ATOM – MOLEKULYAR TALIMOT Atom tushunchasi va nazaryasini qadimgi yunon faylasuflari Levkip va Demokrit fanga kiritgan. Malekula tushunchasini esa fransuz olimi P. Gassendi fanga kiritgan. Atom – malekulyar talimotni esa 1741 – yilda rus olimi M.V.Lomonosov yaratgan.. Moddalar m alekulalardan, malekulalar atomlardan hosil bo’ldi deb o’rganuvchi ta’limot atom – malekulyar ta’limot deyiladi. Lomonosov atom – malekulyar ta’limotning asosiy qoidalarini o’zining “ Matematik kimyo elementlari ” nomli asarida bayon qildi.
Bu ta’limotning asosiy qoidalari quyidagilar:
Moddalar malekulalardan, malekulalar atomlardan tarkib topgan.
Atomlar ham malekulalar ham to’xtovsiz harakatda bo’ladi. Malekulalarning harakatlanish tezligi t0 bog’liq. Tempratura ko’tarilishi bilan malekulalarning harakatlanish tezligi ortadi.
Bir turdagi atomlar boshqa turdagi atomlardan massa va xossalari bilan farq qiladi.
Malekulalar o’rtasida tortilish va itarilish kuchlari mavjud. Bu kuchlar qattiq moddalarda eng ko’p, gazlarda esa eng kam namoyon bo’ladi. Suyuq moddalarda esa o’rtacha qiymatga ega bo’ladi.
Malekulalar orasida oraliq masofa bo’lib, uning o’lchamlari moddaning agregat holatiga va tempraturaga bog’liq. Gazlarning malekulalari orasida masofa eng katta bo’ladi. Shuning uchun ular oson siqiladi. Suyuqliklarda masofa yaqin, shuning uchun ularni siqish qiyin. Qattiq moddalar esa deyarli siqilmaydi.
Bir turdagi atomlar kimyoviy reaksiya paytida boshqa turdagi atomlarga aylanmaydi.
Fizik xodisalar paytida malekulalar saqlanib qoladi. Kimyoviy reaksiyada malekula o’zgarib, malekula tarkibiga kirgan atomlar o’zgarmay qoladi. Masalan:
NaOH + HCl → NaCl + H₂O Lomonosovdan 67 yil keyin kimyoga “atomastik” talimotni (ya’ni atomni) ingiliz olimi Jon Dalton tadbiq etdi. Dalton ta’limotining mag’zi Lomonosov talimotini takrorlaydi. Shu bilan birga u bu ta’limotni yanada rivojlantirdi. Chunki Dalton birinchi bo’lib o’sha vaqtda ma’lum bo’lgan elementlarning atom massalarini aniqlashga harakat qildi. Uning kamchiligi shunda ediki, Dalton oddiy moddalar mavjudligini inkor qildi. Bu esa Lomonosov ta’limotiga zid edi. Atom – malekulyar nazariya 1860 - yildagi kimyogarlar Karlsrue shahrida bo’lgan xalqaro syezdida malekula va atom tushunchalariga ta’rif berish bilan qaror topdi.