www.ziyouz.com
kutubxonasi
20
muhimdir, chunki u absurd darajasiga tushirmoqchi bo‘lgan metanarratsiya asosiy va
total logotsentrizmni qo‘llab-quvvatlashda o‘ta o‘jar, to‘lqinlardan yuksak turuvchi, o‘tkir
va hatto xavfli qoyadir.
Musulmon mutafakkirlari uchun postmodernizmning ahamiyatini bir qancha yozuvchilar,
shu jumladan, Britaniyada Akbar Ahmad asoslab berishdi. Sayyid Husayn Nasr uning
taktik ustunliklarini tavsiflab berdi, u bu hol sharqshunoslik uchun xatarli oqibatlariga
olib kelishi mumkinligini ta'kidlaydi. Islom tafakkuriga oid g‘arb tadqiqotlari yaqin-
yaqingacha dalilning Yevropada poyoniga yetib borayotgan teleologiyaga ega bo‘lgani
muhimdir, degan farazga suyanib keldi. Biroq Ma'rifatning barbod bo‘lishi
yevrotsentrizmning tugashiga sabab bo‘ldi. Postmodernizmning dialog xarakterga ega
va yaltiroq «bir necha mualliflik utopiyasi» shuni talab etadiki, yangi ming yillikda
Sharqni tadqiq qilayotgan G'arb olimi «nomavjud» tazkirachi bo‘lib qoladi, ilm izlashi uni
hayrat holatidan olib o‘tib, haqiqatning o‘zidan emas, barcha haqiqatlarga talabgorlikdan
fano holatiga yetkazadi. Islomga oid ilmiy tadqiqotlar bugundan e'tiboran qadriyatlarga
qoziliq qilishga yoxud hechqursa ularni mazaxomuz tan olishga chek qo‘yishi va
an'ananing o‘z-o‘ziga bergan bahosi sharqshunosning bahosidan kam emasligini, hatto
baland ekanini ko‘rsatib berishi kerak, chunki ko‘pchilik unga germenevtik nuqtai
nazardan rioya qiladi va u ijtimoiy jarayonlarga ta'sir ko‘rsatadi. Shu nuqtai nazardan
qaraganda, Dekart: "Yer yuzida qalbaki tekstual ustunlikka erishish uchun asboblar
yasagan" imperialist edi. Bugungi tafakkurga nisbatan kuchli aksil-evrotsentrik
biryoqlama qarash mavjud, u G'arbni, Richard Rorti ta'biri bilan aytganda, "barcha
madaniyatlarni yamlamay yutadigan yebto‘ymas maxluq"qa o‘xshatadi.
Shunday qilib, postmodernizm sharqshunoslik va islomofobik ta'limotning intellektual
asosi barbod bo‘ladi, deb va'da beradi. Metanarratsiyalardan uzoqlashish oqibatida
paydo bo‘lgan huquqiy diskurslar o‘rtasidagi ziddiyatlar, masalan, islom va feministik
tafakkur o‘rtasidagi qarama-qarshilik keskinligicha qolaveradi, biroq bunday bahslar
o‘zini u yoqdan-bu yoqqa urish yoki Rorti aytmoqchi, «osmon qaroqchilari»dan
foydalanish - yuksak bilish nazariyasiga murojaat qilish orqali hal etilmaydi, biroq
kamsonli millatlar qarashlarini inkor qilishi mumkin bo‘lgan utilitar huquqlar
xartiyasining murosaga oid moddalari orqali ko‘rib chiqiladi.
Bu BMT xartiyasini tuzishga jalb etilgan xalqaro axloqshunoslarning ko‘zqarashidir; ular
endilikda BMTning mohiyatan yevrotsentrik ekanini ta'kidlashmaydi; bu tashkilot global
jihatdan o‘zaro kelishuv asosida faoliyat yuritishga intilmoqda.
G'arb preskriptivizmi
[32]
ning islomga qarama-qarshi o‘laroq yemirilib borishi g‘alati
ko‘rinadi va amaliy nuqtai nazardan umid uyg‘otadi. Sharqshunoslarning eng yangi
avlodi orasida Jon Renar singari "ko‘p madaniyatlarga mansub" olimlar eski
yevrotsentrizm g‘oyalarini keskin rad etishni taklif etadi, boshqa fanlarga qaraganda,
sharqshunoslik tadqiqotlari, xususan, O'rta Sharq tadqiqotlari umumiy intellektual
tamoyillardan butunlay uzilib qolmoqda va ko‘pchilik hollarda Bernard Liyusga o‘xshash
kishilarning hamma narsani o‘z qarichi bilan o‘lchash hollari ham uchrab turibdi.
Biroq kelgusi yillarda g‘arbiy islom tadqiqotlari unga nisbatan hurmat bilan qarasa va uni
o‘z qarichi bilan o‘lchash fikridan yiroq bo‘lsa, xursandchilik bilan qarshi olinadigan
evrilishga sabab bo‘lgan keskin intellektual o‘zgarish ko‘pincha muammoli ko‘rinishga
ega bo‘lgan oddiy murosa va hurmatdan tashqari tsivilizatsiyalarning haqiqiy dialogiga
XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter
Do'stlaringiz bilan baham: |