Microsoft Word oxirzamon ziyouz com doc



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/132
Sana09.07.2022
Hajmi1,18 Mb.
#765166
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   132
Bog'liq
True

Kutubxonachi.uz
99
— Do‘q-po‘pisani to‘xtating! Laqillatganingiz yetar! hamma eshitib qo‘ysin: bu samoda turib insoniyat 
ustidan hukmronlik qilmoqchi bo‘lib yurgan shaytoni laindir. Ha, ha, o‘tmishning hokimi mutlaqlari ana 
shunday qudrati mutlaq haqida xayol surganlar, butun dunyoda hukmron bo‘lishni orzu qilganlar, 
inchunin bu o‘sha Gitler, o‘sha Stalin. Ular qon kechib kelib, qon kechib ketganlar. Bu esa samodan 
turib tovlamachilik qilish bilan dunyoda hukmron bo‘lmoqchi. Hozir u xalq nafratidan yiroq, ana shuni 
bilib turib, insoniyatga zulm o‘tkazmoqda!
Entoni Yunger chidab tura olmay mikrofonga otildi:
— Mister, sizning kim ekanligingizni men bilmayman mikrofonga qarab tomog‘ingizni yirtishdan oldin 
yo‘q deganda o‘zingizni tanishtirsangiz-chi!
— Mening ismim o‘lguday jo‘n — Smit, Jon Smit.
— Bu boshqa gap, Jon Smit! Siz bilibmi-bilmasdanmi, ishning mohiyatini noto‘g‘ri talqin qilayotirsiz, 
sizning ozodligingizni-yu huquqingizni hech kim poymol qilmayotir. Siz xohlaganingizday 
yashayverishingiz mumkin. Biroq kashfiyot qilgan, kishilik tarixida eng buyuk kashfiyot qilgan olim 
sizning betashvish, bamaylixotir yashashingiz uchungina o‘zining ilmiy tadqiqotlarining natijalarini 
jamiyatdan yashira olmadi va u buni yashirmasligi shart edi. Filofeyni haqiqatdan, o‘zlikdan voz 
kechishga majbur qilsa bo‘lar, lekin voqea voqeligicha qolaveradi — kassandra-embrionlar 
yashayveradi. Kassandra tamg‘asi bundan buyon o‘zimizdagi yovuzlik nishonasi bo‘lib qolaveradi. Va 
biz o‘zimizga firib bermasligimiz, bor narsani o‘zimizdan yashirmasligimiz darkor. Aksincha, biz, aniqroq 
nima desam ekan, harbiylar tili bilan aytganda, o‘qqa ko‘kragimizni tutishimiz kerak...
— Nima deyapsiz?! Shunday deb bo‘ladimi — o‘qqa ko‘krak tutish kerak emish! Kim ko‘krak tutadi? 
Ayollar ekan-da, — butun zalda xotin-qizlar guv etib dod-voy solishdi. — Siz faqat erkaklarning 
manfaatini ko‘zlaydigan xudbin ekansiz! Xotin-qizlarning ishtirokisiz ish bitirishga erkaklarga kim ruxsat 
berdi! Bu yerda ham la’nati patriarxat ish berayotir! Men shaxsan o‘qqa ko‘krak tutmayman! O’sha 
jirkanchni, isnodni peshonamga tamg‘a qilib bosib yurmoqchi emasman.
— Kechirim so‘rayman! — ekrandan Filofeyning ovozi chiqdi. — Kechirasiz. Xudo haqi, men sizning 
so‘zingizni bo‘lmoqchi emas edim, lekin aytmasdan tura olmayman: Kassandra alomati — nuqson ham, 
isnod ham emas. Aslo, men tushuntirib berdim: bu kassandra-embrionning odam bolasida avloddan-
avlodga jamg‘arilib borilayotgan yovuzlikka munosabati, bu biz bilan sizni ogoh qilayotir. Dunyo oxir 
bo‘lishining sababi o‘zimizda — Kassandra tamg‘asi ana shunday nishonadir. Iltimos, tinchlaningiz. Shu 
daqiqada meni eshitib turganlarning hammasidan o‘tinib so‘rayman, oxirgi vidolashuv so‘zimni aytib 
olishga ruxsat etgaysiz. So‘nggi bir kechayu kunduzda ko‘rganlarim, eshtganlarim mening 
kashfiyotimning juda barvaqt, bemahal ekanini, bu kashfiyot zamondoshlarimizga tushuniksiz ekanini 
ko‘rsatdi. Va shuning uchun men yo‘qolishga, hayotdan ketishga, yaxshilik bilan, ezgulik bilan, tinchlik 
bilan foniylikdan boqiylikka rixlat etishga qat’iy qaror qildim, buni men hech kim xalaqit bermaydigan 
kosmosda qilaman. Ana shu daqiqalarda meni eshitib, ko‘rib turgan yoki meni keyinroq bilib oladigan 
insonlar oldida o‘z aybimga iqror bo‘lmoqchiman. Men eng musaffo niyatlar bilan ish ko‘rgan bo‘lsam 
ham sizlarni qiynoqqa solib qo‘ydim. Endi hayotdan ko‘z yumayotirman. Men hozir ochiq fazoga 
chiqaman. Shunday qilib hayotimga yakun yasayman. Buni taqdir deydilar. Men bunday o‘limga 
tayyorman, boshimga shlyom kiysam bo‘ldi. Men Pushkinning “O’sha, bulutdan yuksak hujraga Xudoga 
qo‘shni bo‘lib yashirinsam” degan chaqirig‘iga ko‘ra intilib samoviy hujramni tark etishdan oldin, ya’ni 
so‘nggi qadam tashlashimdan ilgari meni ko‘rib va eshitib turgan barcha odamlarni ishontirib 
aytmoqchimanki, sayyoraga zondaj-nurlar tarqatib turgan barcha asbob-uskunalarni o‘z qo‘lim bilan 
yo‘q qildim. Barcha hisob-kitoblar, tadqiqotlar, tadqiqotlar bilan bog‘liq barcha yozuvlar, Kassandra 
tamg‘asi fenomeni bilan aloqador jamiki narsalar yo‘q qilindi. Bularning hammasi yo‘qoldi. Bularning 
hammasi o‘zim bilan birga ketadi. Bundan buyon xotirjam bo‘linglar. Ehtimol, inson tafakkuri 
qachonlardir bu hodisaga yana qaytajak, lekin bu bizdan keyin bo‘ladi, bu kelajakning ishi. Hozircha esa 


Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish