Microsoft Word togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com doc



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/158
Sana16.03.2022
Hajmi0,67 Mb.
#493499
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   158
Bog'liq
togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com e5365

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
76
Qiz burchakdan ko‘z olmadi. 
Qiz yer ostidan kallamga ko‘z qir tashladi. 
Qiz burun jiyirdi. Qiz peshona tirishtirdi. 
Oxir-oqibat — bir shlyapa kallamga chippa yopishdi. 
Shuni narxini ayt, — dedim. Qiz yuzimga qayrilib-da qaramadi. 
— Besh so‘m! — dedi. 
— O‘zi teshik-teshik bo‘lsa, yana-tag‘in, oftobdan saqlamasa, buni nimasi besh so‘m? — dedim. 
Qiz javob bermadi. Burchak qarab tura berdi. 
Men besh so‘m uzatdim. 
Qiz burchak qaramish zayli pul oldi. Biyqillatib g‘aladon ochdi. Pulni g‘aladon tashladi. Tag‘in 
g‘iyqillatib g‘aladon yopdi. 
Shunda, peshtaxtada taxloqlik baxmalga ko‘zim tushdi. Guldor baxmal ko‘zimni o‘ynatdi. 
Olmasam-da, so‘rab-surishtirgim keldi. 
— Baxmal qanchadan bo‘ldi? — dedim. 
Olmasangiz nima qilasiz, — dedi qiz. 
— O‘ynab qo‘yay, baxmallaringdan, o‘inab qo‘yay, olaman desam, olaman. 
— Besh so‘mlik shlyapani ko‘rib yuragingiz yorilib ketdi-yu. 
— Yorilgan yo‘q, qizim, yorilgan yo‘q, unday dema. 
— So‘zana qimmat, ellik so‘m, — dedi qiz. 
— Yuz so‘m tursa-da, ber qani, bir ko‘rayinqani.
Qiz baxmalni zarda bilan oldimga tashladi. O‘zi bir burchidan ushlab turdi. 
Men go‘yo olar odamday baxmalni silkib-silkib yoydim. 
Shunda, baxmal burchi qiz qo‘lidan chiqib ketdi. 
Qiz qo‘lini beliga tiradi, Qiz uchchosini chiqardi. Qiz kafti bilan betiga shamol etdi. 
— Uf-f-f... ko‘rib bo‘ldingizmi? — dedi. 
Men bir qizga qaradim, bir baxmalga qaradim, bir yonimga qaradim. 
Yonimda pul bo‘ldi. Ayolimiz un olasiz, deya bermish pul bo‘ldi. Pul bir haftadan buyon yonimda 
yurdi. 
Men yonimni kovladim. Ana shu pulni oldim. 
Men barmoq tupuklab-barmoq tupuklab pul sanadim. Men qiz qulog‘iga quyib-quyib pul sanadim: 
— Bir so‘m, ikki so‘m, uch so‘m... Ellik so‘m! Ana, ellik so‘m! Endi, shu baxmalingni berman 
ber! 
Qish peshtaxtadan pulni oldi. Sanab-sanab g‘aladon soldi. 
Qiz baxmal o‘rab boshladi. 
— O‘rama, shunday ber! — dedim. Qiz baxmalni oldimga surdi. 
Men baxmalni olib burchak bordim. Yer joylashib o‘tirdim. Etiklarimni birin-ketin sug‘urdim. 
Baxmalni tirr-tirr ikki bo‘ldim. 
Bir bo‘lagini bu oyog‘im o‘radim, bir bo‘lagini u oyog‘im o‘radim. 
Etiklarimni tortib-tortib kiyib oldim. Etiklarimni yer tepib-er tepib kiyib oldim. 
Do‘konda yurmishlar ajablana-ajablana qarab-qarab o‘tdi. 
Qiz... ko‘rdim demadi! Qiz... mijja qoqmadi! 
Qiz oyna qarab qosh siladi. Qiz oyna qarab zulf tobladi. 
— Baxmal so‘zana... — deya ming-ming etdi. 
— Dalaga bo‘la beradi, — dedim. — Bizni dalaga baxmal so‘zanayam bo‘la beradi! 
Qiz... eshitdim demadi! Qiz... quloq qoqmadi! Men telpagimni qo‘ltig‘imga bosa-bosa eshik 
ravona bo‘ldim. 
Bozorim baroridan keldi, — dedim. — Shlyapa bilan paytava qidirib kelib edim, ikkovini-da 
topdim! 


Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman) 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish