Mehnat zararlari ehtimollik va kutilmagan holatlarni yuzaga keltiruvchi ish vaqti zararini o‘zida aks ettiradi. Mehnat bo‘yicha zararlar kishi-soat, kishi-kun yoki ish vaqti soatlarida o‘lchanadi. Mehnat bo‘yicha zararlarni qiymat, pul ko‘rinishida aks ettirish ish soatlarini bir soatlik ish qiymatiga ko‘paytirish orqali amalga oshiriladi. Mehnat zararlari ehtimollik va kutilmagan holatlarni yuzaga keltiruvchi ish vaqti zararini o‘zida aks ettiradi. Mehnat bo‘yicha zararlar kishi-soat, kishi-kun yoki ish vaqti soatlarida o‘lchanadi. Mehnat bo‘yicha zararlarni qiymat, pul ko‘rinishida aks ettirish ish soatlarini bir soatlik ish qiymatiga ko‘paytirish orqali amalga oshiriladi. Moliyaviy zararlar - bu kutilmagan tarzda yuzaga keladigan to‘lovlar, jarimalar, qo‘shimcha soliqlarni to‘lash, pul va qimmatli qog‘ozlarning zarar bilan bog‘liq pul ko‘rinishidagi shaklidir. Ulardan tashqari, moliyaviy zararlar ko‘zlangan manbalardan pulni to‘liq yoki umuman undirib ololmaslik yohud xaridorlarning yetkazib berilgan, sotilgan mahsulotlar uchun pulni o‘z vaqtida to‘lay olmasligi natijasida mahsulot va xizmatlar bahosining pasayishi oqibatida foydaning kamayishi bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘ladi.
Pul ko‘rinishidagi zararlar asosiy turlarining yuzaga kelishi inflyatsiya, valyuta kursining o‘zgarishi, korxona mablag‘larini qo‘shimcha tarzda davlat byudjetiga undirib olish bilan bog‘liqdir.
Yakunlovchi qaytarib olish mumkin bo‘lmagan zarar vaqtinchalik moliyaviy zarar, schyotlarni muzlatish, mablag‘larni o‘z vaqtida yetkazib bermaslik, qarzlarni to‘lash muddatining uzaytirilishi oqibatida paydo bo‘ladi.
Vaqt bo‘yicha zararlar tadbirkorlik faoliyati jarayonining belgilanganidan ko‘ra sekin borishi natijasida yuzaga keladi. Bu kabi zararlar belgilangan natijani kechikib olgan soat, kun, hafta, oylarda baholanadi. Yo‘qotilgan vaqtning o‘lchovini qiymat ko‘rinishida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonidagi yo‘qotilgan vaqt oralig‘ida qanday foyda yoki daromad olinmagan bo‘lsa, ushbu foyda yoki daromad birligi bilan o‘lchanadi.
Zararlarning maxsus turi insonlar sog‘ligi va hayotiga, atrof-muhitga, tad- birkor obro‘siga yetkazilgan zarar, shuningdek, boshqa salbiy ijtimoiy va ma’naviy psixologik oqibatlar natijasida yuzaga keladi. Gohida barcha ma’lum tur zararlarni miqdoriy va qiymat ko‘rinishida umuman aks ettirib bo‘lmaydi. Darhaqiqat, har bir turdagi zararlarni ularning yuzaga kelish ehtimolligi va hajmini baholash, tad- birkorlik faoliyati amalga oshirilayotgan muddat, yil, oy va belgilangan muddatlarda amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Riskni baholashda ehtimoliy zararlarning kompleks tahlilini o‘tkazish uchun nafaqat risk manbaini belgilash, balki u qanday manbalardan ko‘proq paydo bo‘layotganligini ham yu- zaga chiqarish muhim rol o‘ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |