4-MAVZU. KICHIK BIZNES VA XUSUSIY KORXONALARNI TASHKIL ETISHDA RISK VA UNING AHAMIYATI - 1.1. Kichik biznes va xususiy korxonalarda riskning mohiyati
- 1.2. Ishlab chiqarish tadbirkorligidagi zararlar.
- 1.3. Kichik biznes va xususiy korxonalarda risklarni baholash
-
Kichik biznes va xususiy korxonalarda riskning mohiyati Risk bu - tadbirkorning avval ko‘rib chiqilgan bashorati (prognozi), faoliyat olib borish dasturida ko‘rsatilganidan ko‘ra ko‘proq ko‘riladigan zararlar, yohud foydani kutilgan miqdordan oz olinishi kabi xavf bilan bog‘liqdir. Tadbirkorlik riskining mohiyatini to‘liq anglash uchun «xarajat», «zarar» kabi tushunchalarni farqlab olish kerak. Yuqorida keltirilgan tavsiflar «risk» kategoriyasining sifatiy jihatini anglatsa, shu bilan birgalikda «tadbirkorlik riski»ning miqdoriy tomonlarini ham ko‘rsatib o‘tadi. Risk absolyut holatda ijtimoiy zararlar hajmini material yoki pul ko‘rinishida aks ettirishi mumkin bo‘ladi. Qiyosiy holatda esa risk tadbirkorning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdagi mulkiy yoki resurslarning umumiy sarfi, yohud tadbirkorlikdan kutilayotgan daromad ko‘rinishida aniqlanadi. Korxonalarda riskning qiyosiy hajmini aniqlashda korxonaning asosiy fondlari va aylanma mablag‘lari qiymatini yoki tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda sarflanadigan xarajatlar; joriy xarajatlar, kapital qo‘yilmalar yoki foydani olish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Tadbirkorlik faoliyatida yuzaga keladigan zararlarni material, mehnat, moliyaviy vaqtning yo‘qotilishi kabi zararlarning maxsus turlariga ajratish mumkin. Tadbirkorlik faoliyatida yuzaga keladigan zararlarni material, mehnat, moliyaviy vaqtning yo‘qotilishi kabi zararlarning maxsus turlariga ajratish mumkin. Material ko‘rinishidagi zararlar, tadbirkorlik loyihalarida ko‘zda tutilmagan qo‘shimcha xarajatlar yoki energiya, xom ashyo, mahsulotlar, mulk, jihozlardan ko‘riladigan zararlar ko‘rinishida yuzaga keladi. Ko‘rsatib o‘tilgan har bir zarar turlarining o‘z o‘lchov birliklari qabul qilingan. Material zararlari, hajmi o‘lchov birliklari, og‘irlik birligi, hajm, maydon va boshqa o‘lchov birliklarida o‘lchanadi. Biroq, turli xil birliklarda o‘lchanadigan ikki xil zararlarni bitta bir xil birlikda aks ettirish mumkin emas. Shuning uchun qiymat ko‘rinishidagi zararlarni amaliyotda pul birligida aks ettiriladi. Buning uchun zararlarning jismoniy ko‘rinishidagi o‘lchami material resurslarini o‘zining belgilangan bahosiga ko‘paytirish yo‘li bilan qiymat ko‘rinishiga aylantiriladi. Qiymati avvaldan ma’lum bo‘lgan material resurslar hajmini birdaniga pul ko‘rinishida baholash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |