Microsoft Word rizyozus solihiyn ziyouz com doc



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/541
Sana31.12.2021
Hajmi1,49 Mb.
#276293
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   541
Bog'liq
Imom Navaviy. Riyozus solihiyn

 
47-BOB 
Alloh taolo bandasini yaxshi ko‘rganining alomatlari 
va ular bilan ziynatlanish hamda uni qo‘lga 
kiritish uchun harakat qilmoq haqida 
 
Alloh taolo: 
«Ayting (ey Muhammad), agar Allohni sevsangiz, menga ergashinglar. Shunda 
Alloh sizlarni sevadi va gunohlaringizni mag‘firat qiladi. Alloh (gunohlarni) 
mag‘firat qilguvchi, mehribondir» (Oli Imron surasi, 31-oyat); 
«Ey mo‘minlar, sizlarning ichingizdan kimda-kim dinidan qaytsa, Alloh 
boshqa bir qavmni keltirurki, Alloh ularni yaxshi ko‘rur, ular Allohni yaxshi 
ko‘rurlar. Ular mo‘minlarga xokisor, kofirlarga esa qattiqqo‘l, biron 
malomatgo‘yning malomatidan qo‘rqmay, Alloh yo‘lida kurashadigan 
kishilardir. Bu Allohning fazlu marhamati bo‘lib, O’zi xohlagan kishilarga berur. 
Alloh fazlu karami keng, bilguvchidir» (Moida surasi, 54-oyat), degan. 
386/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Alloh taolo: «Kim 
Mening do‘stimga dushmanlik qilsa, unga urush e’lon qilaman. Bandam O’zim unga farz 
qilgan narsadan mahbubroq boshqa biror narsa bilan Menga yaqin bo‘la olmaydi. 
Bandam Menga nafllar bilan yaqinlik qilishda bardavom bo‘lib, shu darajaga yetadiki, 
Men uni yaxshi ko‘rib qolaman. Agar yaxshi ko‘rib qolsam, eshitadigan qulog‘i, 
ko‘radigan ko‘zi, ushlaydigan qo‘li hamda yuradigan oyog‘i bo‘laman. (Ya’ni, Men izn 
bermagan narsani eshitmaydi, ko‘rmaydi, ushlamaydi va qadam qo‘ymaydi.) Agar 
Mendan so‘rasa, so‘ragan narsasini beraman. Agar panoh tilasa, panoh beraman», 
dedi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari. 
387/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Agar Alloh taolo 
bir bandani yaxshi ko‘rsa, Jabroil alayhissalomni chaqirib: «Albatta Alloh taolo falon 
kishini yaxshi ko‘radi, sen ham uni yaxshi ko‘rgin», deydi. So‘ngra Jabroil alayhissalom 
osmon ahllarini chaqirib: «Albatta Alloh taolo falon kishini yaxshi ko‘radi, sizlar ham uni 


Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
86
yaxshi ko‘ringlar», deydilar. Bas, osmon ahli ham yaxshi ko‘rishadi. Keyin bu narsani yer 
ahli ham qabul qilishadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
Imom Muslimning rivoyatlarida keltirilishicha, Rasululloh (s.a.v.)  «Agar Alloh taolo 
biror bandasini yaxshi ko‘rsa, Jabroil alayhissalomni chaqirib: «Men falon kishini yaxshi 
ko‘raman, sen ham uni yaxshi ko‘rgin», deydi. Keyin Jabroil alayhissalom ham uni 
yaxshi ko‘radilar va osmon ahlini chaqirib: «Albatta Alloh taolo falon kishini yaxshi 
ko‘radi, sizlar ham uni yaxshi ko‘ringlar», desalar, osmon ahli ham o‘sha kishini yaxshi 
ko‘rishadi. Keyin bu narsani yer ahli ham qabul qilib olishadi. Agar Alloh taolo biror 
bandasini yomon ko‘rsa, Jabroil alayhissalomni chaqirib: «Men falon kishini yomon 
ko‘raman, sen ham uni yomon ko‘rgin», deydi. Bas, Jabroil alayhissalom ham uni yomon 
ko‘radilar. Keyin osmon ahllarini chaqirib: «Albatta Alloh falon kishini yomon ko‘radi, 
sizlar ham uni yomon ko‘ringlar», deb aytadilar. Keyin bu yomon ko‘rish yer ahlida ijro 
bo‘ladi (ya’ni, bu kishi yer yuzida hammaning ko‘ziga yomon ko‘rina boshlaydi)», 
dedilar. 
388/3. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bir kishini askarlar guruhiga 
boshliq qilib bir joyga yubordilar. U kishi imom bo‘lib ularga namoz o‘qib bersa, faqat 
«Qul huvallohu ahad»ni qiroat qilar edi. Qachonki, askarlar (Madinaga) qaytib 
kelishganida buning qilgan ishini Rasululloh (s.a.v.)ga aytib berishdi. Rasululloh (s.a.v.) 
«Nima uchun bunday qilganini undan so‘ranglar-chi», deganlarida, ular bu haqda u 
kishidan so‘rashdi. Shunda u: «Chunki bu surada Rahmonning sifati kelgan. Men ana 
shu sababli bu surani o‘qishni yaxshi ko‘raman», dedi. Rasululloh (s.a.v.)  «Bu kishiga 
xabar beringlar, albatta Alloh taolo ham (uni) yaxshi ko‘radi», dedilar. Imom Buxoriy va 
Muslim rivoyatlari. 

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   541




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish