Ma’muriy boshqaruv, idora, ofis, ilmiy-tadqiqot va loyiha tashkilotlari muassasalari



Download 21,39 Kb.
Sana06.04.2022
Hajmi21,39 Kb.
#532271
Bog'liq
Ma’muriy boshqaruv


Ma’muriy boshqaruv, idora, ofis, ilmiy-tadqiqot va loyiha tashkilotlari muassasalari
3.78. Ma’muriyatga mo`ljallangan xonalar – boshqaruv, vazirlik, sug`urta va moliya, loyiha va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari muassasalarining xodimlari uchun ishchi xonalar va kabinetlar bitta shtat xodimiga kamida 6 m2 maydon to‘g‘ri kelishi hisobidan loyihalanadi. Bunda ko‘p o‘rinli ishchi xonalarida bir xodimga to‘g‘ri keladigan maydonni 4-5 m2 gacha qabul qilish mumkin.
Bir nafar xizmatchi kabineti kamida 9 m2 maydonli, keluvchilarni qabul qilish ko‘zda tutilgan bo‘lsa kamida 12 m2 maydonli bo‘lishi kerak.
Raxbarlar kabineti zaruriy keluvchilar uchun o‘rindiqlar joylashtirish soniga hisoblanib qabul qilinadi (bir o‘ringa 1.5-2.0 m2 maydon hisobidan).
Raxbar qabulxonasi kamida 12 m2 maydonli, ikkita kabinetga xizmat ko‘rsatadigan qabulxona kamida 16 m2 maydonli bo‘lishi shart.
Raxbarlar, instruktorlar, deputatlar va boshqa ko‘p keluvchilari bor kabinetlar qabulxonasi qoshida kutib turish joylari nazarda tutilishi zarur;
Ko‘p keluvchilari bo‘lmagan va yo‘lak kengligi 2.4 m dan kam bo‘lmagan holatlarda kutib turuvchilar joyi SHNQ 2.08.02-09 str 61 ko‘zda tutilmasligi mumkin.
3.79. Ko‘rgazmalar va namoyish zallari, yig`in va keluvchilar bilan suhbat o`tkazadigan xonalar, kutubxona va arxivlar, nusha-ko`paytirish xizmati xonalari, ekspeditsiya, ruxsat yozish xonalari, hamda xizmat ko`rsatuvchi xonalar: kiyim-kechak almashtirish, jihozlar ta’miri ustaxonalari, omborchalar, jamoat ovqatlanish xonalari, tibpunktlari, xodimlar uchun maishiy xonalar va shu kabilar texnologik talablar bo`yicha ko`zda tutiladi.
3.80. Dahlizlar bir nafar xodimga ustki kiyim yechish joyisiz kamida 0,17 m 2 /kishi, kiyim yechish joyi bilan 0,25 m2 /kishi miqdorlarida ko`zda tutilishi kerak. Kiyim-kechak almashtirish xonasi maydoni bir o`ringa (ilgakka) 0,08 m2 hisobidan qabul qilinadi. Dahliz o`lchamlari (maydoni) binodan odamlarni evakuatsiya qilish talablariga javob berishi shart; qoida bo`yicha, dahliz maydoni 12 m2 dan kam bo`lmasligi shart.
3.81. Xodimlar uchun xojatxonalar loyihalanishi quyidagi hisoblar bo`yicha bo`lishi kerak: 1 ta unitaz va 1 ta pissuar 30 erkakka; 1 ta unitaz 20-25 ayolga va 1 ta shaxsiy gigiyena kabineti 70-75 ayolga. xojatxonalar (erkaklar, ayollar uchun) bir qavat oralatib joylashtirilishi mumkin, ammo ishchi xonalardan uzoqligi 75 m dan oshib ketmasligi kerak.
3.82. Kutubxonalar va texnik arxivlar kitob fondi va ish xujjatlarini saqlashga, hamda xodimlar va keluvchilar uchun zaruriy ish maydoni hisoblaridan aniqlanadi. Fondni ochiq saqlash maydoni 1 ta saqlash birligiga 4,5 m2 maydon hisobidan, yopiq saqlash esa maydoni saqlash birligiga 2,5 m2 maydon hisobidan qabul qilinadi. Bir nafar arxiv xodimi yoki kutubxona xodimi uchun ish maydoni 6 m2 hisobidan ko`zda tutiladi. Kutubxona fondi kitoblari 25 minggacha bo`lganda kutubxonani bir xonaga joylashtirish mumkin. Arxivga kiruvchilarning bir nafariga yoki o`qish zalida bir o`quvchiga 3 m 2 maydon, kompьyuter qo`llanilishiga 4-6 m 2 maydon ko`zda tutilishi kerak.
3.83. Nusha-ko`paytirish va nashriyot xizmatlari uchun xonalar bir xodimga kamida 6 m2 , ammo har bir xona kamida 12 m2 maydonli bo`lishi shart.
3.84. Konferens-zallar har xil mo`ljallangan yo`nalishini, sig`diraolishlik miqdorini va har xil jihozlar bilan ta’minlanishini hisobga olgan holda nazarda tutilishi kerak; bu holatlarda zal maydonlari qabul qilinadi: - 100 o`ringacha bo`lgan zallar uchun 1,3-2 m2 stol atrofidagi bir o`ringa; - 100 dan ko`p 150 o`ringacha zallarda stolda kitob qo`yuvchi moslamasiz 1-1,1 m2 bir o`ringa, moslamasi bor holda - 1,25 m2 bir o`ringa; - 150 o`rindan ko`p zallarda stolda kitob qo`yuvchi moslamasiz - 0,9-1,0 m2 bir o`ringa.
3.85. Tomoshalar zallari o`rindiqlari 200 va undan ko`p bo`lgan zallar bir o`ringa 0,7 m2 hisobidan tomoshagoh zallar normalari bo`yicha loyihalanishi shart. Estrada qoshidagi prezidium uchun xona kamida 12 m2 bo`lishi kerak. Tomosha zallari qoshida kuluarlar (0,3 m2 zaldagi bir o`ringa), chekish va xojatxonalar ko`zda tutiladi ( tomosha zallari normalari bo`yicha).
3.86. Tibpunkti va oshxonalar, qoida bo`yicha, 200 va undan ortiq xodimlarga hisoblanadi, kam o`rinliklar esa mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda nazarda tutiladi. Sig‘diraolishlik miqdori 50 o`ringacha muassasalarda choy qaynatish va idishtovoq yuvish jihozi o`rnatilgan to`siqli joylar nazarda tutiladi. Eslatma: 1. Tibpunkt o`z tarkibiga bir yoki bir necha maydoni kamida 12 m2 bo`lgan xonalarni oladi ( jumladan muolaja, massaj, fizaterapiya xonalari va boshqalar). SHNQ 2.08.02-09 str 62 2. Ovqatlanish bloki bilan oshxonalar bir necha muassasaga va “tashqaridan keluvchilarga” xizmat ko`rsatadigan qilib ko`zda tutilishi mumkin. Xonalarning tarkibi va maydonlari texnologik asoslar va ushbu normalar talablaridan kelib chiqqan holda qabul qilinadi.
3.87. Qishloq boshqaruv ma’muriy binolarida, idoralarda xonalar bir xodimga 8-9 m 2 maydon to`g`ri keladigan qilib, ammo xona maydoni 12 m 2 dan kam bo`lmagan holda qabul qilinadi. Yig`ilish o`tkaziladigan xona maydoni, qoida bo`yicha, kamida 30 m2 maydonli bo`lishi kerak. Ma’muriy binoda ZAGS (15-20 m2 ), preparat xonasi bilan qishloq agrokimyo laboratoriyasi (jami 25-30 m2 ), aloqa bo`limi joylashtirilishi mumkin. Huquqqa oid muassasalar
3.88. Huquqqa oid muassasalar: prokuraturalar, ZAGSlar, huquqiy maslahat, notarial korxonalari ma’muriy binolarga qo`yiladigan talablarni hisobga olgan holda loyihalanadi. (3.78-3.86 bandlar). Sudlar sudyalar soni va sud majlislari zallarining sig`diraolishlik miqdoriga qarab, sudlarning ma’muriy xonalari ma’muriy muassasalar maydoni ko`rsatkichlari bo`yicha nazarda tutiladi. Huquqqa oid muassasalar xonalarining tarkibi va maydoni loyiha topshirig`iga asosan o`rnatiladi.
3.89. Sud majlislari zalining maydoni zalda bir o`ringa, m2 : - kichik 25-40 o`rin - 1,7 - shunday, o`rin oldi stoli bilan - 2,0 - 80 dan 100 o`ringacha - 1,3 - 100 dan 200 o`ringacha - 1,1-0,9 - 200 o`rindan ortiq - 0,7 Eslatma: Sud majlisi zallari qoshida sudya va sudlanuvchilar uchun qo`shimcha xonalar, keluvchilar uchun kuluarlar, ash’yoviy dalillarni saqlash uchun omborchalar va xojatxonalar nazarda tutiladi.
3.90. ZAGSlar xodimlarning ish xonalarini, arxivni, qo‘shimcha xonalarni o‘z ichiga olishi kerak; registratsiya zallari maydoni kamida 24 m2 bo‘lishi kerak; tantanavor nikoh registratsiyasi uchun zallar maydoni 40-60 m2 li tavsiya etiladi. Keluvchilarni qabul qiladigan ish xonalari kamida 12 m2 maydonli bo`lishi kerak. ZAGS tarkibida keluvchilar uchun xonalar ko‘zda tutiladi: xojatxona, xollmehmonxona, kuyov va kelin xonasi, qo`shimcha xonalari bilan banket zali. Xonalar tarkibi va maydonlari loyiha topshirig‘i bo‘yicha belgilanadi. Qishloq joylarda ish maydoni – ZAGS xonalari kamida 24 m2, jumladan registratsiya xonasi kamida - 15 m2 bo‘lishi kerak.
Download 21,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish