Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet213/231
Sana25.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#463339
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   231
Bog'liq
Shaytanat 3- kitob

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
213
quvonib, qadahni urishtirib ichdi. 
XXI b o b
I
Rivoyat qilishlaricha, Muso alayhissalom Bani Isroil qavmi bilan Fir’avn zulmidan 
qutulmoq niyatida Misrdan chiqib ketayotganlarida yo‘llarini to‘sib turgan dengiz 
Ollohning qudrati ila ikkiga bo‘linib, barchalari undan eson-omon o‘tib olgan ekanlar. 
Quvib kelayotgan Fir’avn va uning lashkarlari o‘rtaga kelganlarida dengiz iziga qaytib, 
qo‘shilib ularni qa’riga yutgan ekan. O‘limi haq ekanini bilgan Fir’avn iymon keltirib «Men 
musulmonlardandirman — Ollohga bo‘yinsunuvchilardandurman», degan ekan. 
Asadbek ham Abdurahmon tabibnikida shu holda edi. Garchi u Fir’avn kabi o‘zini Xudo 
deb bilmagan bo‘lsa-da, Ollohning birligiga hamisha ishonib kelgan esa-da, iymon 
chegarasiga ancha kech yaqinlashgan edi. Fir’avn uchun aytilgan «Al ana va qod osoyta 
qablu va kunta minal mufsidiyn»* oyati karimasini balki Asadbek uchun ham eslamoq 
joizdir, vallohi a’lam? Bu kabi hukm etmakka bizda (huquq) yo‘qtur. Ammo Rasuli Akram 
janobimiz Ollohdan rivoyat etgan so‘zda buyurilganki: «Ya bani Adama! Iza vaqaat fil 
balai zakartani va iza kashaftuhu nasiytani kaannaka maa araftani».* 
Asadbek kabilar uchundir, deb fikr qilishimizning boisi shundaki, azon tovshini 
eshitganda, xususan Abdurahmon tabibnikida ibodatni ixtiyor etgan odam, xastaligi 
chekina borgani sayin yana asl holiga qayta boshladi. Bu g‘ofil banda shifoga yetishmog‘i 
bir sinov ekanini, bulutlar orasida ko‘ringan quyosh dillarni bir yayratib, so‘ng yana 
berkinishini, so‘ng ko‘p o‘tmay tun boshlanayajagini qaydan bilsin? 
Abdurahmon tabibnikida «Uyga borgach, har kuni masjidga chiqaman», degan qarorga 
kelgan Asadbek ahdiga vafo qilmadi, o‘z tashvishlariga berilib ketdi. 
Ayniqsa, Xongireyning sovg‘asi uni ko‘p o‘ylamoqqa, tadbir bilan ish yuritmoqqa majbur 
etdi. Jamshidning ozgina muddat bo‘lsa-da, Xongirey qo‘lida ta’lim olib qaytgani ham 
unga bir tashvish edi. Shu bois uning izidan odam qo‘ydi, qizini ham kuzatdi. Zaynab 
ko‘proq ota uyida bo‘lgani sababli uni ortiqcha kuzatishning hojati ham yo‘q edi. Lekin 
bu kuzatuv boshqa natija berdi: Kesakpolvonning Zaynab atrofida o‘ralashib yurishini 
Asadbekning o‘zi ham sezdi, yigitlar ham aytishdi. Hamisha buzuqlik botqog‘iga botib 
yuruvchi Kesakpolvonning Zaynab atrofida ivirsishidan Asadbek boshqa gumonga bordi. 
Shahar markazidagi uch qavatli imoratning yerto‘lasiga joylashgan idorasida 
Kesakpolvon bilan yolg‘iz qolganida shu mavzuda gap ochdi: 
— Zaynabning atrofida nima uchun o‘ralashib qolding? — dedi Asadbek unga qattiq 
tikilib. 
Kesakpolvon bir kunmas-bir kun shunday savol berilishini kutgani uchun dovdiramadi. 
— Men uning amakisiman. O‘z qizimdan a’lo ko‘raman. Bechora ezilib ketdi-ku? 
— Sening ishing bo‘lmasin. Ezilib ketgan bo‘lsa, qaraydigan otasi bor. 
— Mahmudga ham shunday deysanmi? 
— Mahmud men aytgan ishni qiladi. 
— Mahmud uni ignaga olib bordi. 
— Bekor aytibsan! 
— Sen yashirganing bilan devorlarning quloqlari bor. Bizga ham yetib keladi. O‘zing gap 
ochding, aytay: o‘g‘illaringni olim bo‘lishini istarding — bu o‘zingning ishing. Menda o‘g‘il 
yo‘q. Qizim yasan-tusandan boshqasini bilmaydi. Lekin Zaynab boshqacha. U sening 
yo‘lingdan bormoqchi. U senga o‘xshaydi. Aqlli, qo‘rqmas, qasoskor... 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish