish  hisobidan  soliq  tushumlariga  nisbatan  yalpi  ichki  mahsulotning 



o’sish darajasi o’rtasidagi yuqori farqning vujudga keltirilishi bilan izohlanadi. 

 O’zbekiston  Respublikasi  davlat  budjeti  daromad  bazasini  shakllantirishi-

ning  hozirgi  holatida  soliqli  daromadlar  asosiy  o’rinni  egallaydi.  Bunda  egri 

soliqlarning salmog’i yuqoriligicha qolmoqda. Ammo ularning soliqli daromadlar 

hajmidagi  salmog’ining  pasayish  tendensiyasining  kuzatilayotganligini  ijobiy 

baholash mumkin. 

         Ayni  vaqtda  O’zbekiston  Respublikasi  iqtisodiyoti  rivojlanishining  hozirgi 

bosqichida  davlat  budjeti  daromadlarini  shakllanishida  soliq  to’lovchilar 

tomonidan  to’lov  intizomiga  rioya  qilmaslik,  soliqlarni  o’z  vaqtida  to’lamaslik, 

soliq to’lanadigan bazani kamaytirib ko’rsatish, daromadlarni soliqlardan yashirish 

va  boshqa  shu  kabi  salbiy  holatlarning  mavjudligi  davlat  budjetining  daromad 

bazasini shakllantirish jarayoniga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. 

         Yuqorida  qayd  etilgan  salbiy  holatlarga  barham  berish  yuzasidan  ko’rilgan 

takliflar  va  tavsiyalar  amaliyotga  joriy  etilishi  O’zbekiston  Respublikasi  davlat 

budjeti daromad bazasini mustahkamlashda muhim rol o’ynaydi. 


Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish