www.ziyouz.com kutubxonasi
83
kambag‘al holatda qoldirdim», dedi. Shunda Umar (r.a.): «Men Rasululloh (s.a.v.)ning
«Sizlarga Uvays ibn Omir ismli kishi Yaman ahlidan bo‘lgan yordam talabidagi kishilar
bilan birga keladi. U Murod, keyin Qaran qabilasidan. Unda peslik bo‘lib, tuzalganda
faqatgina dirham miqdoridagisi qolgan bo‘ladi. U onasiga nihoyatda itoatlidir. Agar
Allohni o‘rtaga qo‘yib qasam ichsa, Alloh uni (onasiga qilgan yaxshiligi sababli) ro‘yobga
chiqaradi. Agar sen uchun istig‘for aytmog‘iga ko‘ndirsang, uni qilgin», deganlarini
eshitganman», dedilar. Bu ulug‘ kishi hajdan qaytganidan so‘ng Uvaysning oldiga borib:
«Mening haqqimga istig‘for ayting», deb iltimos qildi. Shunda Uvays: «Siz menga
istig‘for ayting. Chunki siz endigina muborak safardan qaytdingiz», deb yana: «Siz hajda
Umar (r.a.) bilan uchrashdingizmi?» deb so‘radi. U ulug‘ kishi: «Ha», dedi. Qachonki,
kishilar Uvaysning kim ekanligini bilib qolishganidan keyin u yerdan ham chiqib ketdi.
Imom Muslim rivoyatlari.
Imom Muslimning Usayr ibn Jobirdan (r.a.) qilgan boshqa rivoyatlarida aytilishicha,
Ko‘fa ahli Umar (r.a.) huzurlariga vakil bo‘lib kelishganida, ularning orasida Uvaysni
masxaralovchi bir kishi bor edi. Umar (r.a.): «Oralaringizda Qaran qabilasidan biror kishi
bormi?» deganlarida, haligi masxaralovchi kishi keldi. Shunda Umar (r.a.): «Rasululloh
(s.a.v.)ning «Sizlarga Yamandan bir kishi keladi. Uning ismi Uvays. Yamanda onasidan
boshqa kishisi yo‘q. Uning badanida oqlik (peslik) bor. Allohga duo qilgan edi, undan bu
peslikni ketkazdi. Faqatgina dinor yoki dirham miqdoridagina qolgan. Kim o‘sha kishiga
yo‘liqsa, istig‘for so‘rashini iltimos qilsin», deganlarini eshitganman», dedilar.
Imom Muslimning Umardan (r.a.) qilgan boshqa rivoyatlarida: «Men Rasululloh
(s.a.v.)ning «Tobe’inlarning yaxshisi Uvays ismli kishidir. Uning onasi bor. Va badanida
oqlik (peslik) bor. Bu kishi sizlarga istig‘for aytishini iltimos qilinglar», deganlarini
eshitganman», deyilgan.
373/14. Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.)dan umra qilish
uchun izn so‘radim. U zot izn berib: «Ey birodar, duoingda bizni unutmagin», dedilar.
Ana shunda menga shunday so‘z aytdilarki, u so‘zni dunyoga alishtirish meni xursand
qilmas edi». Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.
Boshqa rivoyatda: «Ey birodar, duoingda bizni sherik qil», deyilgan.
374/15. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Quboni ot minib yoki
piyoda ziyorat qilib turardilar. Va u yerda ikki rakat namoz o‘qirdilar. Imom Buxoriy va
Muslim rivoyatlari.
Boshqa rivoyatda keltirilishicha, Rasululloh (s.a.v.) har shanba kuni Quboni ot mingan
holda yoki piyoda ziyorat qilardilar. Ibn Umar (r.a.) ham shu sunnatga amal qilardilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |