www.ziyouz.com
kutubxonasi
10
qiladi, Ulug‘ O‘rusiya! Ulug‘ O‘rusiya Moliya vaziri Vishnegorodskiy janoblari nuqtadonlik ila
bashorat etganlariday, Turkiston — O‘rusiya tojidagi oliy qimmat dur bo‘ladi! XIX asr — Ulug‘
O‘rusiya asri bo‘ladi!
— Qadamlariga hasanot, taqsir, qadamlariga hasanot. Ammo-lekin masjidimizni to‘pon etsalar,
mo‘min-musulmonlar qaerda fasohat ham balog‘at sabog‘in oladurlar, taqsir?
— O‘ris-tuzem maktablarida saboq olasan! Peterburgdan missioner Ostroumov janoblari
kelmoqdalar! Missioner Ostroumov! Ostroumov demak — nima demak, bilasanmi? Ostroumov
janoblari o‘z otlari o‘zlari bilan o‘tkir aql sohibi! O‘tkir aql sohibi Ostroumov o‘ris-tuzem maktablari
dasturil-amalini tuzmoqdalar! Janob Ostroumov halizamon o‘z dasturilamali bilan kelib qoladilar!
Turkistonda o‘ris-tuzem maktablari ochadilar! Sen endi o‘ris-tuzem maktablarida Ulug‘ O‘ris imlosini
o‘qiysan! Sart-sobakacha itdum imlongni yondirib tashlaymiz! Turkiy tillarni yo‘q etib tashlaymiz!
— Bajonidil, taqsir, bajonidil, Oqposhsho hazratlari rushdu hidoyat etsalar, o‘qurmiz. Ammo-lekin
mo‘min-musulmonlar masjidida nafaqat saboq oladurlar...
— Bilaman, eshon, bilaman! — cho‘rt bo‘ladi general. — Endi... cherkovda toat-ibodat etasan!
Masjidlarni yo‘q etamiz — cherkovlar quramiz! Ana, To‘xtamishxon no‘g‘aylari! No‘g‘aylar Ulug‘
O‘ris cherkovlarida cho‘qinmoqda! Bo‘lmasa, kimsan To‘xtamishxon avlodlari! Endi seni
cho‘qintiramiz!
— Bajonidil, taqsir, bajonidil. Oqposhsho hazratlari azmu ixtiyor aylaganlariday bo‘la qolsin.
Ammo-lekin ahli xalq ko‘zida Xudoi taolo dargohvni to‘pga tutsalar, xalq qarg‘aydur, taqsir, xalq
qarg‘aydur.
— Xalq?!
— Shunday, taqoir, shunday. Xalq qo‘llasa — bor bo‘ladur, xalq qarg‘asa — xor bo‘ladur.
— Qanaqa xalq?!
— Ul mo‘lt-mo‘lt qora ko‘zlar oti — xalqdur, taqsir. Xalq bor — haq bor.
General Skobelev dimoq-dimog‘ida kuladi.
— Ol-a, eshon, ol-a! — deydi. — Bular poda, eshon, poda! Bular oldin podadan odamga
aylanmog‘i lozim bo‘ladi! Odamdan olomonga aylanmog‘i lozim bo‘ladi! Olomondan esa, xalqqa
aylanmog‘i lozim bo‘ladi! Demak, bular xalq bo‘lish uchun ikkita-uchta bosqichni bosib o‘tmoqlari
darkor bo‘ladi! Bilasanmi, eshon, Ulug‘ O‘rusiya nima uchun yovvoyidan-yovvoyi Osiyoga tashrif
buyurdi? Manavi sart-sobakalarni odamga aylantirish uchun tashrif buyurdi! Ulug‘ O‘rusiya oldida
sart-sobakadan inson yaratishday bashariy ham savob ish turibdi! Ulug‘ O‘rusiya saltanati — xaloskor
saltanat!
General Skobelev karillaydi-karillaydi — tizzasi bilan otini niqtaydi. Umarxon eshondan besh-olti
odim olislab oyoq iladi.
— Otishga shaylansin! — deydi. — Yotilsin! Namoz o‘qilsin!
Nog‘orachilar bodratib-bodratib nog‘ora chaladi.
— Otilsin!
Xudodargoh kunpayakun bo‘ladi.
14
Bobomiz tog‘da dala tanlaydi-tanlaydi — binoyiday dala topolmaydi.
Bari yer ketmon ko‘rmagan yer bo‘ladi.
Shunda, Qurbon qoraqirg‘iz o‘z dalasini beradi.
— Ana, ol, o‘zbak, — deydi Qurbon. — Qoraqirg‘izda dala bo‘lmaydi. Dala o‘zbakda bo‘ladi.
Qoraqirg‘izda mol bo‘ladi. Qoraqirg‘iz qir-adirda mol boqadi. O‘zbak dasht-dalada ekin ekadi.
Bobomiz Qurbon qoraqirg‘izni quruq qo‘ymayin deya, qo‘yin kovlaydi.
Qurbon qoraqirg‘iz bobomiz bilagidan ushlaydi.
Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman)
www.ziyouz.com
kutubxonasi
11
— Tek o‘tir, o‘zbak, tek o‘tir, — deydi. — O‘zbak qo‘ynida bo‘ldi nima, qoraqirg‘iz qo‘ynida
bo‘ldi nima.
15
Bobomiz uzun kun ketmon chopadi. «Bo‘ldi, endi Oqiodsho yo‘q bo‘ldi». Bobomiz ana shunday
ishonch bilan ketmon chopadi. Bobomiz olam bexabar bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |