Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/231
Sana25.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#463339
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   231
Bog'liq
Shaytanat 3- kitob

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
205
Chindan ham bu katta xonada turgan ham, o‘tirgan ham, yotgan ham ko‘p edi. Havo 
issiq, nafas olish og‘ir edi. Qariyb ikki soatdan oshiq sovuq mashinada o‘tirgan Sharifga 
issiq xush yoqib, avvaliga badbo‘yga uncha e’tibor bermadi. 
U nima qilishini, qaerga o‘tirishni bilmay eshik yonida qaqqayib turib qoldi. 
Qadim o‘tgan shoir: 
«Sipoh gardidin bo‘ldi olam siyoh. 
Na xurshid ko‘rundi unga, na moh»,
deb yozganida mana shunday qamoqxonadagi tirbandlikni ham nazarda tutganmikin? 
Bunda kissavur ham, kallakesar ham, xizmatchiyu olim ham — barchasi jamlangan edi. 
Bunda ham maxsus burchak — qimorxona mavjud edi. 
Bunda najas, shiptir hidi ham, tamaki, ter hidi ham, xullas, dunyodagi barcha sassiq 
hidlar to‘plangan edi. 
Sharif e’tiborini burchakdagilarga qaratdi: ularning «ish kuni» avjida. «Bular ham tilla 
tishlarni sug‘urarmikanlar», deb o‘yladi Sharif. 
Tura-tura oyoqlari tolgan Sharif cho‘k tushib o‘tirib, devorga suyandi. Dam o‘tmay 
devorning zaxi badaniga o‘tib, junjikdi. Unga birov «beri kel» deb lutf qilmadi. Bu orada 
ovqat berdilar. Eplagan oldi, eplay olmaganlar keyingi ovqatga umid qildilar. Sharif shu 
umidvorlar qatorida qoldi. 
Badani zirqirab, yotgisi keldi. Yaqindagina bir kishi yotib turgan karavotga yaqinlashib 
«Birpas yotay», deb so‘radi. 
— E, yo‘q, hozir kelib, hozir yotaman, deb o‘ylayapsanmi? Bu yerda yotish huquqini olish 
uchun uch-to‘rt kun yerda yotib pishasan, — dedi karavot egasi. 
Bu gapdan boshqalar kuldi. «Bir pas yota qolsin», deydigan insof egasi topilmadi. U 
noiloj devor tomonga qaytib cho‘kdi. Shu ahvolda birpasgina mudradi. Shu mudrashda 
tush ham ko‘rdi: 
— Nimalar qilib qo‘ydingiz, adasi? — dedi Nasiba bosh chayqab. 
— Nima qilibman? 
Ularga yaqinlashmang devdim, quloq solmadingiz. 
— Adashdim, Nasiba... 
— Siz ilmingizga xiyonat qildingiz. Xudo sizga aql bergan edi, siz aqlsizlar bilan 
qoldingiz... 
— Xudo kechirsin... 
Boshi chayqalib uyg‘ondi. 
Kuni shu zaylda boshlanib, shu zaylda davom etdi. «Karavotingda yotay», deb boshqa 
yalinmadi. Xuddi ko‘chadagi tilanchilar kabi cho‘nqayib o‘tiraverdi. 
Qancha vaqt o‘tganini bilmaydi. Badanida titroq uyg‘ondi. U dorining xumori tutdi, deb 
o‘yladi. Aslida uning isitmasi ko‘tarila boshlagan edi. Anchagacha chidadi, so‘ng titragan 
holda o‘rnidan turdi. Burchakda qimor o‘ynayotganlar tomonga najot bilan qaradi. 
Ularning o‘yin paytida nasha tortish odatlari bo‘lardi. Hech bo‘lmasa bir tortarman, hech 
bo‘lmasa tutunini hidlarman, deb o‘sha tomonga yurdi. Davraga yaqinlashganda 
o‘tirganlardan biri o‘girilib qarab: 
— Nima deysan? O‘ynamoqchimisan? — deb so‘radi. 
— O‘ynardimu... pulim yo‘q-da... — dedi Sharif. 
— Puling bo‘lmasa jo‘na. 
— Bir torttiringlar... 
— Nima? 
— Qurug‘idan... faqat bir marta. 
— Jo‘na dedim. 
Sharif haqoratlangan odam qiyofasida o‘girilganda davradagilardan biri unga marhamat 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish