a) kompensasiya (almashish) asosidagi operasiyalar bunda xizmatlar, ne’matlar va pul oqimiga javob tariqasidagi xizmat va pul oqimi to’g’ri keladi. Bu operasiyalarga iqtisodiy operasiyalarning katta qismi ta’luqli bo’ladi;
b) transfertlar - bu operasiyalarda^xizmatlar, ne’matlar va pullar oqimiga javoban xizmat va pul oqimi kirmaydi. Transfertlar joriy (joriy harajatlarni moliyaviy taminlash belgilangan) va kapital (kapital qo’yilmalarni moliyaviy taminlash uchun) operasiyalarga bo’linadi. Joriy transfertlarga bevosita soliqlar, jarimalar, har-xil go’lovlar, vznoslar, sovgalar ,ijtimoiy sug’urta bo’yicha vznoslar va boshqalar kiradi. Kapital transfertlarga tabiiy ofatlar natijasida ko’rilgap zararlarni, boshqa mamlakatlarga iqtisodiy yordam tarzida qaytarib olmaslik sharti bilan amalga oshirilgan kapital qurilishlarii soplash uchui qilingan harajatlar kiradi.
Transfertlar, shuningdek bir tomonlama (shartnomasiz). va ikki tomonlama (shartnomali) turlarga bo’linadi. SSartnomali transfertlarga mulklardan olinadigan daromadlar (renta, foizlar, devidentlar)ni misol qilvb olish mumkin.
Iqtisodiy operasiyalar obyektlarni xususiyatlariga ko’ra joriy va kapital operasiyalarga bo’linadi. Milliy boylikni o’zgartirish bilan bog’liq bo’lgan operasiyalar kapital operasiyalar deyiladi. Xizmat va noz ne’matlarni istemol qilish bilan bog’liq operasiyalar joriy operasiyalar deyiladi.
Shuni alohida qayd etish lozimki, operasiyalar haqiqiy (bozor bahosida hisoblangan) va shartli hisoblangan (ma’lum^ baholar asosida) operasiyalarga bo’linadi. Haqiqiy operasiyalarga tovarlar va xizmatlarni sotish bilan bog’liq operasiyalar, taqsimot bilan bog’liq operasiyalar kiradi.
Shartli hisoblangan operasiyalarga quyidagi operasiyalar ta’luqli bo’ladi: ishchi, xizmatchilarga natural to’lovlar, o’zi ishlab chiqargan mahsulotni istemol qilish, zarar ko’ruvchi moliyaviy tashkilotlarni xizmatlari, uy-joyning shartli rentasi.
Subsidiyalar- bu har-xil kategoriyadagi ishlab chiqaruvchilar uchun davlat boshqaruvi tomonidan qaytarib olmaslik sharti bilan berilgan ssudalardir. Bular tovarlarning konkurensiyaga, chidamliligini saqlash maqsadida, yoki davlat yoki xususiy korxonalar zararlarini qoplash maqsadida, yoki ma’lum xizmatlar va, mahsulotlar ishlab chiqarishni rag’batlantirish maqsadida beriladi. | Binobarin, bularni amalga oshirish davlat ehtiyoji uchun zarur.
Tashqi daromadlar va harajatlar mazkur mamlakatdan tashqariga yoki aksincha xorijiy mamlakatlardan mazkur davlatga kelgan daromadlar natijasi bo’lib hisoblanadi. Bunday daromadlarga- xorijiy turizimdan kelgan daromadlar, boshqa mamlakatlardan olingan meros haqi, xorijiy mamlakatlardan o’tkazilgan ish haqi va boshqa daromadlar. Harajat bandlari daromad bandlariga muvofiq bo’lib, uning aksini ifodalaydi, ya’ni korespondensiyalanadi. MHTda birliklar turini tanlash ularni daromadlar, harajatlar, moliyaviy operasiyalar bo’ysna xo’jalik birliklarini yo’nalishini tahlil etish zaruratidan kelib chikadi.
Respublikada MHTni quyidagi sektor va sektorchalarga; ajratish muljallanmoqda:
• tovarlar va xizmatlar ishlab chiqaruvchi korxoialar.moliyaviy xizmat ko’rsatuvchilardan
tashqari (moliyaviy korxonalardan tashqari);
• moliyaviy muassasalar (markaziy bank muassasalari, bosh moliyaviy institutlar, qarz
(kredit) beruvchi institutlar, sug’urta tashkilotlari);
davlat boshqaruv tashkilotlari;
uy xo’jaligiga xizmat ko’rsatuvchi ijtimoiy nokomersiyaviy tashkilotlar;
uy xo’jaligi;
tashqi iqtisodiy aloqalar (
Nomoliyaviy korxonalarni birlashtiruvchi sektor asosiy sektor bo’lib hisoblanadi. U tovar ishlab chiqaruvchi ageitlarni iqtisodiy faoliyatini, bozorda sotish uchun chiqarilgan tovarlar va tovar sifatida ko’rsatilgan xizmatlarni (kommersiya) qamrab oladi.
Bunga o’z molini bozorda sotuvchi xususiy kompaniyalar kabi mahsulot ishlab chiqaruvchi va sotuvchi davlat korxonalari ta’luqli bo’ladi. Agar ularni moli tekinga berilsa yoki tannarxidan arzonga sotsa ham bularni qiymati kiradi. Shuningdek ishlab chiqarish faoliyatiga binodar va inshoatlar egalari yoki ijaradorlar foydalanishdan qat’iy nazar turar joy binolariga yoki inshoatlarga ko’rsatilgan xizmatlar qiymati ta’luqli bo’ladi.
Umumiy boshqarish muassasalariga odatda bepul xizmat ko’rsatuvchi shaxslar ta’luqli bo’lib, ularga xokimiyatning maxaliy va markaziy maxkamalari, armiya, sud, mirshablar (polisiya), davlat maorifi, davlat sog’liqni saqlash muassasalari, atrof muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy taminot muassasalari kiradi. Bu tashkilotdar faoliyatini moliyaviy taminoti davlat byudjeti, soliqlar to’lovlar, xayriya uchun ajratmalar va mablag’lar hisobidan amalga oshiriladi.Uy xo’jaligiga xizmat ko’rsatadigan kommersiya bilan shugillanmaydigan xususiy tashLylotlar ham bepul xizmat ko’rsatadilar.
Ularning faoliyati ham moliyaviy jihatdan har-xil to’lovlar, yig’imlar, xayriya fondlari kabi mablag’lar hisobidan taminlanadilar. Bu sektorga inom-exson yig’uvchi har-xil tashkilotlar fondi, siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, diniy birlashmalari, klublar, assosiasiya va shunga o’xshash taShkilotlar kiradi.
Maylumki oilaviy hayot bilan bog’liq bo’lgan hamma iqtisodiy operasiyalarini uy xo’jaligi amalga oshirilganligidan mazkur manoda u aholining barcha tabaqalarini qamrab oladi. Bunga shuningdek ma’lum jamoaga birlai $ aholi guruhlari, Ekosan, Kamolat, Mahalla, Sog’lom avlod uchun, armiya, qamoqxonadagilar, internatdagilar, diniy jamoalar va boshqa shu turdagi aholi guruhlari ta’luqli bo’ladi.
Uy xo’jaligi sektori uy xo’jaligini, ularning olgan daromadlaridan foydalanish va jamg’armalarnigina o’zida aks eggarib ishlab chiqarish faoliyatini etiborga olmaydi.
«Uy xo’jaligi» sektoridan boshqa har bir syoktor uchun hisoblarning to’liq majmui tuziladi.
Itisodiy hudud.
Rezident.
Transfertlar.
Irstitusion birlik.
Iqtisodiy sektor.
Iqtisodiy operasiya obyektlari.
Tovar
Do'stlaringiz bilan baham: |