Milliy hisoblar tizimi – iqtisodiy statistikaning asosiy uslubiy, asosi va markaziy bo’limi


Milliy hisoblar tizimidagi asosiy



Download 61,13 Kb.
bet5/9
Sana16.01.2022
Hajmi61,13 Kb.
#374954
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Stat 11-mavzu

11.2.Milliy hisoblar tizimidagi asosiy hisoblar va ularning ko’rsatkichlari
Xalqaro miqyosda qabul qilingan milliy hisoblar tizimi standartlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasida quyidagi asosiy hisoblar tizimi amalda qo’llanilmoqda:

  1. mahsulotlar va xizmatlar (yakuniy) hisobi.

  2. ishlab chiqarish hisobi. .

  3. daromadlarni vujudga keltirish hisobi

  4. daromadlarning taqsimoti hisobi.

IShLAB ChIQARISh HISOBI - ishlab chiqarish jarayoniga taalluqli operasiyalarni aks ettiradi.

Ishlab chiqarish bosqichlari xal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lganligi uchun ishlab chiqarish hisobi MHTda markaziy o’rinlarning birini egallaydi. U boshqa hisoblar kabi ikki qismdan iborat: mablag’lar (resurslar) va mablag’lardan (resurslardan) foydalanishga bo’linadi.

IShLAB ChIQARISh HISOBI.

Mablag’lar foydalanish

Mablag’lar

Ishlab chiqarish jarayonida istemol qylingan.shu jumladan: -Moddiy ne’matlar ishlab chiqarish tarmoqlarida -Nomoddiy xizmatlar tarmoqlarida Bozor bahosida yalpi ichki mahsulot

Yalpi mahsulot va xizmatlar, shu jumladan: -mahsulotlar va moddiy xizmatlar nomoddiy xizmatlar

Importdan olingan soliq.



Jami:

Jami:

Ishlab chiqarish hisobining mablag’lar qismi chiqarilgan yalpi mahsulot va xizmatlardan, mahsulotlardan olingan soliq va importdan olingan soliqlardan iborat. Yalpi ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlar ko’rsatkichi ma’lum davr mobaynida rezidentlar faoliyatining natijasi bo’lgan mahsulotlar va xizmatlar

qiymatidan iboratdir. Bu qiymatlar chiqarilgan mahsulotlar, bozor xizmatlari, banklarning shartdi hisoblangan mahsuloti va bozordan tashqari xizmatlar qiymatidan iborat. Ishlab chiqarish hisobining mablag’lardan foydalanish qismi bozor bahosidagi yalpi ichki mahsulotni ishlab chiqarish jarayonidagi iste’molini aks ettiradi va hisoblarni balanslaydi.



Ishlab chiqarish orasidagi iste’mol tarkibiga quyidagilar kiradi:

a) Mahsulotlar va moddiy xizmatlar;

) Korxonalar va tashkilotlarning manfaati uchun yoki ishchilar manfaati uchun amalga oshiriladigan harajatlar. Masalan, komandirovka harajatlari ishchilarga bir yo’la to’lanadigan boshqa to’lovlar, ish sharoitlarini ta’minlash uchun harajatlar (tibbiy muassasalar, kutubxonalar, dam olish xonalari, yuvinish xonalari, sport zallari kabilarga moddiy harajatlar;

s) Nomoddiy xizmatlar, masalan, ilmiy-tadqiqot, tajriba, konstruktorlik, loyiha va texnologik ishlarni moliyaviy ta’minlash harajatlari mahsulot ishlab chiqaruvchi va xizmat ko’rsatuvchilarning mulkini sug’urta qiluvchi sug’urta tashkilotlari xizmati qiymati, moliyaviy xizmatlar uchun to’lovlar, ishlab chiqaruvchi ishlarning ishga kelib ketishi uchun transport tashkil etgan xollarda transporg harajatlari, sog’likni saqlash tashkilotlari xizmati (dispanserlash vaksinalash) uchun to’lovlar va boshqalar.

Yalpi ichki mahsulot mamlakat hududidagi ishlab chiqaruvchi rezidentlar norezidentlarni ishlab chiqarish faoliyatini yakuniy natijasidan iboratdir. U mamlakat bo’yicha olingan ichki mahsulot va xizmatlar qiymati, mahsulot uchun soliqlar qiymati, import uchun soliqlar qiymati yig’indisidan ishlab chiqarish jarayonidagi iste’mol qiymati ayirib hisoblanadi.

Yalpi ichki mahsulot- qiymatidan iste’mol qilingan asosiy fondlar qiymatini ayirib sof ichki mahsulot qiymati aniqlanadi.

Jahonda yalpl ichki mahsulot (YaIM) ko’rsatkichi makroiqtisodiy

tahlilda eng ko’p qo’llaniladigan ko’rsatkichdir. Hozirgj vaqtda bu

ko’rsatkichdan barcha xalqaro tashkilotlar, shuningdek ko’pgina

mamlakatlar ham foydalanmoqdalar.

DAROMADLARNI VUJUDGA KELISh HISOBI - ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bog’liq bo’lgan holda taqsimot operasiyalarini o’zida aks ettiradi.

Daromadlarni vujudga kelish hisobi

Foydalanish

Resurslar

Ishchilarning ish haqi.

Bozor bahosida yalpi ichki mahsulot

Shu jumladan-rezidentlarning

Ishlab chiqarish uchun berilgan

norezidentlarning ishlab chiqarish solig’i

subsidiyalar

Import uchun soliq




Yalpi foyda (Yalpi aralash daromad)

Import uchun subsidiyalar.

Asosiy frndlar istemoli




Sof foyda (sof aralash daromad)




Jami

Jami

Hisobning resurs qismi bozor bahosidagi yalpi ichki mahsulot, qiymati va ishlab chiqarish hamda import uchua berilgan subsidiyalardan iborat bo’lsa, resurslardan foydalanish. yalpi ichky mahsulotning dastlabki taqsimoti, ya’ni ishchilarga ish haqi, ishlab chiqarish va import uchun soliq to’lashga, asosiy vositalarning eskirishiga (tasarrufi) va iqtisodiy foydaga bo’linishini aks ettiradi. Bu hisobga yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish hisobidan o’tkaziladi.

Subsidiyalar bu ichki joriy transfertlar bo’lib, davlatning mahsulot ishlab chiqaruvchi yoki mahsulotlar va bozor xizmatlarini import qiluvchi alohida xo’jalik birliklari - rezidentlarga berilgan mablag’lardir. Ular baholarga va daromadlarga ta’sir o’tkazish yo’li bilan davlataing muayyan iqtisodiy yoki ijtimoiy siyosataning amalga oshishiga sharoitni ta’minlaydilar.

Subsidiyalar ikki guruhga bo’linadi:

  • ishlab chiqarish uchun subsidiyalar;

  • import uchun subsidiyalar.

Ishlab chiqarish uchun subsidiyalarga ishlab chiqarilgan ichki bozorda sotiladigan yoki eksport qilingan mahsulotlar miqdori yoki qiymatiga mutanosib (proporsional) ravishda ishlab chiqarish birligi-rezidentlarga beriladigan subsidiyalar kiradi. Ularga davlat byudjetidan qishloq xo’jaligi mahsuloti, shunin^dek boshqa mahsulotlarning bahosi farqini qoplash uchun hamda ishlab chiqarilgan yoki sotilgan mahsulotlar va xizmatlarning miqdori yoki qiymati bilan bog’liq bo’lmagan harajatlar (zarar keltiruvchi jamoa xo’jaliklarining sug’urta^ to’lovlarini qoplash) ichki xo’jalik hisobidagi korxonalarga davlat yordami (dotasiya) uchun berilgan subsidiyalar kiradi.

Import uchun subsidiyalar import qilinadigan mahsulotlarga, ular mamlakatlarning iqtisodiy hududidagi erkin muomalaga kelib tushgunga qadar berilgan subsidiyalardan iboratdir.

Hisobning foydalanish qismining asosiya ko’rsatkichi mehnat haqidir.

Daromadlarni vujudga kelishi hisobida mehnat haqi mamlakat iqtisodiy hududidagi rezidentlar va norezidentlarni barcha ishchilarning mehvat haqini qamrab oladi. U o’zida quyidagilarni birlashtiradi:

jami ish haqi

korxonalar va tashkilotlarning ijtimoiy sug’urta (ijtimoiy straxovaniye) uchun
haqiqiy ajratmalari.

Jami uysh haqi mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha xo’jalik kategoriyalarya bo’yicha, ish haqiga muvofiq ajratmalar va daromad soliqlarini to’lashdan oldin ko’rsataladi. Jami ish haqiga ish haqi fondi (mehnat haqi fondi), ishchi va xizmatchilarni moddiy rag’batlantirish fondi, ish fondiga ta’luqli bo’lmagan mukofotlar, ish haqiga o’xshash boshqa daromadlar (mehnat shartaomasida ko’rsatilgan foydadan olinadigan ulushlar), kooperatav ishchilarning mehnat haqi, jamoa xo’jaliklarining mehnat haqi, harbiy xizmatchilarning ovqatlanishi va kiyim boshi qiymati va yollangan uy xizmatchilarining ish haqi va boshqa daromadlari kiradi.

Jami ish haqiga korxona va tashkilotlarning ishlab chiqarishni yaxshilash maqsadida amalga oshirgan komandirovka harajatlari, mahsus kiyim bosh qiymati, davolash va profilaktika nuqtai nazaridan berilgan mahsus oziq-ovqatlar qiymati yoki boshqa sarflar, ishchilarning malakasini oshirish va o’qitish uchun harajatlar kirmaydi, chunki bu harajatlar ishlab chiqarish jarayonidagi iste’mol xdrajatlariga taalluqlidir.

Korxonalar va tashkilotlarning ijtimoiy sug’urta uchun amaldagi ajrataalari ularni davlat ijtimoiy sug’urtasi va majburiy sug’urta badallaridan iboratdir. Bu to’lovlar, pensiyalar, nafaqalar, aholiga sanatoriya va kurortlarda xizmat ko’rsatish harajatlarini qoplash uchun mablag’larning manbai hisoblanadi. Bu to’lovlar korxonalar tomonidan sug’urta tashkilotlariga o’tkazilsada, ular ish haqining bir qismi sifatida qaraladi.

Shartli ravishda ijtamoiy sug’urta ajratmalar, ijtamoiy ta’minot bo’yicha nafaqa bo’lib, tashkilotlar va korxonalar o’z ishchilariga (sobiq ishchilariga yoki shu huquqga ega bo’lgan 'shaxslarga) bevosita to’lab boradilar. Bu to’lovlar korxona va tashkilotlarki ishlab chiqarishda halok bo’lgan ishchilarning oilalariga yordami, belgilangan pensiya va nafaqalardan tashqari mutaxasisligi bo’yicha orttirgan kasalligi yoki nogironligi uchun ortiqcha pul harajatlari kiradi.

Iqtisodiyotning yalli foydasi daromadlarni vujudga kelishi hisobining balanslanadigan bandlaridan iboratdir. U bozor bahosidagi yalpi ichki mahsulot qiymatidan mehnat haqini, shuningdek ishlab chiqarishga va importga taalluqli sof soliq qiymatani (ishlab chiqarishga va importga soliqdan ishlab chiqarish va import uchun berilgan subsidiyalar chegiriladi) chegirib aniqlanadi.

Yalpi foyda qiymatidan iste’' p qilingan asosiy fondlar qiymatini chegirilsa iqtisodiyotining sof foydasi hosil bo’ladi. Asosiy fondlarni iste’moli (yoki amortazasiya) mazkur davrda iste’mol qilingan asosiy fondlarning bir qismi bo’lib, me’yorida eskirish (normal) natijasi, shuningdek nazarda tutilgan ma’naviy eskirish qiymatidan iborat.



Jaxon tajribasida asosiy fondlarni iste’moli uchun ajratmalar barcha turdagi asosiy fondlar uchun ularni joriy qayta taklash qiymati va xizmat muddatiga muvofiq ravishda hisoblandi.

Qayta tiklash qiymatini aniqlashda asosiy fondlarni joriy qayta) baholash o’tkaziladi. Bunda ular bozor bahosidagi qiymatidan kelib chiqgan holda asosiy fondlar har yili qayta baholab turiladi. Buni| amalga oshirishni o’rganib borishimiz zarur. Hozircha amortizasiyani| markazlashgan ravishda har bir asosiy fond turi bo’yicha to’liq (balans) qiymatiga ko’ra amortizasiya normasiga binoan aniqlangan! eskirish qiymati va to’liq eskirmagan asosiy fondlarni qoldiq qiymati hisobdan chiqarilgan va tugatilgan asosiy fondlarni qoldiq, qiymatadan ularni tugatash natijasida olingan moddiy mablag’lar qiymatini chegirib hisoblanadi (bunda fondlarni tugatash bilan; bog’liq harajatlani hisobga olish lozim).

DAROMADLARNI TAQSIMLASh HISOBI - mamlakat^ iqtisodiyoti miqyosida boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalarni hisobga olgan holda daromadlarni taqsimlash va qayta taqsimlashni o’zida aks ettiradi.

Resurslar qismida ishlab chiqarish faoliyatidan olingan; daromadlar (iqtisodiyotning yalpy foydasi, ishchilarning mehnat haqi, ishlab chiqarishga va importga soliqlar) bilan bir qatorda boshqa daromadlar ham ko’rsatiladi. Bu daromadlarga qayta taqsimlash bilan bog’liq operasiyalar natijasidan olingan daromadlar kiradi. Ularni hisoblashda boshqa mamlakatlardan kelgan daromadlar ham nazarda tutaladi (Mulkdan olingan daromadlar, tadbirkorlik daromadlari, joriy transfertlar).

Resurslardan foydalanish qismida subsidiyalar, shuningdek
mulkdan daromaddan, tadbirkorlik daromadlaridan va joriy
transfertlardan boshqa davlatlarga o’tkazilgan daromadlar
ko’rsatiladi. Hisobning balanslanadigan ko’rsatgichi yalpi milliy
daromaddir.DAROMADLARNI TAQSIMLASh HISOBI

Foydalanish

Resurslar

Subsidiyalar: shu jumladan -ishlab chiqarishga -importga Mulkdan daromadlar va «tashqi dunyoga» berilgan tadbirkorlik daromadlari «Tashqi dunyo» ga berilgan joriy transfertlar Amaldagi yalpi milliy daromad

Iqtisodiyotning yalpi foydasi Ishchilarning mehnat haqi, shu jumladay Olingan -yollovchi rezidentlardan -Tashqi dunyodan soliqlar, shu jumladan -ishlab chiqarishga -importga Mulkdan daromadlar va «Tashqi dunyo»dan olingan tadbirkorlik daromadlari Tashqi dunyo dan olingan joriy transfertlar.

Jami:

Jami:



DAROMADLARDAN FOYDALANISh HISOBI - yalpi milliy daromadni yakuniy milliy iste’molga va yalpi milliy jamg’arishga taqsimlanishin ifodalaydi. Hisobning resurs qismida ""yalpi milliy daromad va uning foydalanish (sarf) qismida esa uy xo’jaligida, davlat muassasalari va uy xo’jaligiga xizmat ko’rsatuvchi jamoat tashkilotlarining yakuniy iste’moli va milliy jamg’arma o’z aksini topadi. Daromadlardan foydalanish hisobi o’zining iqtisodiy mazmuniga ko’ra xalq xo’jalik balansining milliy daromaddan iste’mol uchun foydalanish (iste’mol fondi) qismiga yaqindir. Faqat farq shundan iboratki, daromadlardan foydalanish hisobida yalpi ichki yoki milliy mahsulot ko’rsatgichidan foydalaniladi. Bu esa muayyan oqibatlarga sabab^o’ladi.

Hisobning resurs qismida birgina ko’rsatgich - yalpi milliy daromad ko’rsatgichi aks etadi. U daromadlarni taqsimlash hisobidan ko’chiriladi. Hisobning foydalanish qismida ikki ko’rsatgich - yakuniy milliy iste’mol va yalpi jamg’arma aks etadi.

Yakuniy milliy iste’mol deganda kishilarning ehtiyojlarini qondirish uchun foydalanilgan mahsulot va xizmatlarning qiymati nazarda tutaladi. U uy xo’jaligida, davlat muassasalarida xizmat ko’rsatuvchi jamoat tashkilotlaridagi yakuniy iste’molni qamrab oladi.

Uy xo’jaligidagi yakuniy iste’mol daromadlaridan foydalanish hisobida mamlakatning iqtisodiy hududida va chet mamlakatlardagi uy xo’jaligi - rezidentlardagi yakuniy iste’mol aks etadi. U uy xo’jaligini shaxsiy byudjetdan iste’mol tovarlarini va tovar shaklida bo’lmagan mahsulot va xizmatlarni olish uchun ketgan harajatlarni aks ettaradi. Uy xo’jalipgaing yakuniy iste’moli barcha turdagi savdo shaxobchalaridan qisqa va uzoq muddatli foydalanish uchun sotib olingan tovarlarni, bozordan xarid qilingan^ iste’molni qondirish/uchun olingan xizmatlar (uy haqi, kommunal xizmatlar, kir yuvishgsartaroshxona, r° chxona, prokat xizmati, uyni almashtirish uchun ma’lumot byurosi ^lzmati, shuningdek o’zining shaxsiy iste’moli uchun uy xo’jaligidagining ishlab chiqargan mahsulot va xizmatlar qiymati, mehnat haqi sifatida olingan. Natural mahsulotlar qiymati, bepul yoki arzon narxda ko’rsatilgan ijtimoiy madaniy xizmatlar qiymati, ya’ni mahsus tashkilot va muassasalarga tegishli xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlarn, masalan mahsus tashkilotlarga tegishli kasalxonalar, stadionlar, klublar dam olish uylari va shunga uxshashlarni xizmati) qiymatini o’zida aks etgaradi.

Davlat muassasalari va uy xo’jaligiga xizmat ko’rsatuvchi jamoat tashkilotlarining yakuniy iste’moli shu muassasa va tashkilotlar tomonidan alohida shaxslarga sog’liqni saqlash bo’yicha, ijtimoiy ta’minot, maorif, madaniy va sanoat sohalarida ko’rsatalgan bepul xizmatlar qiymati va umuman jamiyatga ilm-fan, mudofaa va umumiy boshqarish sohalari bo’yicha ko’rsatilgan bepul xizmatlar qiymatidan iborat. Bepul xizmatlarning qiymati, shu xizmatlarni amalga oshirish uchun muayyan korxona va tashkilotlarning joriy harajatlari majmuidan iborat.

Davlat muassasalarining joriy harajatlari tarkibiga harbiy texnika vositalari, uzoq muddat foydalaniladigan jixozlar kiradi. Harbiy xizmatchilarning kiyim boshlari, ularning ovqatlanish qiymatlari bu harajatlarga kirmaydi. Bular uy xo’jaligining yakuniy iste’molida aks ettiriladi. Shuningdek, harbiy obyektlarni qurish harajatlari (asosiy fondlarning yalpi jamg’arishiga ta’luqli), davlat zahiralarini tashkil etash uchun sotab olingan mahsulotlar qi&mati (moddiy oborot mablag’lari zahiralari qiymatining o’zgarishiga ta’luqli) bu harajatlar tarkibiga kirmaydi.

Yalpi milliy jamg’arish daromadlaridan foydalanish hisobining balanslovchi bandi hisoblanadi.

Uning qiymati yalpi milliy daromad qiymati bilan yakuniy milliy iste’mol qiymati orasidagi farq sifatida aniqlanadi. Yalpi milliy jamg’arma qiymatidan asosiy fondlar iste’moli qiymatini ayirib sof milliy jamg’arma qiymati aniqlanadi.



KAPITAL HARAJATLAR HISOBI - asosiy va aborot fondlarning amaldagi jamg’arilish jarayonini, nomoddiy va moliyaviy aktivlarni, ularnning moliyaviy manbalarini ifodalash uchun xizmat qiladi. U iqtisodiy mazmuniga ko’ra xalq xo’jaligi balansining milliy daromaddan jamg’arish uchun foydalanish qismiga uxshashdir.
"Yalpi milliy jamg’arish" ko’rsatkichi kapital harajatlar hisobining resurslari qismiga daromadlardan foydalanish hisobidan ko’chiriladi

Bundan tashqari hisobning resurslari qismida "boshqa davlatlardan olingan transfertlar" degan ko’rsataich bo’lib, u sovet [iqtisodiy va statistik amaliyotida bo’lgan "kapital qo’yilmalar" 'ko’rsatkichiga umuman mos keladi. Asosiy fondlarning yalpi jamg’arilish ko’rsatkichi o’zining mazmuniga ko’ra sovet !statistikasidagi asosiy fondlar qiymatining o’sishi ko’rsataichidan kam farqlanadi. Kapital harajatlar hisobining foydalanish (qismidagi ko’rsatkich "sof kreditlar" (+) yoki sof qarzlar (-) hisobining balanslovchi qismidir. Ular bir tomopdan yalpi milliy jamg’arish bilan asosiy fondlarning jamg’arilishi va yerni, nomoddiy aktivlarni sotab olish orasidagi farq va ikkinchi tomosdan "tashqi dunyo" dan kapital transfertlar qoldig’ining yig’indisi sifatida aniqlanadi. Xalq xo’jaligi miqyosida sof kreditlar (+) va sof qarzlar (-) resurslarning sof miqdorini aks ettiradiki, bu degan so’z davlat "tashqi dunyo" ga bermoqdami yoki "tashqi dunyo" mazkur davlatga berayotganini ko’rsatadi.

MOLIYaVIY HISOB - ichki iqtisodiy hisoblar tazimida o’ziga xos o’rin egallaydi. U mamlakatdagi moliyaviy aktav va passivlarning o’zgarishini iqtisodiyotning moliyaviy holatini, kapitalning harajatani aks ettiradi. Ko’pgina mamlakatlarda moliyaviy hisobni tuzish statistik tashkilotlarga emas, balki moliya vazirligiga yoki markaziy bankka topshiriladi

MAHSULOTLAR VA XIZMATLAR HISOBI - ichki iqtisodiy hisoblar tazimining oxirgisi mahsulotlar va xizmatlar hisobi bo’lib, hisoblar tazimining umumlashtiruvchi hisobidir.U iqtisodiyot bo’yicha mahsulotlar va xizmatlarning umumiy resursini va bu resurslardan foydalanishning asosiy yo’nalishlarini aks ettiradi.

Hisobning resurslar qismida mahsulot va xizmatlarning umumiy hajmi, mahsulotlarga solingan soliqlar, tbvarlar va xizmatlar importi, importga sof soliqlar aks ettiriladi. , Foydalanish qismi esa, oraliq iste’moliving asosiy fondlari yalpi jamg’arilishini, moddiy oborot vositalar zahirasi qoldig’ining o’zgarishi va tovarlar va xizmatlar eksportini aks etgaradi. Bu hisob ma’lum ma’noda balanslashsada, qoldiqka, ya’ni balanslovchi pozisiyaga ega emas. Mazkur hisobshgag barcha ko’rsatgichlari hisoblar tazimining boshqa hisoblardan ko’chiriladi.

Resurslar qismining ko’rsatkichlari: mahsulotlar va xizmatlarning yalpi ishlab chiqarish hajmi, mahsulotlarga soliqlar, importga sof soliqlar bu hisobga ishlab chiqarish hisobidan ko’chiriladi. Mahsulotlar va xizmatlar importi esa bu hisobga tashqi iqtisodiy aloqalarning joriy operasiyalari hisobidan ko’chiryladi.

Hisobning foydalanish qismida oraliq ishlab chiqarish hisobidan ko’chiriladi, oxirgi iste’mol ko’rsatkichi daromadlardan foydalanish hisobidan ko’chiriladi, asosiy fondlarving yalpi jamg’arilishi kapital harajatlar hisobidan ko’chiriladi, moddiy oborot vositalari zahirasi qoldig’ining o’zgarishi ko’rsatkichi kapital harajatlar hisobidan ko’chiriladi. Mahsuyaotlar va xizmatlar eksporti ko’rsatkichi esa bu hisobga tashqi iqtisodiy aloqalar joriy operasiyalarni hisobidan ko’chiriladi.

MAHSULOTLAR VA XIZMATLAR HISOBI

Foydalanish

Resurslar

Oraliq ishlab chiqarish istemoli Yakuniy istemol Asosiy fondlarning yalpi jamg’arilishi Moddiy oborot vositalari zahirasi qoldig’ining o’zgarishi Mahsulotlar va xizmatlar eksporti

Mahsulotlar va xizmatlarning yalpi ishlab chikarish hajmi Mahsulotlarga soliqlar Mahsulotlar va xizmatlar importi Importga sof soliqlar

Jami

Jami

TAShQI DUNYo HISOBI- milliy hisoblar tizimining bir qismi. "Tashqi dunyo" bir davlat iqtisodiyotaning chet davlatlar iqtisodiyoti bilan aloqalarni aks etgiradi.

Tashqi iqtisodiy aloqalar uchta hisobda aks ettiriladi:


Download 61,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish