Ma’rifat va diniy bag`rikenglik rezolyutsiyasi



Download 229,44 Kb.
Pdf ko'rish
Sana15.02.2022
Hajmi229,44 Kb.
#449808
Bog'liq
Диний кадриятлар тикланиши лотин



Mavzu: Diniy qadriyatlarning tiklanishi. “Ma’rifat va diniy bag`rikenglik 
rezolyutsiyasi”ning qabul qilinishi va ahamiyati. 
O„zbekiston – bebaho qadriyatlari bilan azaldan olamni o„ziga maftun etib 
kelgan munavvar diyor. 
Qadriyat so„zi alohida e‟tibor va e‟zozga ega bo„lgan odat ma‟nosini anglatar 
ekan, u bir xalq ichida emas, barcha xalqlar tomonidan e‟tirof etilsa, oliy maqom 
kasb etadi. O„zbekiston zaminida yashovchi xalqlarga mansub kattayu kichikka 
birdek salom berish, keksalarni e‟zozlash, qo„shniga hurmat, qarindoshga oqibat, 
bolaparvarlik, mehmonni ikrom etish, dini va millatidan qat‟i nazar Bani bashar 
avlodiga uning, avvalo, inson ekanligi e‟tiboridan bag„rikeng munosabatda bo„lish 
kabi fazilatlar asrlar davomida jahon tamadduni sahifalariga zarhal harflar bilan 
bitilgan.
Ikkinchi jahon urushida O„zbekistonga ko„chirilgan kattayu kichikka 
ko„rsatilgan mislsiz mehr-oqibat tillarda doston bo„lgan. Ona xalqimiz etimlarni 
bag„riga bosib, ular bilan bir burda nonini baham ko„rib, minglab insonlarning 
hayoti va hayotdagi munosib o„rnini saqlab, yaxshilikning oliy namunasini namoyon 
qilgani ma‟lum va mashhur haqiqat. Etim so„zi arab tilidan tarjima qilganda 
“yolg„iz, yagona”, degan ma‟noni anglatadi. Bu so„z urush yillarida yurtimizda o„z 
ma‟nosidan uzoqlashdi. Manbalarga ko„ra, O„zbekistonga urush o„choqlaridan 
ko„chirilgan 200 ming murg„ak bolaning barchasi oilali, boshpanali bo„ldi.
Islom dini ko„rsatmalarida etimlarga mehr ko„rsatish jannatiy fazilat sifatida 
e‟tirof etilgan. Hadisi sharifda Muhammad alayhis-salom: “Men va etimga kafillik 
qiluvchi, ya‟ni etimga g„amxo„rlikni o„z zimmasiga oluvchi jannatda yonma-yon 
bo„lamiz”, deya ikki barmoqlarini juftlashtirib ko„rsatdilar. Qo„limizdagi ikki 
barmoq bir-biriga qanchalik yaqin bo„lsa, etimni bag„riga bosuvchilar ham olamlar 
sarvari bilan jannatda shunchalar yaqin turar ekanlar.
Islom dinining asrlar davomida bashariyatni ezgulikka, ma‟rifatga chorlab 
kelayotgan, yillar davomida hayotbaxsh ma‟nolari kishilar qalbidan o„rin olib, 
tarixning turli murakkab onlarida ham benazir hamdam, dillarga malham bo„lib, 
hazrat Alisher Navoiy ta‟biri bilan aytganda, turmushiga ro„zg„or safoligini, 
dunyoqarashiga hidoyat ziyosini olib kirayotgan tushunchalarini diniy qadriyatlar, 
deb ataymiz. Bu qadriyatlar imon, e‟tiqod, vijdon, diyonat, ma‟naviyat kabi o„lmas 
va engilmas tuyg„ular samarasidir. Bu qadriyatlar oliy darajadagi odob-axloq, bilim 
va ma‟rifatning asosidir. Ularda tinchliksevarlik, haqsevarlik, insonparvarlik, 
ma‟rifatparvarlik, mehnatsevarlik hamda bunyodkorlik kabi umuminsoniy, deya 
e‟tirof etilgan, jahon tamadduni taraqqiyotiga bemisl ulush qo„shgan an‟analar 
hosilasi mujassam. 
Kezi kelganda milliy va diniy qadriyatlarimiz o„zaro chambarchas bog„lanib 
ketganini, ularni bir-biridan ajratish mushkulligini ta‟kidlash joiz. Ayniqsa, ko„p 
asrlar mobaynida xalqimiz qalbidan chuqur joy olib, hayot ma‟nosini anglash, milliy 
madaniyat, turmush tarzimiz, qadriyatlarimiz, urf-odat va an‟analarimizni bezavol 
saqlashda muqaddas dinimiz qudratli omil bo„lib kelmoqda. Zero, insoniylik, mehr-
oqibat, halollik, oxiratni o„ylab yashash, yaxshilik, mehr-shafqat singari xalqimizga 
mansub bo„lgan fazilatlar aynan ana shu zaminda ildiz otadi va rivojlanadi. 


Sir emaski, qadriyat masalasi islomda ibodat darajasiga ko„tarilgan. Ibodatlar 
mohiyatida esa qadriyatlarni muhofaza qilish yotadi. Masalan, Qur‟oni karim va 
hadisi shariflarda ota-onaga yaxshilik qilish ta‟kidlangan. Bu qadriyat savobi ulug„ 
amallardan hisoblanadi. SHoir ta‟kidlaganidek,
“Otang bilan onang qalbi o„tar Ka‟ba tavofidin,
Alar ko„nglini shod etsang bu xizmat ham ibodatdir”. 
Islomdagi besh asosning mohiyatiga e‟tibor qaratilsa, ularning barchasi 
insoniyat uchun qadriyat hisoblangan ezguliklarga chorlashi ma‟lum bo„ladi. 
Masalan, imonning eng kichik belgisi yo„ldan kishilarga ozor beradigan narsani olib 
tashlash, deyiladi. Islom asoslari insoniyatni yomon va buzg„unchi ishlardan 
qaytarishi qayd etilgan. Savob uchun ochlik va tashnalikni iroda qilsa-yu 
yomonliklardan tiyilmasa, bunday mashaqqatdan hech qanday manfaat yo„qligi, 
savob uchun ulug„ ziyoratga borsa-yu ammo tilini buzuq so„zlar, o„zini fisqu fujur 
ishlardan tiymasa, hatto uzoq davom etgan safaridan ham foyda bo„lmasligi 
ta‟kidlangan. Daromadining qirqdan birini ehtiyojmand kishilarga beraman desa-yu, 
bu daromad nopok yo„llardan kelgan bo„lsa yoxud nopok yo„llarga sarflansa, savob 
qilaman, deb gunoh va jinoyatga botib ketishi haqida ogohlantirilgan. Demak, 
islomda savob va qadriyat tushunchalari o„zaro chambarchas bog„langan. 
O„zini imonli, deb hisoblovchi har bir inson atrofdagilarga faqat ezgulik 
ulashib, kishilarga ozor beradigan ishlardan o„zini tiyishi lozim. Bu borada Alisher 
Navoiy insoniyatga ibratdir. So„z sultonining umrini buyuk ishlarga bag„ishlashiga 
sabab bo„lgan tuyg„u komil imon edi. SHuning uchun hazrat: “Naqdi jon chiqqanda 
imon gavharin ko„nglimg„a sol, Aylagil jondin judo, lek etma imondin judo”, deya 
munojot qildi. 
Qadim-qadimdan zaminimizda ulug„langan qadriyatlardan biri bu kattaga 
hurmat, rahbarga itoat, qonunga rioyatdir. Har bir imonli inson yoshi ulug„larni 
e‟zozlashi, rahbarlarga bo„ysunishi, davlat va jamiyat qonun-qoidalariga amal qilishi 
o„ta muhim. Ayni paytda islom olamining ba‟zi nuqtalarida yuz berayotgan 
parokandalik va ziddiyat, ixtilof va adovat, halokatning asosiy sabablaridan biri 
aynan shu kabi tushunchalarning barbod bo„lganidandir. “Kattalarimizni hurmat, 
kichiklarimizga shafqat qilmaganlar bizdan emas”, “Baraka kattalaringiz bilan 
birga”, “Bir qavmning mo„„tabar kishisi kelsa siz ham uni izzat-ikrom qiling”, “Kim 
sultonni xorlasa, Alloh uni xorlaydi” mazmunidagi hadislar mazkur fikrlarga isbot 
bo„ladi. 
Milliy va diniy qadriyatlarimizdan yana biri halollik hisoblanadi. Buyuk 
bobokalonimiz Bahouddin Naqshbandning “Ibodat o„n qism bo„lsa, shundan to„qqiz 
qismi halollikni talab qilish, qolgan bir qismi boshqa ibodatlardir”, degan o„gitlari 
halollik maqomi qanchalar yuksak ekanini ko„rsatib beradi. Halollik har tomonlama 
poklikni ifodalaydi. SHu o„rinda yana Navoiy o„gitlari yodga keldi. Buyuk 
mutafakkir barkamollik namunasi bo„lgan Farhodni tavsiflab, “Demangkim, ko„zi 
poku ham so„zi pok, Dili poku, tili poku ham o„zi pok”, deydi. 
Halollikning eng muhim jihatlaridan biri o„g„rilik, poraxo„rlik, firibgarlik
davlat mulkini talon-taroj qilish kabi bu kishilar mulkiga tajovuz va xiyonat 
qilishdan tiyilish sanaladi. Halollikning muhimligidan, unga olib boruvchi 
vositalarning barchasi, ayniqsa, mehnat qilish, kasbu hunar bilan shug„ullanish ham 


islomiy qadriyatlar orasida alohida o„rin tutadi. Kishilar haqiga ko„z olaytirish, 
tama‟girlik muqaddas dinimizda qoralanadi. Hadisi sharifda “Inson o„z qo„li bilan 
ishlab topgan luqmasidan shirinroq ne‟mat yo„q”, ekanligi ta‟kidlangan. SHuning 
uchun diyorimizdan o„tgan buyuk alloma va mutafakkirlar kasbu hunar bilan 
shug„ullangan. Masalan, Toshkentning Hastimom – Hazrat Imom dahasiga nomi 
qo„yilgan Abu Bakr SHoshiy qaffollik, ya‟ni qulfsozlik qilgan. Abu Sa‟id Xarroz 
kosiblikni, Abu Hafs Haddod temirchilikni kasb qilgan bo„lsa, Bahouddin 
Naqshband matoga gul solganlar. Diyorimiz musulmonlari amal qiladigan hanafiy 
mazhabi asoschisi – Imoi A‟zam No„„mon ibn Sobit tijorat bilan shug„ullangan. 
Xalqimiz mehmondo„stligi olamga mashhur. Dunyoda o„zidan-da mehmonini 
izzat qiladigan kam sonli millatlardan biri. O„zbek xonadonlarida hamisha to„satdan 
kelib qoladigan mehmon uchun zaxira hozirlangan. Agar unday imkon bo„lmasa, 
qo„shnidan yordam olib bo„lsa-da mehmonga taom hozirlangan. Bu esa 
mehmondo„stlik milliy va diniy qadriyatlar uyg„unligining yorqin ifodasidir. Hadisi 
sharifda qayd etilgan “Kimki Allohga va oxirat kuniga imon keltirgan bo„lsa, 
mehmonini ikrom qilsin”, degan tamoyilga amal qilish ajdodlarimizdan bizga etib 
kelgan go„zal an‟ana hisoblanadi. SHu sabab o„lkamizga tashrif buyurgan sayyohlar 
qadim-qadimdan bu erdagi go„zal urf-odatlarga maftun bo„lgan. O„z ehtiyojidan 
boshqalar ehtiyojini ustun qo„yuvchilar Qur‟oni karimda Hashr surasi 9-oyatida 
malh qilinganlar. Mazkur oyatda “iysor qiluvchilar” maqtaladi. “Iysor” so„zi arab 
tilidan tarjima qilinganda ustun qo„yish ma‟nosini anglatadi. YA‟ni, o„z ehtiyojidan 
boshqalar ehtiyojini yuqori qo„yib, nafsini baxillikdan saqlagan kimsalar najotga 
erishishi bayon qilingan. Bu esa go„zal islomiy qadriyatlardan biri sanaladi. Bu 
o„tgan payg„ambarlar, aziz avliyolar, ulug„ mutafakkirlar, buyuk allomalarga xos 
bo„lgan yuksak fazilat. O„zbekistonda hali hanuz mazkur fazilat ko„zga tashlanadi. 
Emay edirish, kiymay kiydirish kabi xislatlari bilan mehmon, musofir, keksa, 
qo„shni, qarindosh, bola, etim-esir, beva-bechorani e‟zozlagan yurtimiz zamini 
qadim-qadimdan fayzu barakaga boy o„lka sifatida dovruq qozondi. Mazkur 
qadriyatlar YAngi O„zbekistonni barpo qilishda hayotimiz ko„rkiga aylanib, 
Uchinchi Renessans poydevori uchun tamal toshi bo„lib xizmat qilmoqda. Ustozlar, 
ota-onalar, ziyolilar o„zaro chambarchars bog„lanib ketgan milliy va diniy 
qadriyatlarimiz mohiyatini xalqimizga, ayniqsa, yosh avlodga etkazishlari 
bugunning dolzarb vazifasidir 
Ma‟naviy meros qadim zamonlardan beri ajdodlarimiz, ota-bobolarimizdan 
bizgacha etib kelgan ma‟naviy boyliklar – siyosiy, falsafiy, huquqiy va diniy 
qarashlar, axloq – odob me‟yorlari, ilm-fan yutuqlari, tarixiy, badiiy va san‟at 
asarlari majmuidir. Ma‟naviy qadriyatlar, boyliklar inqilobiy yo„l bilan hosil 
qilinadigan hodisa emas, u jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida uning 
ehtiyojlari tufayli yuzaga keladi va o„sha davr hayotini aks ettiradi, u jamiyat 
o„zgarishi bilan yo„qolib ketmaydi, keyingi avlodlar uchun meros bo„lib qoladi. 
Har bir avlod ma‟naviyatni yangidan yaratmaydi, balki mavjud ma‟naviy merosga 
tayanadi. Biroq uni qanday bo„lsa shundayligicha, ko„r-ko„rona qabul 
qilavermaydi, taraqqiyparvarlik, insonparvarlik, adolat nuqtai nazaridan qabul 
qiladi va rivojlantiradi. 


Istiqlol tufayli milliy madaniyatimiz, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga 
bebaho hissa qo„shgan buyuk bobokalonlarimizning ma‟naviy merosi qaytadan 
o„rganildi va tiklandi. Xalqimiz ulardan bahramand bo„la boshladi. Mustaqillik 
yillarida xalqimiz ma‟naviyati yulduzlari bo„lgan buyuk allamalarimizning 
tavallud topgan tarixiy sanalari YUNESKO bilan hamkorlik mamlakatimizda va 
xalqaro miqyosida keng nishonlandi: 
- 1991 yil – Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi; 
- 1992 yil – Boborahim Mashrab tavalludining 350 yilligi; 
- 1993 yil – Zahriddin Muhammad Bobur tavalludining 510 yilligi; 
- 1994 yil – Mirzo Ulug„bek tavalludining 600 yilligi; 
- 1996 yil – Amur Temur tavalludining 660 yilli; 
- 1997 yil – Abdulhamid Sulaymon o„g„li CHo„lpon tavalludining 100 
yilligi; 
- 1998 yil – Ahmad al-Farg„oniy tavalludining 1200 yilligi; 
- 1999 yil – «Alpomish» dostoni yaratilganining 1000 yilligi; 
- 2000 yil – Burhonnidin Marg„inoniy tavalludining 910 yilligi; 
- 2000 yil – Kamoliddin Behzod tavalludining 545 yilligi; 
- 2001 yil – «Avesto» yaratilganining 2700 yilligi. 
- 2004 yil – 25 mart – Vazirlar Mahkamasining “Xoja Ahror Valiy 
tavalludining 600 yilligini nishonlash to„g„risida”gi 143-son qarori qabul qilindi. 
- 2004 yil – 16 iyul – Vazirlar Mahkamasining “SHohi Zinda yodgorlik 
majmuasida qayta tiklash va obodonlashtirish ishlarini tiklash to„g„risida”gi 337-
son qarori qabul qilindi. 
Buyuk allomalarimiz yubileylari munosabati bilan ularning o„nlab noyob 
asarlari turli tillarda nashr etildi, ularga atab haykallar o„rnatildi, ziyorathoglar, 
bog„lar yaratildi. 
1991 yilda buyuk bobomiz Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi keng 
nishonlandi. SHu yili O„zbekiston Fanlar akademiyasi Adabiyot institutiga Alisher 
Navoiy nomi berildi, Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti ta‟sis etildi. 
YUbiley yilida «Lison ut-tair», «Sab‟ai-sayyor», «Farhod va SHirin», «Layli va 
Majnun», «Hayrat-ul abror» asarlari nashr qilindi, kinofilmlar va sahna asarlari 
yaratildi. 1991 yil 28 sentyabr kuni Toshkent shahrida barpo etilgan Alisher 
Navoiy haykali va Navoiy nomidagi O„zbekiston Milliy bog„ining ochilishi 
marosimi bo„lib o„tdi. 
1994 yil oktyabr oyida Mirzo Ulug„bek tavalludining 600 yillik yubileyi 
o„tkazildi. Ulug„bek madrasasi, Ulug„bek yashagan davrdagi astranomik asboblar, 
Toshkentdagi Ulug„bek haykali aks etgan pochta markalari muomalaga chiqarildi. 
O„sha yil 24 oktyabrda Parijda YUNESKO zalida “Ulug„bek va Temuriylar davri” 
mavzusida Xalqaro konferensiya hamda “Ulug„bek va an‟anaviy san‟at” 
ko„rgazmasi bo„lib o„tdi. Bu tadbirlar Mirzo Ulug„bek qoldirgan ilmiy merosning 
umuminsoniy qadriyatga molik ekanligini yana bir bor isbot etdi. 
1998 yil 23 oktyabrda Farg„onada byuuk alloma Ahmad al-Farg„oniyning 
1200 yillik yubileyi nishonlandi. Uning noyob ilmiy merosi xalqimizga qaytarildi. 


Farg„ona shahrida al-Farg„oniy bog„i yaratildi va buyuk allomaga haykal 
o„rnatildi. 

Download 229,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish