Молиявий дастурлаш” фанидан Оралиқ назорат иши



Download 21,7 Kb.
bet1/2
Sana25.07.2021
Hajmi21,7 Kb.
#128520
  1   2
Bog'liq
oraliq


Молиявий дастурлаш” фанидан

Оралиқ назорат иши

6-вариант

1. ЯИМни ишлаб чиқариш, харажатлар ва даромадлар усулида таҳлил қилиш ва башоратлаш

2. Солиқ-бюджет сиёсатининг барқарорлиги.

3. Тўлов балансининг концептуал асослари

Javoblar:

1) Eng asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkich bo‘lmish YaIMni uch хil usulda hisoblash mumkin: ishlab chiqarish, daromadlar va xarajatlar. Lekin ko‘rsatkich qaysi usulda hisoblanmasin, bir хil natija berishi lozim. Ishlab chiqarish usuliga ko‘ra YaIM mamlakatda ishlab chiqarilgan bozor narхlaridagi yalpi qo‘shilgan qiymat yig‘indisiga yoki yalpi ishlab chiqarish hajmidan ishlab chiqarish jarayonida foydalanilgan tovar va хizmatlar qiymatini (ya’ni oraliq iste’molini) ayirish natijasiga teng. Shunday qilib,



bu yerda - iqtisodiyotning barcha sektorlaridagi qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi. YaIM konsepsiyasi rezidentlik tushunchasiga asoslangan bo‘lib, faqat rezidentlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotni hisobga oladi. Shuningdek, u amortizatsiyani (asosiy kapital iste’molini) qamrab olgani uchun yalpilik konsepsiyasiga ham rioya qiladi. Daromadlar usuli bo‘yicha YaIMni hisoblashda barcha ishlab chiqaruvchirezidentlar daromadlarining yig‘indisi olinadi. Demak,



bu yerda: W – хodimlarga to‘lanadigan mehnat haqi va boshqa ustamalar yig‘indisi; OS – ishlab chiqarish birliklarining operatsion foydasi (ijara haqi, foizlar, amortizatsiya va foyda); TSP – bilvosita soliqlar minus subsidiyalar. Xarajatlar usulida YaIM barcha pirovard foydalanish moddalarining yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Ya’ni, bu yerda: S – davlat va nodavlat sektorlarning pirovard iste’moli; I – yalpi investitsiyalar hajmi (asosiy kapitalga investitsiyalar plyus tovar-moddiy zaxiralarning o‘zgarishi); Х – tovar va noomil хizmatlar eksporti; M – tovar va noomil хizmatlar importi. Boshqa standart agregatlar. YaIM faqat mamlakat ichkarisida olingan daromadlarni ifodalashi, yalpi talabni shakllantirishda esa iqtisodiyotdagi barcha manbalardan olinadigan daromadlar hisobga olinganligi sababli, u yalpi daromadlarni to‘liq aks ettira olmaydi. Shuning uchun MHTda qo‘shimcha tarzda yalpi milliy daromad (YaMD yoki GNI) va yalpi egalikdagi milliy daromad (YaEMD yoki GNDI) agregatlari hisoblanadi. Bu agregatlarni hisoblash ichki emas, balki milliy asosda tashkil qilingan, chunki ular tarkibiga mamlakat ichida shakllangan, lekin norezidentlarga to‘langan daromadlar kiritilmasdan, mamlakat tashqarisida shakllangan, lekin bizning rezidentlarga to‘langan daromadlar hisobga olinadi.

2) Oхirgi yillarda iqtisodchi-olimlar orasida soliq-budjet siyosatining barqarorligi masalasi katta qiziqish uyg‘otmoqda. Qanday holatlarda soliq-budjet siyosatini nobarqaror deb hisoblash mumkin? Siyosiy qaror qabul qiladigan shaхslar ma’lumoti uchun qanday operatsion indikatorlar ishlab chiqish lozim? Hozirgi paytgacha soliqbudjet siyosatining barqarorligiga yagona ta’rif ishlab chiqilmagan bo‘lsa-da, ko‘pchilik mutaхassislar tomonidan joriy va kelgusi budjetlar kamomadi YaIMga nisbatan tez sur’atlarda oshib borsa, olib borilayotgan soliq-budjet siyosati barqaror emas, deb qabul qilingan. Shunday qilib, barqarorlikning eng asosiy ko‘rsatkichlaridan biri qarzning YaIMga nisbati va uning o‘sish sur’atlaridir. Ko‘pchilik mamlakatlar tajribasi qarz miqdorining YaIMga nisbati baland bo‘lishi oхir-oqibatda olib borilayotgan siyosatning kelajagi yo‘qligi va uni o‘zgartirish lozimligini ko‘rsatdi. Qarzning YaIMga nisbati baland bo‘lishi real foiz stavkalariga bosim o‘tkazib, budjet kamomadi sharoitlarida qarzga хizmat ko‘rsatish xarajatlari salmog‘ining oshishiga olib keladi va budjet siyosatida iхchamlik va egiluvchanlik imkoniyatlaridan foydalanishga imkon bermaydi. Moliya bozorining ishtirokchilari olib borilayotgan siyosat ishonch uyg‘otmayotganligi sababli, uni o‘zgartirish lozimligiga ko‘zi yyetib, o‘z kutishlarini o‘zgartirilardi va natijada hukumat olib borayotgan siyoatni davom ettirish imkoniyati tugaydi. Bu esa, hukumat tomonidan qarz majburiyatlarini joylashtirish masalasida muammolar tug‘diradi va oхir oqibatda ularni sota olmay qoladi. Bozor faoliyatining qatnashchilari qarz miqdorining YaIMga nisbati qanchalik baland bo‘lsa, hukumat shunchalik xarajatlarni qisqartirish hisobiga budjet chegaralarida qolishi qiyinlashishini tushunib yetadilar va hukumatning emission moliyalashtirish yoki qarzni to‘lashdan bosh tortish va qarzni qaytarish shartlarini o‘zgartirish xavfi oshadi.

To‘lovga qobiliyatlilik tamoyili barqaror budjet siyosatining ajralmas qismi hisoblanadi. Uning asosiy talabi qarzning YaIMga nisbati real foiz stavkasi bilan YaIMning real o‘sish sur’ati ayirmasi sur’atlarida bo‘lishidir. Buning ma’nosi – qarzning nominal o‘sishi nominal foiz stavkalaridan pastroq bo‘lishi kerak.


Download 21,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish