Familiyasi
|
Ismi
|
fakul’teti
|
Guruhi
|
Tug’ilgan sanasi
|
Abdullaev
|
Ilxom
|
matematika
|
103
|
05.06.85
|
Botirova
|
Klara
|
fizika
|
201
|
13.11.86
|
Daminov
|
Sodiqjon
|
fizika
|
402
|
24.09.84
|
Komilova
|
Gulchehra
|
Ximiya
|
302
|
16.03.85
|
Salimova
|
Gavharoy
|
Geografiya
|
105
|
09.08.86
|
Tursunov
|
Abdulboqi
|
matematika
|
401
|
07.07.84
|
17.1-rasm. MB ni jadval ko`rinishida ifodalash
18.3. Ma`lumotlar bazasining Delphi dagi modeli
Har bir jadval alohida faylda saqlanadi. Ammo, MB bilan jadvalni tenglashtirish o`rinli emas. CHunki, MB bir nechta jadvallardan iborat bo`lib, ularning har biri alohida fayllarda saqlanishi mumkin.
Ma`lumotlar bazasining taxallusi. Dasturga MB fayllarining joylashuvi haqidagi ma`lumotlarni berish masalasi MB taxallusidan foydalanib hal qilinadi. Taxallus (Alias) — bu MB ning to`la manzili va nomiga mos keluvchi qisqartma so`zdir. Masalan, C:\OUY\Oquv_Yurti fayliga Talaba taxallusini berish mumkin. MB bilan ishlaganda, faylning manzili va nomi o`rniga, uning taxallusidan foydalaniladi.
MB taxallusini BDE Administrator utiliti yordamida yaratilishi (qayd qilinishi) mumkin. SHu utilitning o`zi taxallus bilan bog’langan katalogni o`zgartirishga imkon beradi.
18.4. Ma`lumotlar bazasini yaratish
MB fayllari (jadvallari) dagi ma`lumotlar bilan ishlash uchun BDE kutubxonasi fayllar joylashgan katalog nomidan emas, balki uning taxallusidan foydalanadi. SHuning uchun, yangi MB ishlab chiqish uchun avvalo unga taxallus tayinlanadi. Shunday qilib, yangi MB yaratish jarayonini quyidagi uchta bosqichdan iborat deb qarash mumkin:
1. katalog yaratish;
2. taxallus tayinlash;
3. jadval yaratish.
Katalog yaratish. Yangi MB fayllari (jadvallari) uchun katalogni (papkani) odatdagi usullar bilan, masalan, Provodnik yordamida yaratish mumkin. Lokal MB fayllarini MB bilan ishlash dasturlari saqlanayotgan katalogning qism katalogida joylashtirish tavsiya etiladi.
Ushbu mavzu C diskning OUY katalogida saqlanayotgan Uquv_Yurti MB fayli uchun bayon qilinadi.
Taxallus tayinlash. MB taxallusini Delphi ning BDE Administrator utiliti yordamida yaratiladi. Uni Windows muhitidan Все программы→Borland Delphi7→BDE Administrator buyrug’i bilan ishga tushiriladi. Utilitning dialog oynasi 17.2-rasmda keltirilgan.
17.2-rasm. BDE Administrator dialog oynasi
Oynaning Databases punktida shu komp’yuterda qayd qilingan taxalluslar ro`yxati berilgan. Yangi tahallusni yaratish uchun Object→ New buyruqlari bilan New Database Alias (MB ning yangi taxallusi) oynasi ochiladi. Dastlab, Database Driver Name ro`yxatidan yaratilayotgan MB uchun drayver tanlanadi (17.3-rasm). Agar drayver ko`rsatilmagan bo`lsa, Paradox formatidagi jadvallar bir ishlashni ta`minlaydigan STANDARD (default driver) drayveri olinadi.
OK tugmasini chertish yangi taxalluslarni qayd etadi. Shundan keyin, yaratilgan yangi tahallusni tahrirlanadi, ya`ni uning nomi va u anglatib turgan MB faylining yo`li ko`rsatiladi.
17.3-rasm. New Database Alias dialog oynasi
Tahalluslarni Windows uchun oddiy usul bilan tahrirlash mumkin: tahallusning kontekst menyusidagi Rename (qayta nomlash) buyrug’i bilan ochiladigan dialog oynasida tahullusning yangi nomi kiritiladi.
MB fayllari manzizlini Definition punktidagi Path maydonida ko`rsatiladi.
17.5-rasmda Uquv_yurti MB fayli uchun Talaba tahallusi yaratilganidan keyingi BDE Administrator oynasi keltirilgan.
Yaratilgan tahallus konfiguratsiya faylida (Idapi.cfg) qayd qilinishi uchun Object → Apply (qo`llansin) buyrug’i tanlanadi. Ochilgan Confirm dialog oynasida kiritilgan o`zgartirishlarni konfiguratsiya faylida saqlab qo`yish yana bir marta tasdiqlanadi.
17.5-rasm. Tahallusni saqlash natijasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |