Microsoft Word togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com doc



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/158
Sana16.03.2022
Hajmi0,67 Mb.
#493499
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   158
Bog'liq
togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com e5365

 

Men tumandan mototsikl minib keldim. 
Mototsiklimni hovli naqd kindigida tikka tiradim. Old oyog‘ini qibla qaratib ko‘tardim. 
Men mototsiklimni gir aylanib-gir aylanib tomosha etdim. 
Mototsiklim qibla taraf ana uchayin-mana uchayin, degich... raketa misol tuyuldi. 
Men oshxonada ivirsimish ayolimizga ovoz berdim. 
— Ay, akang qarag‘ayni mototsiklini ko‘rib qo‘y! — dedim. — Bu mototsikl emas, raketa, raketa! 
— Bu kishi qachon odam bo‘ladi, — dedi ayolimiz. 
— Eb-ey, bizga nima qilibdi? — dedim. — Raketani qara, raketani! 


Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman) 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
75
Ayolimiz derazadan ko‘rinmish oynaijahonga ishora berdi. 
— Bu kishi-da anavi odamlarday bo‘p, bundaygina, shlyapa kiyib yursa bo‘lmaydimi, — dedi. 
— Qaysi, oynai jahondagilarmi? Endi, ular katta odamlar. Biz hali u darajaga yetganimiz yo‘q. 
— Nimasi katta, ular-da shu kishiday odam. 
— Yo‘q, sen bilmaysan, ular katta odam. Katta odam bo‘lmasa, oynai jahonga chiqarmidi. 
— Katta bo‘lgan balan ularni mototsikli yo‘q, bu kishiniki bor. 
— Bu gaping chin! Lekin, qo‘y, odam uyaladi, shlyapa kiysam, birov-yarim, rais kelayapti, deb 
o‘ylaydi. 
— Amirboyni ayoli bu kishi mototsikli olayotganini eshitib, mototsikl olgandan ko‘ra, kallasiga bir 
nima olib kiysa bo‘lardi, kallasidagi telpagi tipratikonni o‘ligiga o‘xshaydi, debdi. 
—Tipratikonni o‘ligi? Manavi telpagim-a? Hay, enag‘arni ayoli-ya! Shu ayol qizligida-da, mendan 
kir qidirardi! G‘anim — g‘anim ekan-da. Ertaga tong otsin, shlyapa kiyganim bo‘lsin. G‘animlar kuyib 
kul bo‘lsin. 
 
4
O‘zbaki — zo‘raki, deydi. 
Ertasi ertalab dala ishlarimni bir yoqli etdim. 
Mototsiklimni minib Denov yo‘l oldim. 
Shlyapa ololmayman-a, shlyapa ololmayman, mototsikl olmish joonim, shlyapani ololmaymanmi, 
deya yo‘l oldim. 
Mototsiklimni yo‘l girdida qoldirdim. 
Qo‘sh qavat do‘konlab ko‘tarildim. Shlyapa sotgich joyni topdim. Shlyapalarga nazar soldim. 
Oq shlyapa, ko‘k shlyapa, sariq shlyapa... bari teshik-teshik shlyapa! 
Burchakda ikkita qiz oyna ko‘rib-oyna ko‘rib o‘tirdi. Hiring-hiring kulishib o‘tirdi. 
Men qizlarga qarab turdim-turdim — qizlar oting nima demadi! 
— O‘-o‘, qizlarim-ov! — deya ovoz berdim. Qizlar iyak siltadi. 
— Ha, nima? — dedi. 
Men kaftim bilan beri kelinglar, ishorasini berdim. 
Qizlar bir-biroviga qarab oldi. Birovi yuzini ushlab kuldi. Birovi boshini ketiga tashlab kuldi. 
Birovi men taraf yurdi. Oldimga kelar-kelmas tag‘in iyak siltadi. 
— Ha, nima kerak? — dedi. 
Qiz qoshimda toychoqday lik-lik etdi. Qiz peshtaxta chertib-chertib o‘ynadi. 
Qiz ust-boshimga qaradi. Qiz betimga qaradi... qiz aft burdi. Qiz burchak qaradi. 
— Bo‘ling, davay, bo‘ling! — dedi. 
Men nimadan gap boshlashimni bilmadim. Bir shlyapa ber, deyin dedim — ep bo‘lmadi. Tilim 
bormadi! 
Tag‘in, turgan-turishing shu, senga shlyapani kim qo‘yibdi, deydimi deya o‘yladim. 
Qiz burchak tikilib likillashidan — bizga o‘xshagichlarga shlyapa bergich qiz bo‘lmadi. 
Bir ko‘nglim — obro‘yimni borida qaytib keta berayin, dedim. 
Bir ko‘nglim — elan-qaran keldim, endi so‘rayin, dedim. 
Og‘zimni shuncha juftladim shlyapa deyolmadim! 
— Anavindan ber, — dedim. 
— Shlyapa? Razmer, razmer? 
— Razmer deb o‘tirasanmi, birovini ber-da qo‘y-da. 
Qiz oldimga bir dasta shlyapa tashladi. Men oyna oldida bitta-bittadan shlyapa kiyib ko‘rdim.. 
O‘ynab qo‘yay-o‘ynab qo‘yay, jigitni qaranglar-ay, jigitni-e, dedim. 
Men o‘zimni o‘zim tanimadim. Men o‘zimga o‘zim besh ketdim! 


Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman) 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish