Kliring tizimi



Download 24,69 Kb.
bet1/2
Sana25.06.2022
Hajmi24,69 Kb.
#703592
  1   2
Bog'liq
Документ Microsoft Word


Kliring (ing. clearing, clear — tozalash, ravshanlashtirish) — mamlakatlar, kompaniyalar, korxonalar oʻrtasida bir-biriga yetkazib berilgan, sotilgan tovarlar, qimmatli qogʻozlar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun oʻzaro hisoblar yoʻli bilan toʻlovlar balansi shartlari asosida naqd pulsiz hisobkitoblar. Banklararo K. va xalqaro valyuta K.lari bor. Banklararo K. banklar oʻrtasida hisob-kitoblar oʻzaro pul talablarini hisobga olish yoʻli bilan bajariladi. Rivojlangan mamlakatlarning ichki hisob-kitoblarida chek va veksel K.lari qoʻllaniladi. Valyuta K. almashtiriladigan tovarlar roʻyxati, ularning narxi va yetkazib berish muddatlari belgilangan xalqaro toʻlov shartnomalari asosida amalga oshiriladi. Bunda valyuta faqat yetkazib berilgan tovarlar va koʻrsatilgan xizmatlar oʻrtasidagi farq miqdoridagina toʻlanadi yoki oʻsha tovardan yana qoʻshimcha yetkazib beriladi.
Kliring tizimi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 iyundagi “O'zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-1989-sonli qarori bilan Markaziy bankning “Chakana to'lovlarni real vaqt rejimida amalga oshirish kliring tizimini yaratish hamda xizmat ko'rsatuvchilarning billing tizimi bilan integrallash” loyihasi respublika “Elektron hukumat” tizimining axborot tizimlari tarkibiga kiritildi.
Mazkur qaror ijrosini bank tizimida samarali ta'minlash maqsadida Markaziy bankning 2013 yil 29 iyundagi 710-sonli Farmoyishi qabul qilingan bo'lib, Markaziy bank, tijorat banklari va YaUPM xodimlaridan iborat Ishchi guruhi tashkil etilgan va Kliring tizimini amalga oshirish bo'yicha Chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.
Mazkur Kliring tizimini yaratishning tarmoq grafigi ishlab chiqilib, O'zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini 2013-2020 yillarda rivojlantirish respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlandi va uning asosida Kliring tizimini amalga joriy qilish tarmoq grafigi ishlab chiqilib, O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o'rinbosari tomonidan tasdiqlandi.
Shuningdek, Kliring tizimini tatbiq qilish grafigi, Kliring tizimini O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi, DAK “O'zbekenergo”, AK “O'ztransgaz” va tijorat banklarining axborot tizimlari bilan birgalikda ishlashining Texnologik instruktsiyasi ishlab chiqildi hamda O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi, DAK “O'zbekenergo”, AK “O'ztransgaz” bilan tizimning ishini ta'minlash va undan samarali foydalanish bo'yicha Bosh Kelishuvlar tasdiqlandi.
Markaziy bankda doimiy ravishda xodimlarning axborot texnologiyalari sohasida malakasini oshirish masalasiga e'tibor qaratiladi. Jumladan, o'quv kurslarini o'tkazish reja va grafiklari ishlab chiqilib, tasdiqlangan:
- “MB xodimlarining axborot texnologiyalari sohasida 2014-2015 yillarda malakasini oshirish tematik kurslari Rejasi” 2014 yil 20 fevralda tasdiqlangan;
- To'lov tizimi va axborot texnologiyalari departamenti mutaxassislarini maxsus kurslarda 2013-2014 yillarda o'qitish Grafigi 2013 yil 12 iyulda tasdiqlangan;
- Doimiy o'quv kurslari “Bank tizimida axborot xavfsizligini ta'minlashning dolzarb muammolari va ularni bartaraf qilish usullari hamda axborot ob'ektlarini attestatsiyadan o'tkazishning ahamiyati” dasturi 2013 yil 12 iyulda tasdiqlangan.
O'zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari Davlat qo'mitasi tomonidan “Elektron hukumat” mavzusida tashkil qilingan dasturi bo'yicha 2014 yil yanvarь va mart oylarida o'quv kurslarida qatnashib, maxsus sertifikatlarga ega bo'lishdi.
Shuningdek, maxsus tuzilgan shartnoma bo'yicha 2013-2014 yillarda To'lov tizimi va axborot texnologiyalari departamenti mutaxassislarini maxsus sertifikatlar bilan ta'minlash uchun HTML, CSS, osnovi JavaScript i Windows Server 2008 – Server Administrator MCITP yo'nalishlari bo'yicha o'qitish rejasi tasdiqlangan bo'lib, amalga oshirilmoqda.
2015 yil 24 fevralda Markaziy bankda Markaziy bankning davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq operatsion va funksional jarayonlarini tizimli tahlil etish va maqbullashtirishni tashkil etish mavzusida seminar o‘tkazildi. Seminar “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish Markazi Davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari operatsion va funksional jarayonlarini maqbullashtirish bo‘limi boshlig‘i Ikromjon Nasrullayev hamda Markaziy bankning tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va mutaxassislari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
.

Download 24,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish