Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet208/231
Sana25.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#463339
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   231
Bog'liq
Shaytanat 3- kitob

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
208
Zaynab Jamshidning tirikligidan bir quvonib, yo‘qlamagani uchun bir ranjib, turli fikrlar 
o‘tida qovrilib bo‘lgach, sog‘inchdan entikkan yurak yana o‘sha maktubni qo‘msadi-yu, 
«O‘tgan kunlar»dagi satrlarni o‘ziga mosladi. 
«...Suratini ko‘z o‘ngidan ketkiza olmagan, Otabekning (ya’ni Jamshidning) yuzini 
ko‘rolmay, so‘zini eshita olmasa ham yozg‘an xatini o‘qub eshitish Kumush (ya’ni 
Zaynab) uchun katta qiymatga molik edi. Otasi (xatni otasi emas, Haydar amakisi berar) 
yo‘lakdan kirishi bilan latif ko‘kragi kuchlik tin olish ila ko‘tarilib tashlandi-da, go‘yo 
Otabek (ya’ni Jamshid) bilan uchrashaturg‘ondek yuragi o‘ynamoqg‘a boshladi...» 
Haydar amakisidan xatni olgach, u ham Kumushbibi singari uyalib-netib turmaydi. 
«...qizarg‘an, qizargan emas, ich-ichiga botgan shahlo ko‘zlari, yosh bilan sing‘an jingala 
kipriklari, chimirilg‘an to‘sdek qora qoshlari uni allaqanday bir holga» qo‘yadi. «Qoshi 
ustiga to‘zg‘ib tushgan sochlarini» tuzatmayoq xatni o‘qiydi. 
Kumushning Otabegi «oy yuzli rafiqam, qunduz qoshli ma’shuqam Kumushxonimga!» 
deb boshlagan edi. Jamshid akasi soddagina qilib: «Salom, Zaynab!» deb boshlasa ham 
mayliga. 
Kumushning Otabegi: 
«Shayton ustasi bo‘lgan Xomidning manim otimdan sizga yozg‘an taloq xatisi ila menga 
qarshi yonib ketgan yurakingizning nafrat o‘ti ehtimol endi o‘cha tushkandir. Soxta taloq 
xatini olg‘an so‘ngingizda menga xitob qilib yozg‘an fikrlaringizdan ehtimol endi 
qaytayozg‘andirsiz... Bu xatni yozar ekan, muhabbatingiz bilan to‘luq bo‘lg‘an yuragim 
mudhish bir haqiqat ehtimolidan yafroq kabi titrar va o‘zining to‘lib-toshqan hasratlarini
faryodlarini ifodasidan adashar edi...» 
«...Menim uchun ko‘yingizda va oyog‘ingiz uchida jon berish juda shirin edi va ko‘bdan 
beri g‘oyam edi. Shuning uchun yaqinrog‘ingizda o‘lmak uchun, o‘lar ekanman, so‘ng 
daqiqamda yana bir martaba bo‘yingizni olib o‘lish uchun dushman tomonidan uyingizga 
ochilgan tuynukchaga kirdim. Kirdim-da, sizning bo‘yingizni oldim, hafif tin olg‘andag‘i 
latif uxlag‘an tovshingizni eshitdim...» 
«...Ba’zi ehtimollarga qarshi siz bilan ko‘rishmak menga muyassar bo‘lmadi. Umrimda 
birinchi martaba ko‘ngil orzusig‘a qarshi bordim. Chunki manimcha oradag‘i qora tikon 
supirilgan edi. Mundan so‘ng hamisha meniki edingiz. Men Toshkandda yurarman, 
ammo ko‘zim o‘ngida sizning haykalingiz! Ajabo, busiz menga mumkinmi?» 
Zaynabning xayolidagi Otabegi shu xilda yoza bilarmi edi? Chiroyli so‘zlar topolmasa-da, 
xunuk dag‘al so‘zlar ila yozsa-da, mayli edi. Nima deb yozsin? «Otang meni o‘limga 
hukm etdi», desinmi? Otasini «dushmanim» atasinmi? Taloq xati-chi? Taloq xati bermoq 
uchun nikoh lozim. Nikoh esa... yo‘q. O‘rtada faqatgina Zaynabning arosat muhabbati 
bor. Kumushning Otabegi uchun ma’shuqasining oyog‘i uchida jon berish shirin edi. 
Uniki esa... Akalari «qoch!» deb edi, qochdi... 
«Mundan so‘ng hamisha maniki edingiz...» 
Qani endi shunday desa. Oddiygina qilib, bir buyumga nisbatan aytganday «Sen — 
menikisan!» desa ham mayli. 
Yo‘q... yozmadi, yozmaydi ham. 
Otabeklar bormi o‘zi dunyoda?.. 
Osmonda uchg‘uvchi qushlarning barchasi burgut bo‘la olarmi ekan? 
Osmonda burgutlar bormi ekan?.. 
Bularni ko‘p o‘yladi. Oxiri «xat yozmasalar ham mayli, bir kelib-ketsalar-chi, hech 
bo‘lmasa uzoqdan ko‘ray» deb umid qildi. Bechora juvon Jamshid uchun bu ko‘chadan 
o‘tish ta’qiq etilganini qaerdan bilsin? 
Xat olish umidi sarob ekaniga o‘zini ishontirgach, tunning halovatsiz og‘ushida suygani 
bilan ko‘rishmoq onlarini xayolida jonlantirdi... 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish