Microsoft Word oxirzamon ziyouz com doc



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/132
Sana09.07.2022
Hajmi1,18 Mb.
#765166
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   132
Bog'liq
True

Kutubxonachi.uz
100
hammasi falakning gardishi bilan davom etayotir. Hech qanday izsiz. Mendan keyin kimdir orbital 
stantsiyani ko‘zdan kechiradigan bo‘lsa, bir narsaga ko‘zi tushishi mumkin. U ham bo‘lsa mening o‘z 
hayotim haqidagi yozuvlarim, samoviy rohibning taqdir, vaqt to‘g‘risidagi, kassandra-embrionlarning 
qanday qilib va nima uchun menga oshkor bo‘lib qolganligi to‘g‘risidagi memuarlardir. O’zimdan 
qoldirganim faqat shu. Agar, o‘g‘lim Entoni Yunger bordi-yu bular senga ma’qul tuyulsa, ana shu 
yozuvlarni men senga vasiyat qilib qoldiraman.
Qimmatli Yunger, kechirasan, senga o‘g‘lim deb murojaat qilayotirman, bu mening yurak amrim. 
Taqdirimdan rozimanki, odamlar oldida seni o‘g‘lim deyayotirman. Mening hayotim shunday kechdiki, 
farzandsiz qoldim va oxir-oqibatda, so‘nggi lahzalarda Entoni Yunger degan o‘g‘lim bor deb o‘ylayman.
Zal jim bo‘lib qoldi. Yana Filofeyning ovozi yangradi:
— Meni afv etasizlar, odamlar! Vidolashish paytida hammasini aytolmaysan. Lekin bir narsa haqida 
indamasdan tura olmayman. Meni ko‘pincha soxta rohib, soxta Filofey deb atashgan. Ha, bu to‘g‘ri. 
Hech kim meni rohib bo‘lish uchun sochimni qirqqan emas, menga hech kim Filofey deb ism bermagan. 
Lekin gap cherkov marosimida emas, gap taqvodorlikdadir. Bu sohada meni to‘g‘ri tushunishlarini 
so‘rayman.
Vaqt yetdi. Sizlar bilan vidolashaman. Yer kurrasini ekranlardan birida butunisiga ko‘rib turibman — 
sayyoramiz koinot bo‘shlig‘ida suzib yuribdi, ikkinchi ekranda esa ayrim-ayrim manzaralar yirik qilib 
ko‘rsatilayotir — unda hatto daraxtlar, o‘tlar, toshlar ko‘zga tashlanadi. Birdan qandaydir g‘alati, 
hozircha tushunib bo‘lmaydigan manzara paydo bo‘ldi. Agar orbital monitordagi manzaralarni 
yerdagilarga olib ko‘rsatish texnikaviy jihatdan mumkin bo‘lsa edi. Siz o‘sha manzarani o‘z ko‘zingiz 
bilan ko‘rgan bo‘lar edingiz. Qarang, qarang, mana ekran mening yonimda, o‘ng tomonimda turibdi, 
qarang ekranda dengiz, bu ummon — Atlantika okeani! Qarang, sohil yaqinidagi sayoz qirg‘oqqa 
qandaydir dahshatli to‘lqinlar yopirilmoqda va nima bo‘layotganini ko‘rib turibsizlarmi?! Kitlarni 
ko‘rayapsizmi?! Man shu kitlar, bir gala bo‘lib suzib yurishibdi. Ular tog‘larga o‘xshab okeandan suzib 
chiqishmoqda, qarang, voy-bo‘y dahshat. Yopiray, Tangrining qudrati bilan kitlar o‘qday suzib kelib 
o‘zini qirg‘oqqa otmoqda! Ular nimalar qilyapti? Bular o‘zini o‘zi o‘ldiradigan kitlar-ku! Ularga nima 
bo‘lgan? Nima uchun suvdan chiqadi? Nima sababdan halok bo‘lishni xohlab qolishadi. Buning boisi 
nimada? Kitlarni shunday qilishga nima majbur etayotir? Qandaydir yovuz kuch, qandaydir dahshat 
o‘limga majbur qilayotirmi? Yoki bu keyingi qilmish-qidirmishlarimiz bilan bog‘liqmikin? O’zlarini o‘limga 
mahkum qilgan kitlarning nima uchun shunday qilayotganini tushunayotgandayman. Afsuski, bu 
hodisaning tub sababini chuqurroq o‘rgana olmayman, hayotning ana shu g‘aroyib jumbog‘ining sirini 
bilib olish uchun endi vaqt yo‘q. Robert Bork ham xuddi shu ahvolga tushib qolgan edi. Uning maqolasini 
o‘qir ekanman, tafakkurining naqadar teran ekanligini tuydim. Shu bilan birga matn ortida aytib 
ulgurilmagan yana qandaydir fikr bor edi. Men bir-birimizga dilimizni ochamiz va Ruhni yangichasiga 
tushuna boshlaymiz deb umid qilgan edim. Biroq bu nasib qilmadi. Kitlar ham xuddi shu ahvolga tushib 
qolgan. Ularning tili bo‘lganda edi, ko‘p narsalarni bilib olgan bo‘lur edik... Lekin men uchun endi kech 
bo‘ldi... ularning nolalarini eshitayotganga o‘xshayman. Kitlar meni chaqiryapti. Men kitlarga qo‘shilib 
ketaman. Men ham o‘zimni qirg‘oqqa uloqtirib o‘ldiradigan kitman. Azizim Robert! Men sening oldingda 
aybliman. Endi o‘zim kitlar bilan birga sening yoningga boraman. Alvido...
Shunday keyin hammaning ko‘z o‘ngida ro‘y bergan voqea tomoshabinlarni hang-mang qilib qo‘ydi. 
Filofey butun dunyoning ko‘z o‘ngida, teleekranlar ro‘parasida o‘tirgan barcha kishilarning qarshisida 
hayot bilan vidolashdi. Samoviy rohibning har bir harakatlari uning qarori qat’iy ekanligini ko‘rsatib 
turardi. Rohibning o‘zini o‘zi o‘ldirayotganini hamma ko‘rib turdi. Va hech kim Filofeyni o‘lim 
bo‘sag‘asidan qaytara olmadi...
Zalda vahimali jimlik hukm surar edi. Hech kim qimir etmas, ovozini chiqarmas edi. Barchaning nigohi 
samoviy rohib hayotining so‘nggi onglari aks etgan ekranga qadalgan edi. Entoni Yunger o‘lim erkinligi 


Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish