Milliy hisoblar tizimi – iqtisodiy statistikaning asosiy uslubiy, asosi va markaziy bo’limi



Download 61,13 Kb.
bet2/9
Sana16.01.2022
Hajmi61,13 Kb.
#374954
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Stat 11-mavzu

11.1. Milliy hisoblar tizimining kelib chiqishi va rivojlanishi

Milliy hisoblar tizimi - milliy hisob turi bo’lib, makromiqyosda bir-biri bilan uzviy bog’langan statistik ko’rsatkichlar tizimi sifatida yakunlandi. Ular tuzilishiga ko’ra muayyan hisoblarni o’zida birlashtirgan balans jadvallari bo’lib, mamlakat iqtisodiy faoliyati natijalarini, iqtisodiyotning tarkibini va undagi bog’liqliklarni ifodalydi. Milliy hisoblar tizimi keng ma’nodagi statistik makromodel bo’lib, muayyan jadvallarda ijtimoiiy takror ishlab chiqarish jarayoni bosqichlarini o’zaro bog’liq holda rakamlarda ta’riflaydi.

Milliy hisoblar tizimi nazariy jihatdan iqtisodiy faoliyat, ishlab chiqarish omillari, mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarish sohasida iqtisodiy mustaqil xo’jalik subyektlarining o’zaro aloqadorligiga asoslanadi. Milliy hisoblar tazimini tuzishdan maqsad makromiqyosda moddiy ne’matlar va xizmatlar ishlab chiqarish jarayoni natijalarini, daromadlarni tarkib topishi, taqsimlanishi va ulardan foydalanish jarayonini.tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bogliq holda miqdoriy ta’riflash tavsiflashdan iborat.



Jaxon iqtisodiy statistikasi ancha vaqtdan beri milliy boylik, milliy daromad, ishsizlik, ishlab chiqarish samaradorligi kabi mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish darajasini ifodalovchi umumlashtiruvchi ko’rsatkichlarni hisoblab kelmoqda. Lekin bu hisoblashlar ko’pincha o’zaro bir-biri bilan bog’lanmaganligi uchun mamlakat iqtisodining holatini, yakuniy natijasini aniqlash imkonini bermas edi.

Bunday holat ikkinchi jaxon urishigacha garb iqtisod ilmida kapitalistik xo’jalik yuritash tiznmini ideallashtirishga harakat qilgan turli nazariyalarning xukumronligi bilan bog’liq edi. Xususan kapitalizm erkin konkurensiyaga asoslangan bo’lib, bozor konyukturasi orqali o’zini boshqarishga va takomillashtirishga qodir degan nazariya xukumronlik qilardi. Ko’pgina iqtisodchilar xokimiyatning iqtisodiy hayotga faol ta’sir etishini inkor qilardilar. Lekin jaxondagi iqtisodiy rivojlanish jarayoni bunday nazariyani asossiz ekanligini isbotladi.



Ayniqsa 1929-1933 yillaridagi «Buyuk inqiroz» deb atalgan
rivojlangan kapitalistik mamlakatlardagi iqtisodiy

rivojlanishning inqirozi (krizisi), shuningdek ikkinchi jaxon urishigacha davom etgan «Buyuk depsinish» deb atalgan iqtisodiy turg’unlik davri bu nazariyaga jiddiy zarba bo’ldi. Ishlab chiqarishning keskin kamayishi, ishsizlikning ortishi kapitalistik iqtisodiyotning ideal xarakteri haqidagi nazariyani yo’qqa chiqardi. Natajada milliy iqtisodiyotni rivojlantirishni rag’batlantirish maqsadida davlat boshqaruvining arala- vi zaruratga aylandi. Ammo bu aralashuv muayyan ma’lumotlar manbaisiz kutilgan natijani bermas edi.

Bu vaziyat jaxon statistikasida yakuniy balans ishlarini tez sur’atlar bilan rivojlanishiga zamin yaratdi. Chet el statistikasida birinchi marta V.Leontyev AQSh bo’yicha 1929-1932 yillar ma’lumotlari asosida tarmoqlararo ishlab chiqarish munosabatlarini va o’zaro aloqadorligini ifodalovchi balansni tuzdi. Ikkinchi jaxon urushi boshlariga kelib barcha rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda milliy daromadni hisoblashdan milliy xi/-soblar tizimiga o’tish muntazam amalga oshirila boshlandi.

«Milliy hisoblar» atamasining muallifi Gollandiyalik iqtisodchi Edvard Van Kliff bo’lib, u 1941 yilda Gollandiya bo’yicha 1938 yilgi ma’lumotlar asosida milliy hisoblar tizimini e’lon qildi. Umuman Stoun, Derkson, Froman, Gryuzon, Leontyev, Djilberg kabi iqtisodchilar milliy hisoblar tizimiga asos soldilar. Ikkinchi jaxon urushidan sung milliy hisoblarni tuzish ishlari avj olib

ketdi.

BMT, YeIX, XVF kabi xalqaro tashkilotlarning statistik bo’limlari xalqaro miqyosda taqqoslash ishlarini amalga oshirishda milliy hisoblar tizimiga katta qiziqish bilan qaray boshladilar.

1951 yilda YeIX davlatlarining Parij konferensiyasida YeIX davlatlari uchun V.Stoun rahbarligida bir guruh iqtisodchilar tomonidan ishlab chiqarilgan milliy hisoblar loyihasini qabul qildi.

1952 yilda BMTning statistik byurosi topshirigiga binoan ekspert-statistlar guruhi AQSh va Angliya davlatlarida tuzilgan milliy hisoblar asosida «Milliy hisoblar» tizimi va unga muvofiq jadvallar tuzishga doir uslubiy tadqiqotlar ma’ruzasini tayyorladi. 1953 yilda dastlabki milliy hisoblar tizimi qabul
qilingandan keyin BMTning statistik tashkilotlari milliy hisoblar tizimini rivojlantirish va takomillashtirish bo’yicha nazariy va uslubiy* ishlarni davom ettirdilar va bu ish 1969 yilda yakunlandi. BMT yangi milliy hisoblar tizimi standartini qabulqildi va matbuotda e’lon qildi. Bu tizim 1993 yilgacha amalda bo’ldi.

1988 yilda BMTning statistika agentligi rahbarligida P.Xill boshliq statistlar guruhi oxirgi yillardagi iqtisodiy tadqiqotlarni hisobga olgan holda milliy hisoblar tizimining yangi variantini ishlab chiqdi.

1993 yil fevral oyida BMT statistika komissiyasining Nyu-Yorkdagi sessiyasida milliy hisoblar tizimining yangi standarti qabul qilindi. Qabul qilingan yangi standart ijtimoiy ishlab chiqarish jarayoni bosqichlarini o’zaro bog’liq holda ifodalovchi ko’rsatkichlar tizimidan iboratdir.

Milliy hisobchilikda iqtisodiy faoliyat natijalari pulda: o’lchanadi, natural ko’rsatkichlar umuman qo’llanilmaydi. Milliy hisoblar tizimini tuzishdan iqtisodiy nazariya tushunchalari asos bo’lib xizmat qiladi.

Iqtisodiy faoliyat tushunchasi ishlab chiqarishga ta’sir etuvchi omillar nazariyasiga asoslanadi. Umumiy qabul qilingan nazariya bo’yicha omillar sifatida ishchi kuchi, yer, kapital va tadbirkorlar faoliyati qabul qilingan. Bu omillar milliy mahsulotni va mill^y daromadning vujudga kelishida qatnashadilar va shuning uchun ularning har biri manfaatdor bo’lishiga (mehnat qilganlar ish haqi olishga, yer egalari renta olishga, kapital egalari foiz, foyda olishga, tadbirkorlar esa foyda, foiz, devident olishga) xaqlidirlar.



Milliy hisoblar tizimi buxgalteriya hisobi tamoyillarini qo’llashga asoslanadi. Jadvallar buxgalteriya hisoblari ko’rinishida tuzilgan bo’lib, ikki qismdan — resurlar va ulardan foydalanishni o’zida aks ettiradi. Bunda ikki tomonlama yozuv tamoyili qo’llanilib, hisoblarning ko’rsatkichlari ikki marta, bir marta bir hisobning resurslar qismida va ikkinchi hisobning foydalanish qismida va ikkinchi marta, shuniig aksicha qayt etiladi. Hisoblarning oxirgi bandi balans usulida aks etgarilib, resurslarning jami bilav ulardan foydalanish miqdorining farqi sifatida ko’rsatiladi. Sungra navbatdagi hisoblarning resurslar qismining holati aks ettiriladi.

Takror ishlab chiqarish jarrayonining har bir bosqichiga bir yoki bir necha hisoblar ta’luqli bo’ladi. Ma’lumki jamiyat iqtisodiy faoliyat jarayonida moddiy ne’matlar va xizmatlar ishlab chiqaradi, ularni o’z a’zolari orasida taqsimlaydi, bu ne’matlarni iste’mol qiladi yoki jamg’aradi. Agar bu jarayonni aniq bir mamlakat yoki mintaqa chegarasida olib qaralsa, jamiyat yaratgan ne’matlarshgag bir qismini chegaradan chiqaradi yoki tashqaridan mahsulot va xizmatlar oladi.



Shunday qilib, bu jarayonda iqtisodiy vazifalarning aniq jabxalari, yo’nalishlari ajralib qoladi, ishlab chiqarish, iste’mol, jamg’arish, daromadlarni taqsimlash va qayta taqsimlash. va ularni «tashqi dunyo» bilan aloqasi ijtimotiy iqtisodiy ishlab chiqarish jarayonining bosqichlarida, xo’jalik birliklari iqtisodiy operasiyalarni amalga oshirish orqali uzluksiz aloqada bo’ladilar. Bu aloqalar oldi-sotdi, moddiy ne’matlarni moliyaviy hujjatlarni almashish bir xo’jalik birligidan boshqa xo’jalik birligiga mulkchilik huquqini o’tkazish va boshqa operasiyalardan iborat I bo’ladi. Binobarin bu operasiyalar tovar xo’jaligi qonuniyatlariga muvofiq bo’lib, mahsulotlar va xizmatlar oqimiga ularning moliyaviy ekvivalenti bo’lgan daromadlar javob tariqasida keladi. Shunday qilib hisoblar tizimi ishlab chiqarishning hamma bosqichlarida vujudga keltirilayotgan yangi qiymat harakatini nazorat qilish, uning umumiy miqdorini aniqlash, taqsimoti va iste’molini statistik ko’rsatkichlar tizimida raqamlarda ta’riflaydi.

O’zbekiston Respublikasi hozirgi kunda dunyodagi 106 ta davlat! bilan diplomatik munosabatlarni o’rnatdi. O’zbekistonda 43 ta elchixona 17 ta vakolatxonalar faoliyat ko’rsatmoqda. Mamlakatimiz, mustakillikka erishgandan sung jaxondagi mashxur iqtisodiy^ hamjamiyatlardan bo’lgan BMT, XVF, XMT, Rekrnstruksiya va| rivojlanish Yevrona banki kabi xalqaro va davlatlararo jamiyatlraga; qabul qilindi.

Mamlakatamiz hayotada bo’layotgan tub o’zgarishlar, bozor munosabatlarining tarkib topishi va shakllana borishi hisobot va statistikada ham tub o’zgarishlarni amalga oshirishni taqozo etadi.

Bozor iqtisodiyotiga o’tgan mamlakatlarning tajribasi shuni ko’rsatadiki BMT tavsiya etgan milliy hisoblar tizimi mamlakatlarning iqtisodiy holatai barcha sohalar bo’yicha to’liq tasvirlash imkonini beradi. Milliy hisoblar tizimini tuzishda respublikamizda ma’lum darajada nazariy va amaliy tajriba ortirilmoqda.

Ch O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 24 avgust !E94 yilda «O’zbekiston Respublikasining xalqaro amalyyotda qabul qilingan hisobga olish va statistika tazimiga o’tashning Davlat dasturi to’g’rnsida»gi 433 sonli qarori qabul qilindy. Dasturda hisobga olish va statistikaning barcha sohalarini milliy hisoblar tizimi talablariga muvofiqlashtirishni bosqichma-bosqich amalga oshirish chora tadbirlari aks etirilgan.

MHT Respublika statistikasi uchun yangicha bir model bo’lib, qator tushunchalarni o’zida mujasamlashtiradi. Ba’zi tushunchalar xalq xo’jaligi balansida foydalanilgan tushunchalarga o’xshasada, lekin ularning mazmuni boshqacharoqdir. Ularning eng muximlarini ko’rib chiqamiz.

MHTda ichki va milliy iqtisodiyotning kategoriyalaridan


foydalaniladi va shularga muvofiq ko’rsatgichlar tizimi
hisoblanadi: masalan, ichki iqtisodiyot uchun yalpi ichki mahsulot va
milliy mahsulot.

Bu kategoriyalarni o’zaro farqlash uchun quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:


Download 61,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish