Allatropiya: Bir element atomlaridan har xil oddiy moddalarning hosil bo’lishi allatropiya deyiladi. Hosil bo’lgan moddalar allatropik shakl ko’rinishlari deyiladi. Masalan: kislorod elementi 2 xil : O3 va O2 , uglerod elementi 4 xil: olmos(lonsdeylit), grafit, karbin, fullerin(sun’iy olingan), Fosfor elementi 3 xil: Oq fosfor, Qizil fosfor, Qora fosforni hosil qiladi.
Allatropiya sabablari:
Malekulada atomlar soni turlicha bo’lishi(O3 va O2 )
Turli kristal panjaralar hosil qilishi
Har xil rangda bo’lishi
Atom orbitallarining turlicha gibridlanishi
Malekulaning turli fazoviy shaklda bo’lishi
Allatropiya quyidagi elementlarda kuzatiladi: O2, S, P, Se, Te, C, Si, Sn, Fe, As, Co, Pb, Ni, Ge, Po
Allatropiya – vodorod, azot, ishqoriy, ishqoriy-yer, galogenlar va inert ( nodir) gazlarda uchramaydi.
Moddaning tarkibini tekshirish uchun amalga oshiriladigan jarayon analiz deyiladi.
Modda hosil qilish jarayoni sintez deyiladi.
Birikma qanday tarkibiy qisimlardan iborat ekanligini aniqlash sifat analizi deyiladi.
Birikma tarkibiy qismlari qanchadan iborat ekanligini aniqlash miqdor analizi deyiladi.
KIMYOVIY BELGILAR, FORMULALAR VA TENGLAMALAR
Shved kimyogari Berselius 1813 – yilda elementlarni lotincha nomlarining bosh harflari yoki bosh harfiga yana bir harfini qo’shib belgilashni taklif qildi. Masalan: vodorod elementining lotincha nomi Hydrogenium, shuning uchun uning kimyoviy belgisi H yoki simob elementining lotincha nomi “Hydragirum” uning bosh harfi vodorodniki bilan bir xil bo’lganligi uchun bosh harfiga yana bir harfini qo’shib belgilash qabul qilingan, ya’ni Hg, Sulfur - S, Carbonium - C, Cuprum - Cu, Aurum - Au, Argentum - Ag, Oxigenium – O, Al – Aluminium, Fe – Ferrum, Zn – Zincum. Modda tarkibini belgilar, indekslar (ba’zan, koeffitsientlar) yordamida ifodalanishi kimyoviy formula deyiladi. Formulada belgidan keyin qo’yilgan son indeks deyiladi. Indeks noldan boshqa barcha musbat butun sonlar bo’lishi mumkin. Birga teng bo’lsa, yozilmaydi. Indeks molekuladagi bir xil atomlar sonini bildiradi. Tenglamada (ayrim formulalarda) molekula oldiga qo’yilgan son koeffitsient deyiladi. Koeffitsient noldan boshqa barcha musbat butun sonlar bo’lishi mumkin. Birga teng bo’lsa, yozilmaydi. Koeffitsient bir xil atomlar yoki molekulalar sonini bildiradi.
Moddaning kimyoviy tarkibi qisqacha 3 xil formula bilan ifodalanadi. 1.Malekulyar formula: tabiatda qanday holatda uchrasa, huddi shunday holatda yoziladi. Masalan: C6H12O6 , C3H8 , H2SO4 2.Emferiuk formula: modda tarkibidagi indekslarning kichik butun sonlar nisbati kabi yoziladi.Masalan: CH2O, HO, CH3 3.Grafik (sturuktura): modda (malekula)ning shaklini, kimyoviy bog’larini va element atomlarning qanday holatda joylashganligini ifodalaydi. Masalan: H-O-O-H
Kimyoviy reaksiyani formulalar yordamida ifodalanishi kimyoviy tenglama deyiladi, formulaga qarab: sifat tarkibi, miqdor tarkibi va malekulalar sonini bilish mumkin.
5H3PO4 – fosfat kislotaning 5 ta malekulasi
|
Do'stlaringiz bilan baham: |