Microsoft Word togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com doc



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/158
Sana16.03.2022
Hajmi0,67 Mb.
#493499
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   158
Bog'liq
togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com e5365

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
74
Hujrasi tarafdan onamiz kela berdi. 
— Ha-a, kelin? — dedi onamiz. — Anavi oshingni yeyin Matrosov nima deyapti? 
Ayolimiz piq-piq kuldi. 
Mototsikl olayotgan emish, — dedi. 
— Eb-ey, qaysi bitiga olar emish? 
— Mukofotga olar emish. 
— Ha-a, davlat tentak bo‘pti-da, tekindan-tekin mototsikl berib! 
— Davlatni unday demang, ena, — dedim. — Ideologiya kelsa, aytib bermayin, tag‘in? 
— Ayta ber! — dedi onamiz. — Ayta ber, Ideologiya suyunchisiga ishtonini yechib beradi! 
Onamiz ikki barmog‘ini enlab-enlab ko‘rsatdi. 
— Ideologiya suyunchisiga manavinday ishtonini yechib beradi! — dedi. 
Ayolimiz og‘iz ushlab-og‘iz ushlab kuldi. 
 
2
Qari bilgichni pari bilmaydi, degichlari chin bo‘ldi. 
Raisimiz hujjat ko‘rdi. 
— Endi, pulini cho‘zing, — dedi. 
— Qanday pul? — dedim. 
— Qanday pul bo‘lardn, mototsiklni pulini-da. 
— O‘zingiz... mukofotga beraman, dedingiz-ku rais bova? 
Raisimiz ket chalqayib-ket chalqayib kuldi. Raisimiz qorin bilqillatib-qorin bilqillatib kuldi. 
Kula-kula, masalani bayon etdi. 
Men o‘ylab o‘yimga yetolmadim: buni nimasi mukofot? Hech qursa, yarim puliga bersalar-da 
mayli edi. Mukofot deyishga til borar edi. Ko‘ngil taskin olar edi. 
Men buncha pulni qaerdan olaman? Bozorda bir kilo go‘sht to‘qqiz so‘m. O‘n kun bo‘ldi — 
qozonimiz go‘sht ko‘rmadi. 
— Rais bova, — dedim. — Xudoga shukur, eshagim bor, bemalol yetib-ortib turibdi. 
— Olasiz, mototsikl olasiz. 
— Kolxozda nima ko‘p, arizaboz ko‘p. Mototsikl mukofoti bersangiz, arizabozlar yozadi. Och 
qornim, tinch qulog‘im, rais bova. 
— Siz sara dehqonimizsiz. Siz mototsikl mukofot olsangiz, arizabozlar... qoladi! 
Men tizzamga shartillatib bir urdim. Bo‘lar gapni aytdim. 
— Xullas kalom... pul yo‘q! Ana bo‘lmasa! — dedim. 
Raisimiz pinagini-da buzmadi. 
— Bilaman, siz aytmasangiz ham bilaman, — dedi. — Dehqonda pul... yeydimi! Dehqon — bag‘ri 
qon, deydi! Mototsikl pulini kolxoz to‘laydi. Keyin, yillik daromadingizdan ushlab qoladi. 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish