Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo
Yahyo ibn Sharaf Navaviy
www.ziyouz.com kutubxonasi
87
illallohu va anna Muhammadan rasululloh», deb aytmagunlaricha, namozni ado
etishmaguncha va zakotni bermagunlaricha ular bilan urushmoqlikka buyurildim. Agar
mana shu aytilgan narsalarni bajarishsa, ular o‘z jonlari va mollarini mendan
saqlashibdi. Lekin Islom haqlarida (ya’ni, had va qasoslar) bunday emas. Buning hisobi
Alloh taologa havoladir», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
391/2. Abu Abdulloh Toriq ibn Ushaymdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Kim «La ilaha illalloh», deb Allohdan boshqaga ibodat
qilishni inkor etsa, uning moli va
joniga hamla qilish haromdir. Uning hisobi esa Alloh taologa havoladir», dedilar.
Imom
Muslim rivoyatlari.
392/3. Abu Ma’bad Miqdod ibn Asvaddan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Men Rasululloh
(s.a.v.)ga: «Agar biror kofir kimsaga yo‘liqib, u bilan urishib qolsam va u qilichi bilan
qo‘limga urib birini kesib tashlasa, keyin qochib daraxt orqasiga yashirinib: «Alloh uchun
musulmon bo‘ldim», desa, uni o‘ldirishga haqlimanmi, ey Allohning rasuli?» desam,
Rasululloh (s.a.v.)
«O’ldirmagin», dedilar. Shunda men: «Ey
Rasululloh, bir qo‘limni
kesib, keyin musulmon bo‘ldim, deb aytgan-ku», desam, Rasululloh (s.a.v.)
«O’ldirmagin, chunki agar o‘ldiradigan bo‘lsang, u o‘ldirilishidan oldingi sening
mavqe’ingda bo‘ladi. Va sen bu so‘zni (ya’ni, Islomga kirdim, deb aytganidan) oldingi
mavqe’da bo‘lasan», dedilar».
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
393/4. Usoma ibn Zayddan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.) bizni Juhayna
qabilasidan bo‘lgan Huraqa nomli jamoaga jo‘natdilar. Biz subhda ularning suvi ustiga
yetib keldik. Men va ansoriylardan biri u qavmdan bo‘lgan bir kishiga yo‘liqib,
uni tutib
oldik. Va u: «La ilaha illalloh», degan edi, ansoriy do‘stim qo‘yib yubordi. Men nayzam
bilan urib uni o‘ldirdim. Qachonki, Madinaga borsak, bu qilgan ishim Rasululloh
(s.a.v.)ga yetibdi. U zot menga: «Ey Usoma, «La ilaha illalloh»,
desa ham,
o‘ldirdingmi?» dedilar. Men: «Ey Rasululloh, u panoh topish uchun shunday qildi»,
desam, u zot: «(U) «La ilaha illalloh», deganidan keyin ham o‘ldirdingmi?» deb
aytaverganlaridan men: «Qaniydi, bu kundan oldin musulmon bo‘lmasam edi», deb orzu
qildim».
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Boshqa rivoyatda: «Rasululloh (s.a.v.)
«(U) «La ilaha illalloh», desa ham
o‘ldiraverdingmi?» dedilar. Men: «Ey Rasululloh, qilichdan qo‘rqib aytdi-ku», desam, u
zot: «Sen uning qalbini yorib, aytgan yoki aytmaganligini bildingmi?» deb shu so‘zlarni
takrorlayverdilar. Hattoki, men shu kun musulmon bo‘lmaganimda-ku, deb orzu qildim»,
deyiladi.
394/5. Jundub ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
musulmonlardan tashkil topgan bir guruh askarni mushriklardan bo‘lgan
bir jamoaga
yubordilar. Ular o‘sha joyga borishdi. O’sha yerdagi mushriklar orasida bir kishi bor edi.
U agar musulmonlardan birortasiga (yomonlikni) qasd qilsa, uni bajarib o‘ldira olar edi.
Keyin musulmonlardan bo‘lgan bir kishi u mushrikni g‘aflatda qolganida o‘ldirishni qasd
qildi. Biz uni Usoma ibn Zayd deb aytardik. Usoma qachonki qilichni ko‘targan edi, u
mushrik: «La ilaha illalloh», deb aytdi. Usoma uni shu holatda ham o‘ldiraverdi. Xabar
beruvchi Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelganida, u zot bo‘lib o‘tgan voqeani so‘radilar.
Shunda u kishi bu kimsa qilgan narsaning xabarini berdi. Rasululloh (s.a.v.) Usomani
chaqirib: «Nima uchun o‘ldirding?» deb so‘radilar. Usoma: «Ey Rasululloh, u
musulmonlarga
ozor berib, falon va falon kishini o‘ldirdi, - deb bir necha nafar kishini
nomma-nom keltirdi, - unga hamla qilsam, qilichimni ko‘rib qolib «La ilaha illalloh»,
dedi», deb aytdi. Rasululloh (s.a.v.): «O’ldiraverdingmi?» dedilar. Usoma: «Ha», dedilar.
Rasululloh (s.a.v.): «Agar qiyomat kuni «La ilaha illalloh» kelib (da’vo qilsa), nima
qilasan?» degandilar, Usoma: «Ey Rasululloh, men uchun istig‘for ayting», dedi.
Rasululloh (s.a.v.): «Agar Qiyomat kuni «La ilaha illalloh» kelib (da’vo qilsa), nima
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
www.ziyouz.com kutubxonasi
88
qilasan?» deb, mana shundan («Agar Qiyomat kuni «La ilaha illalloh» kelib (da’vo qilsa),
nima qilasan?») boshqa so‘zni ziyoda qilmadilar.
Imom Muslim rivoyatlari.
395/6. Abdulloh ibn Utba ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Umar
ibn Xattobning
(r.a.) «Rasululloh (s.a.v.) zamonlarida odamlar (qanaqaligi) vahiy orqali ayon bo‘lar edi.
Hozir esa vahiy tushishi to‘xtadi. Biz hozir sizlarning ustki ko‘rinishingizga qarab turib
hukm qilamiz. Kimningki tashqi ko‘rinishi yaxshi bo‘lsa, bizning undan ko‘nglimiz tinch
bo‘lib, o‘zimizga yaqin qilamiz. Uning ichki holati bilan esa Allohning O’zi hisob-kitob qilib
oladi. Kim tashqi ko‘rinishida yomon ko‘rilsa, bizning undan ko‘nglimiz tinchimaydi. Va
agar ichki holatim yaxshi, desa ham uni tasdiqlamaymiz», degan so‘zlarini eshitdim».
Imom Buxoriy rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: