«Alloh sizlarni O’zining (azobidan) ogoh qilur» (Oli Imron surasi, 28-oyat);
«U Kunda kishi o‘z og‘a-inisidan ham, onasi va otasidan ham, xotiniyu bola-
chaqasidan ham qochur! (Chunki) ulardan har bir kishi uchun u Kunda o‘ziga
yetarli tashvish bo‘lur» (Abasa surasi, 34-37-oyatlar);
«Ey insonlar, Parvardigoringizdan qo‘rqingiz! Zero, (qiyomat) soati (oldidagi)
zilzila ulug‘-dahshatli narsadir. Uni ko‘rar kuningizda emizayotgan (onalar)
emizib turgan (bolasini) unutar va barcha homilador (ayollar) o‘z homilasini
tashlab yuborar; odamlarni mast-alast holda ko‘rursiz, holbuki ular o‘zlari mast
emaslar, lekin Allohning azobi qattiqdir» (Haj surasi, 1-oyat);
«Parvardigori (huzurida) turishdan (ya’ni, o‘zining Parvardigor oldida turib hayoti
dunyoda qilib o‘tgan barcha amallariga javob berishdan) qo‘rqqan kishi uchun ikki
jannat bordir» (Rahmon surasi, 46-oyat);
Do'stlaringiz bilan baham: |