www.ziyouz.com
kutubxonasi
206
qildi. Chekib ado bo‘layozgan o‘rama papirosni berdi. Sharif yutina-yutina tutatib joyiga
bordi. Avval cho‘nqaydi. So‘ng yotib oldi. Nasha ta’sirida sal rohatlanganday bo‘ldi.
Nashaning kuchi qirqilib, isitmasi yana ko‘tarilgach, bezovtalana boshladi. U uchoqdan
mashinaga chiqquniga qadar, so‘ngra yo‘ldagi sovuqda shamollaganidan, zotiljam
xastaligi vujudiga hukm o‘tkaza boshlaganidan bexabar edi.
Sharif og‘zi qurigan, titragan holda qaddini arang ko‘tardi. Picha devorga suyanib o‘tirdi.
So‘ng qiynalib bo‘lsa-da, o‘rnidan turib burchakdagi davraga asta yurib yaqinlashdi.
Uning bu turishi ko‘cha-ko‘yda xorlanib yuradigan mayparastlarning ayni o‘zi edi.
Davradagilardan biri ijirg‘anib:
— Yana nima deysan? — dedi.
— Bitta torttiring.
— Torttiraymi? Hozir, — u shunday dedi-da, Sharifning yuziga musht tushirdi. Keyin
uning behush tanasi tepki ham yedi. Sharif shu holida ancha yotdi. So‘ngra atrofdagilar
unga rahm qilib, joyiga — devor yaqiniga, muzdek beton ustiga yotqizib qo‘ydilar.
Davradagilardan biri yozilib chiqayotib, hali ham qimir etmay yotgan Sharifga e’tibor
berdi. Joyiga o‘tirayotib:
— Sasha, nima balo o‘ldirib qo‘yding shekilli, qoravoy qimir etmay qolibdi, — dedi.
Urgan yigit avvaliga qo‘l siltadi, so‘ng «Hozir o‘ziga keltiraman», deb o‘rnidan turdi-da,
Sharifning bilagini ushladi.
— Tirik. Qoravoylarning joni qattiq bo‘ladi. Hozir nashatir spirt beramiz, — dedi-da...
Sharifning ustiga tahorat ushatdi. U to ishini tugatguncha davradagilar kulgilari bilan
quvvatlab turishdi.
Sharif chindan ham tirik edi. Hushi ham o‘ziga qaytgan, faqat holsizligi tufayli qimirlay
olmayotgan edi. U kaltaklagan yigitning nima qilayotganini avval tushunmadi. So‘ng
xo‘rlik va alamdan bo‘g‘ildi. O‘rnidan turmoqni, uning bo‘g‘ziga chang solmoqni istadi.
Bor kuchini to‘plab turishga intildi, biroq gavdasi o‘ziga bo‘ysunmadi: yerparchin bo‘lib
qolaverdi. Istakni bajarish uchun quvvat kerak. Uni esa quvvat tark etgan edi. Bir ozdan
keyin sudralib quruqroq joyga o‘tdi. Ko‘ngli aynib, o‘qchidi. Ichida hech narsa bo‘lmagani
sababli qayt qilolmadi.
Karavoti borlar yotib uyquga ketishdi. Demak, kech kiribdi...
«Men necha kundan beri bu yerdaman? Meni buncha xorlashadi? Bu xorlikdan o‘lganim
yaxshi emasmi? Yaxshi... Ammo o‘lishning chorasi bormi?» deb o‘yladi Sharif.
Uning fikri qat’iylasha boshladi. O‘limni chaqirdi.
Qani endi o‘lim hazrati oliylari kela qolsa, shoshila qolsa...
O‘lim-ku kelar, ammo qay holda jon beradi? Hayotda omadsiz edi, o‘limda ham shunday
bo‘ladi shekilli? Itday xor bo‘lib o‘ladi, murdasini itning o‘ligiday olib chiqib tashlashadi.
Ko‘mishadimi yo kuydirisha-dimi?
«Nima qilsa qilar, shu yerdan qutulsam bo‘ldi», deb o‘yladi u.
Hozir Sharif Nasibani, bolalarini o‘ylamas edi. U azoblardan qutulish yo‘linigina
axtarardi...
Qadimning alloma shoiri aytganidek:
Kishidinki qaytti jahon ichra baxt,
O‘zi zor bo‘lur, ishi barcha saxt.
Agar qochsa har sori yeldek, qazo
Anga yetkurur javru dardu balo...
Qazo uni quvib yurgan ekan. Quva-quva shu sassiq qamoqxonada bo‘g‘zidan ushladi.
Sharif sal o‘ziga kelgach, o‘rnidan turib gandiraklaganicha burchakdagi davraga
Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik
Do'stlaringiz bilan baham: |