Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet212/231
Sana25.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#463339
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   231
Bog'liq
Shaytanat 3- kitob

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
212
— Zo‘rrog‘i-da, — dedi Mamatbey. 
— Qaysi biri zo‘r? 
— Bilmayman. 
— Shuni aniqlaysan. U ham zo‘r bo‘lsin, ham bizga itoat etsin — Hosilning o‘rnini bossin. 
O‘yla! 
Mamatbey bosh egib, o‘ylangan bo‘ldi. Keyin yelka qisib «Amr hojamdandir», degan 
ma’noda qaradi. 
— Men Mahmudbeyga Asadning o‘rniga sen bo‘lasan, dedim. U bir oz noz qildi. Lekin 
men bunaqa nozlarga ishonmayman. Hali taxtdan voz kechadigan ahmoq dunyoga 
kelmagan. Yuragiga cho‘g‘ solganman. Ikkinchi cho‘g‘ni sen Gaydarga solasan. Ana endi 
ikkisi olishsin. Aqllisi, zo‘ri qoladi. Bizga o‘shanisi kerak. 
...Yarim kechada Kesakpolvon uyiga kelgan Mamatbeyning asosiy vazifasi shu — 
bo‘lajak taxt egasi qalbiga cho‘g‘ solish edi. Aslida bunda cho‘g‘ emas, to‘g‘rirog‘i, olov 
mavjud edi. Mamatbey endi bu olovga moy sepib alanga oldirmog‘i darkor. 
— Mahmudbey Maskovdan qanday gap olib keldi?— Mamatbey shu savolni berib
ayyorona kulimsiradi. 
— U Xongireyning sovg‘asini olib keldi, — dedi Kesakpolvon, gapni qisqa qilib. 
— Asadbeyning sog‘lig‘i qalay? 
— Yaxshi, — Kesakpolvon shunday deb ajablandi. 
— Bu kasal yomon... oxiri olib ketadi... 
— Nima deyapsiz? 
— Rakning davosi yo‘q. 
— Rak deb kim aytdi sizga? 
— Kim aytishi mumkin? Ha, yana bir savol: Asadbey nima sababdan Hosilbeyni otdi, 
bilmaysanmi? 
— Asadbek otmadi. 
— Senga yolg‘on gapirish yarashmaydi. Asadbeyning o‘rniga o‘tiradigan odam haqgo‘y 
bo‘lishi kerak. 
— Haqgo‘y deng... Bitta donishmand aytgan ekan: «Agar ro‘parangdan zaharli ilon bilan 
haqgo‘y chiqib qolsa, avval haqgo‘yni o‘ldir». 
— Biz unday donishmand emasmiz. Biz oddiy odamlarmiz. Haqgo‘ylarni yaxshi ko‘ramiz. 
Haqiqat shuki, o‘sha kuni men boshqa yoqda edim. 
— Bilishimizcha, Hosilni sen ko‘mibsan? 
— Kim aytdi? 
— Kim aytishi mumkin? — deb jilmaydi u. — Umuman savob ish qilgansan. Musulmonni 
ko‘mib qo‘ygan yaxshi. 
— Shu gaplarni... Mahmud aytdimi? 
— Aytmaganida... Jamshidbey ikkita kallani ko‘tarib kelgan bo‘lardi. G‘ilay sadoqatliroq 
ekan, churq etmadi. Senlar o‘rgatgan gapni to‘tiqushday takrorlayverdi. 
— Bu gaplarni nima uchun menga aytyapsiz? 
— Xongirey Asadbey o‘rnida seni ko‘rmoqchi. Mahmudbeyda shunday harakat borligi 
bizga ma’lum. Lekin u eplay olmaydi. Asadbeyning eng yaqin odami — sensan. Biz 
senlarning ishlaringizga aralashmaymiz. O‘zlaring hal qillaring. Men «lalayib o‘tirib, 
o‘ljani og‘zingdan oldirma!» degani atayin keldim. 
Kesakpolvon uning kelishidan maqsadini sezganday bo‘ldi. Shu bois o‘smoqchilab 
so‘radi: 
— Agar yordamingiz kerak bo‘lsa-chi? 
— Biz — qardoshlarmiz, — dedi Mamatbey. 
Kesakpolvon kelajakda nima bo‘lishi bilan ishi yo‘q, bugun hamnafas topilganidan 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish