48-BOB
Yaxshilarga, zaiflarga, miskinlarga ozor
berishdan ogohlantirish haqida
Alloh taolo:
«Mo‘min va mo‘minalarga biron gunoh qilmasliklaridan ozor beradigan
kimsalar ham bo‘hton va ochiq gunohni o‘z ustlariga olibdilar» (Ahzob surasi,
58-oyat);
«Bas, endi siz ham yetimga qahr qilmang. So‘rovchi gadoni
esa (biron narsa bermasdan) haydamang» (Zuho surasi, 9-10-oyatlar), deb aytgan.
Bu bobga taalluqli hadislar ko‘p bo‘lib, oldingi bobda kelgan Abu Hurayradan qilingan
386 hamda 33-bobdagi 261-262-hadislar ham shu bobga tegishlidir.
389/1. Jundub ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim
bomdod namozini o‘qisa, u Allohning himoyasidadir. Bas, (ey insonlar), Alloh sizlarni
o‘sha himoyaga tajovuz qilgan holda topmasin. Kimni endi tajovuz qilgan holda topsa,
uni yuzi bilan jahannam o‘tiga tashlaydi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |