Mikrobiologiya va virusologiya


- mavzu. Virusologiyada qo`llaniladigan tadqiqot usullari



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/82
Sana22.04.2022
Hajmi1,85 Mb.
#572590
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   82
Bog'liq
Mikrobiologiya O\'UM

14- mavzu. Virusologiyada qo`llaniladigan tadqiqot usullari
Reja: 
1.
Viruslarni o`rganish usullari (viruslarni yuqtirish, fizik va kimyoviy 
xususiyatlarini o`rganish, toza preparatlarini va ularni tashkil qiluvchi 
qismlarini (oqsil, nuklein kislota) olish usullari.
2.
Viruslarni ko`paytirish va ajratish.
3.
Turli sentrifugalash usullari. Yuqumliligini aniqlash usullari.
Tayanch so`z va
 
iboralar: viruslarni yuqtirish, fizik va kimyoviy 
xususiyatlar, toza preparatlar, viruslarni ko`paytirish, sentrifugalash usullari.
Viruslarning rivojlanishi. Viruslar sun’iy oziq muhitida rivojlanmaydi. 
Ularni tovuq embrionida rivojlanuvchi to`qima kulturalarida va sezgi, ya’ni 
virusga moyil organizmda rivojlantirish mumkin. Buning uchun 8—12 kunlik 
tovuq embrioni olinadi, virus uning xoriollantiois pardasiga allantiois va amnion 
bo`shliqlariga hamda tuxum sarig`i xaltachasiga yuboriladi. Virusning sezgir 
hujayraga ta’siri 5 davrga bo`linadi: 1. Adsorbtsiya, bunda virus zarrachalari 
hujayra po`stlogiga shimiladi. 2. Hujayra ichiga kiradi. 3. Virus zarrachasining 
asosiy qismlari sintezlanadi. 4. Bir butun virus zarrachasi tashkil qilinadi. 5. 
Hosil bo`lgan viruslarning zarrachalari hujayradan ajralib chiqadi. Ko`pchilik 
kasallik qo`zg`atuvchi viruslar tovuq embrionida rivojlantirilib, ulardan itlarning 
o`latiga, tovuqlarning nyukasl kasalligiga, odam va parrandalarning chechak, 
qoramollarning o`lat kasalliklari va boshqalarga vaktsinalar tayyorlanadi. 
Viruslarni rivojlantirish uchun ikki xil to`qima kulturasi qo`llaniladi: 1. 
Tirik — rivojlanmaydigan to`qima kulturasi, bunda moddalar almashinish 
jarayoni bo`ladi, hujayralar o`sib ko`paymaydi. Bunday muhitlar asosan 
viruslarni rivojlantirib, ulardan vaktsina tayyorlashda qo`llaniladi. 2. 
Rivojlanuvchi to`qimalar kulturasi. Bulardan eng muhimi bir qavatli to`qima 
hosil qiluvchi kulturadir: hayvon embrioni yangi tug`ilgan buzoq, ko`zi, 
cho`chqa bolasining buyragi va 8—10 kunlik tovuq embrionining teri-muskul 
to`qimasi 1—2 mm dan qilib maydalanib, ularga tripsin, versen kabi ferment 


63 
ta’sir etganda alohida hujayralarga ajraladi. Ajralgan hujayralarni ma’lum 
miqdorda maxsus muhitga aralashtirib neytral reaktsiyali probirkalarga qo`yilsa, 
hujayralar shisha devoriga yopishib, asta-sekin rivojlana boshlaydi va natijada bir 
qavatli to`qima hosil bo`ladi. Bu to`qima birinchi hosil bo`lgan bir qavatli 
to`qima kulturasi deyiladi. Bundan tashqari, ushbu to`qimadan tayyorlangan 
subkultura (har qanday birinchi hosil bo`lgan bir qavatli to`qima kulturasidan 
4—5, ayrim vaqtlarda 20 martagacha ko`chirilib, yangi bir qavatli to`qima hosil 
qiluvchi kultura), uzluksiz kuchiriluvchi bir qavatli to`qima kulturasi (bu ma’lum 
sharoitda va maxsus muhitda tanlangan hujayralardan hosil qilingan bir qavatli 
to`qimani uzluksiz ko`chirib ekib olinadi) va diploidli to`qima (buni tayyorlashda 
tarkibida bir juft xromosomalari bo`lgan hujayralar qatnashadi, bunday to`qimani 
50 martagacha ko`chirib ekish mumkin) hosil qilinadi. 
To`qimali kulturalarda viruslarning titri, neytrallanishi, tsitopatogenli 
ta’siroti o`rganiladi va ayrim kasalliklarga qarshi vaktsinalar tayyorlanadi. 
Viruslar bakteriyalarga o`xshash antigenlik xususiyatiga ega. Shuning 
uchun virusli infektsiyalardan keyin kasallikdan tuzalgan organizmda virusni 
neytrallovchi modda (antitelo) to`planadi va natijada organizm immu nitetli 
bo`ladi. 

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish