Microsoft Word togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com doc



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/158
Sana16.03.2022
Hajmi0,67 Mb.
#493499
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   158
Bog'liq
togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com e5365

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
8
Shaqovatpanoh to‘ralar bilan falokatmaob hokimlar hamrohligida keladi. 
General Skobelev mo‘min-mazlum uzra qahr bilan karillaydi: 
— Sart-sobakalar — deydi. — Oralaringdan bir nobakor sart olampanoh oliy hazratlariga qo‘l 
ko‘tardi! Ig‘tisho ham isyon qildi! O‘rusiya saltanatining o‘nta muazzam askarini shahid etib, g‘oziy 
bo‘ldi! Ul nobakor — mulla Namozdir! Mulla Namoz osiya bo‘ldi! Mulla Namoz bog‘iy bo‘ldi! Biz ul 
osiy ham bog‘iyni bugun topolmadik, erta-indin albatta topamiz! Siz ul nobakorni topishda olampanoh 
oliy hazratlariga madad beringiz! Qo‘rqmangiz, olampanoh ul osiy ham bog‘iy banda qonidan kechadi! 
Mo‘min-mazlum sukutda qoladi. Mo‘min-mazlum nafas yutadi. 
General Skobelev karr-karr etadi: 
— Osiylik ham bog‘iylik kimdan qo‘zg‘oldi — bilamiz! Ammo bu nonko‘rlik qaerda qo‘zg‘oldi? 
Javob beringiz! Polkovnik Chaykovskiy. 
— Labbay-labbay? 
General Skobelev ketida mulla mushuk bo‘lib turmish Chaykovskiy lip etib olg‘a o‘tadi. 
— Labbay, taqsir, labbay? — deydi. 
— Aytingiz, bu osiylik ham bog‘iylik qaerda qo‘zg‘oldi? 
Chaykovskiy boshi bilan muhtasham binoga imo beradi. 
— Manavi choldevorxonada qo‘zg‘oldi, janobi oliylari, — deydi. 
— Bu qanday choldevorxona bo‘ldi? 
— Bu masjid bo‘ldi, janobi oliylari! 
— Osiylik ila masjid orasida ne mushtaraklik bo‘ldi? 
— Mulla Namoz ana shu masjid imom xatibi, janobi oliylari. 
— Osiy banda mulla Namozni oq kigizga o‘tirg‘izuvchi muridlari ana shu masjidda toat-
ibodatlanadi, deysiz-da? 
— Topdingiz, janobi oliylari, topdingiz. 
— Masala ravshan bo‘ldi! 
General Skobelev uzangi yo‘ldoshlari bilan mashvaratlashadi. 
13 
Oqpodsho mo‘min-mazlumni yo‘l o‘ngiga haydab o‘tadi. 
Oqpodsho qo‘qoni aravasimon uchta to‘p sudrab keladi. 
General Skobelev mo‘min-mazlum bilan to‘plar oralig‘ida turadi. Ot gijinglatib-ot gijinglatib 
turadi. 
— Sart-sobakalar! — deydi. — O‘rusiya podsho hazratlari o‘z istibdod saltanati quvvai qudratini 
ko‘z-ko‘z etmoq uchun to‘p otadi! To‘p otish bilan ham-ohang namoz o‘qiladi! Amr etuvchi o‘zim 
bo‘laman! 
General Skobelev to‘pchilarga amr beradi: 
— To‘plar shaylansin! To‘plar sharaq-shuruq bo‘ladi. 
General Skobelev mo‘min-mazlumga amr etadi: 
— Yotilsin! Yuzlar yerga qo‘yilsin! Quloqlar yopilsin! Namoz o‘qilsin! 
Mo‘min-mazlum masjidga ruku etadi. Mo‘min-mazlum yer cho‘kkalaydi. Mo‘min-mazlum 
peshonasini yer qo‘yadi — misoli namoz o‘qimish bo‘ladi. 
— Nog‘oralar chalinsin! 
Nog‘orachilar bodratib-bodratib nog‘ora chaladi. 
— Otilsin! 
Uchta to‘p birvarakay otadi. Gumbur-gumbur otadi. Masjid quyuq-quyuq tutunda qoladi. 
— Turilsin! 
Mo‘min-mazlum yerdan bosh oladi. Mo‘min-mazlum qo‘l qovushtirib-qo‘l qovushtirib turadi. 


Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman) 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish