Kristal moddalar - atom yoki malekulalari tartib bilan kristal panjara tugunlar hosil qilib joylashgan bo’lib bunday qattiq modda(jism)lar sindirilganda bir tekislikda sath hosil qilib sinadi.
Kimyoviy xossalari
Asoslarning ko’pchiligi aktiv moddalar bo’lib noorganik moddalarning deyarli barchasi bilan reaksiyaga kirishadi.
Asoslar kislota va kislotali oksidlar bilan reaksiyaga kirishib tuz yoki tuz va suv hosil qiladi. NaOH + SO3 → NaHSO4 , 2NaOH + SO3 → Na2SO4 + H2O , 6NH4OH + P2O5 → 2(NH4)3PO4 + H2O
Ishqorlar amfoter oksidlar bilan qizdirilganda tuz hosil bo’ladi.
2KOH + ZnO → K2ZnO2 + H2O , Ba(OH)2 + Al2O3 → Ba(AlO2)2 + H2O , 6KOH + Al2O3 → 2K3AlO3 + 3H2O , 2RbOH + BeO → Rb2BeO2 + H2O
3)Ko’pchilik asoslar qizdirilganda oksid va suvga parchalanadi faqat ayrimlari (AgOH, Hg(OH)2 va hk.) metal suv va kislarodga parchalanadi. 2CuOH → Cu2O + H2O 2Hg(OH)2 → Hg↑ + 2H2O + O2↑ 4AgOH → 4Ag + 2H2O + O2↑ Sn(OH)4 →SnO2 + 2H2O 2Al(OH)3 → Al2O3 + 3H2O
4) Ishqor ayrim metlamaslar bilan ham ta’sirlashadi.
(LiOH, NaOH, CsOH …) 2KOH(sovuq) + Cl2 → KCl + KClO H2O 6NaOH (issiq) + 3Cl2 → 5NaCl + NaClO3 + H2O (Javel suvi). 6RbOH + 3S → 2Rb2S + Rb2SO3 6LiOH + 3Se → 2Li2Se + Li2SeO3 + 3H2O
KISLOTALAR
Kislotalar – metlalarga o’rnini beradigan vodorod va kislota qoldig’idan iborat bo’lgan murakkab moddalardir. H2SO4 – sulfat kislota, H2FeO4 – ferrat kislota, HC N – sianid kislota, HSCN – rodanid kislota.
Kislotalar ikkiga: kislarodli va kislarodsiz kislotalarga bo’linadi.
Kislarodli kislotalar: H3BO3 – borat kislota , H2B4O7 – tetra borat kislota, HAlO2 – metaalminat kislota, H3AlO3 – alyminat kislota, HPO3 – metafosfat kislota
Kislarodsiz kislotalar: HCL –xlorid kislota, NH3 – azid kislota, HF – ftorid kislota, HC N – sianid kislota, HSCN – rodanid kislota.
Kislotalar tarkibida vodorod saqlashiga ko’ra: Bir negizli kislotalar: HF, HBr, HNO3 , H3PO2(gipofosfat kislota) Ikki negizli kislotalar: H2SO4 , H2CO3 , H2FeO4 … Uch negizli kislotalar: H3AlO3 H3BO3 H3AsO4 To’rt negizli kislotalar: H4P2O7 H4MnO4 (ortomanganit kislota) Besh negizli kislotalar: H5IO6
Kislotalar 1979 – yildan I.Yu.P.A.K nomenkulaturasiga asosan nomlanadi. 1.Kislarodsiz kislotalar kislota hosil qilgan element nomiga “id” qo’shimchasi qo’shib o’qiladi: HCL –xlorid kislota, NH3 – azid kislota, HF – ftorid kislota. 2.Kislarodli kislotalar, kislota hosil qiluvchi elementlar oksidlanish darajasi(valentli)ga qarab nomlanadi.
Eng quyi oksidlanish darajasiga “gipo” qo’shimchasi qo’shiladi. HClO – gipoxlorid kislota, HIO – gipoyodid kislota
O’rta oksidlanish darajasi bo’lsa “it” qo’shimchasi qo’shiladi. HNO2 – nitrit kislota , HClO2 – xlorit kislota , H3PO3 – fosfit kislota.
Yuqori oksidlanish darajasida bo’lsa “at” qo’shimchasi qo’shiladi: HNO3 – nirat kislota, H2SeO4 – selenat kislota, H2SO4 – sulfat kislota
Bir element bir xil oksidlanish darajasida turli xil kislota hosil qilsa, vodorod atomi kamiga “meta” , vodorod atomi ko’piga “orto” qo’shimchasi qo’shiladi. HAlO2 – metaalminat kislota, HPO3 – metafosfat kislota H3PO4 – ortofosfat kislota
Kislota hosil qiluvchi elementning juda yuqori oksidlanish darajasi bo’lsa “ per “qo’shimchasi qo’shiladi: HClO4 - perxlorat kislota HIO4 – peryodat kislota , HMnO4 – permanganat kislota.
Ikki malekula ( kislarodli) bir xil kislotalarning birikishidan bir malekula suv chiqib ketishidan hosil bo’lgan kislotalarga “piro” yoki “di(bi)” qo’shimchasi qo’shiladi: H3PO4 + H3PO4 → H4P2O7 (pirofosfat kislota ) + H2O H2SO4 + H2SO4 → H2S2O7 (piro(di-)sulfat kislota ) + H2O H2SO3 + H2SO3 → H2S2O5 (di(bi-)sulfit yoki pirosulfit) + H2O
Do'stlaringiz bilan baham: |