Default value maydonga to`g’ridan-to`g’ri yoziladigan qiymatni belgilaydi. Zarurat bo`lganda uni o`zgartirish mumkin.
Picture maydonga ma`lumotlarni maxsus shablon bilan kiritilishini nazorat qiladi. Bu shablon oddiy va maxsus belgilar ketma-ketligidan iborat bo`ladi. Maxsus belgi turgan maydonga faqat shu belgiga mos keladigan belgilarnigina kiritish mumkin. Masalan, shablon pozitsiyasida # belgisi turgan bo`lsa, bu belgiga mos pozitsiyaga faqat raqamni kiritish mumkin, boshqa belgilarni komp’yuter inkor qiladi. Masalan, Tel maydoni uchun ###-##-## shabloni tavsiya etiladi. SHablonlarda ihtiyoriy raqam va harflar uchun “*” , ihtiyoriy belgilar uchun “&" belgilaridan foydalaniladi.
Maydonlarga kiritilishi shart bo`lmagan ma`lumot shablonlari kvadrat qavslar ichida ko`rsatiladi. Masalan, [(###)]###-##-## shabloni telefon nomerlarini shahar kodi bilan ham, kodisiz ham kiritishga imkon beradi.
Strukturasi aniqlanganidan so`ng, jadvalni saqlab qo`yish uchun Save As tugmasi bosiladi. Natijada ekranda Save Table As dialog oynasi ochiladi. Shu oynadagi Alias ro`yxatidan MB tahallusini tanlanadi, Имя файла maydonida esa jadval faylining nomi ko`rsatiladi.
Agar Сохранить tugmasini bosishdan avval Display table bayroq-chasi o`rnatilgan bo`lsa, Сохранить tugmasi bosilganidan keyin Table dialog oynasi ochiladi va unga hozirgina yaratilgan jadvalga ma`lumotlarni kiritish mumkin bo`ladi.
Agar MB jadvali yopilgan bo`lsa, unga ma`lumot kiritib bo`lmaydi. Jadvalni ochish uchun File → Open→Table tugmalari chertiladi va ochilgan Open table dialog oynasining Alias ro`yxatidan kerakli MB va jadval tahullusi tanlanadi. Bunda MB faqat ko`rish rejimida ochilgan bo`ladi, ya`ni MB ni tahrirlash mumkin emas. Jadvalni tahrirlash rejimida ochish uchun Table→Edit Data tugmalaridan foydalaniladi.
Ma`lumotlar maydonlariga oddiy usulda, klaviatura yordamida kiritiladi. Navbatdagi maydonga o`tish uchun klavishasi bosiladi. Agar yozuvning oxirgi maydonida klavishasi bosilsa, jadvalga yangi yozuv qo`shiladi.
Agar jadvalni to`ldirish vaqtida biror maydondagi ma`lumotni tahrirlashga ehtiyoj paydo bo`lsa, bu maydon tanlab, tugmasi bosiladi.
Agar ma`lumotlarni jadvalga kiritishda kirill alifbesi harflari noto`g’ri ko`rsatilsa, ma`lumotlarni ekranga chiqarish shriftini almashtirishga to`g’ri keladi. Buning uchun Edit menyusidan Preferences→General→Change→Change Font tugmalari chertiladi va ochilag oynadan ruslashtirilgan shriftni tanlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |