Kutubxonachi.uz
56
majbur qilish uchun shay turishipti. Bu hech ham mubolag‘a emas, ishoning, bu insoniyatga qarshi
fitnadir. Xuddi shunday! Mening tashvish tortayotganimning boisi ana shunda, hurmatli saylovchilar!...
Zal xuddi shuni kutib turgan ekan. Odamlar prezidentlikka nomzodning nutqiga mahliyo bo‘lib, undan
sehrli nigohlarini uzmay qo‘yishdi. Hozir Oliver Ordokning og‘zidan chiqqan so‘zlar ularning dillarida
hamdardlik va xayrixohlik topdi. Odamlar “Alfa-Beysbol” sportzali gumbazlari tagida birgalikda nafas
olishar, Oliver Ordokning da’vatkorona so‘zlariga butun vujudlari bilan quloq tutishar edi. Shak-
shubhasiz bu g‘alaba edi. Ordokning xalq oldidagi mag‘lubiyatidan keyingi yorqin zafari edi.
U g‘alabaga yo‘l topdi, u topganda ham ustalik bilan topdi, u strategiyasini bexato o‘zgartirdi, ana endi
samarasini totib turipti.
Ordokning o‘zi ham o‘zgarib ketdi. Endi minbarda butunlay boshqa odam turganday edi. Uning
so‘zlari zaldagilarga qanday kuchli ta’sir etganini ko‘rib, gapirgan sayin ruhan parvoz qila boshladi. Bu
o‘z-o‘zidan mamnun bo‘lish, muvaffaqiyatdan lazzatlanish, o‘z so‘zidan qanoatlanish va rohatlanish
lahzasi edi; bunaqasi har doim ham bo‘lavermaydi; unga shunday tuyuldiki, uning so‘zlari qaynab chiqib,
tevarak-atrofdagilar dilidan, birinchi galda tahsinlar aytib turgan ayollar dilidan o‘rin olayotir, barcha
odamlar – erkaklar ham, ayollar ham o‘zlarini unga yaqin tutishar va har bir kishi unga jon deb quloq
osar edi. Ordok qattiq pishqirib uyurdagi biyalarga shitob bilan hujum qilgan ayg‘irga o‘xshash shu
holatdan kuch olardi, har bir so‘zi o‘ziga kuch bag‘ishlar va o‘ta ardoqli, lekin hali qo‘lga kiritilmagan
hokimiyat bilan qovushib ketish onining yaqinligini oldindan sezish hissini uyg‘otar edi. Ordok o‘zida
boshqalarga tinimsiz amri-farmon berish istagi nish urganday sezdi, bu da’vat boshqalarga hokim
bo‘lish, buyruq berish, bo‘rilik qilish hissi odamlar qonida hali ular o‘rmonlarda yarim vahshiy holda
yashab yurgan chog‘laridan buyon yashab keladi. Lekin hokimiyat lazzatiga yo‘l nutqlar oqimi orqali
o‘tar edi — bunda so‘zlar zich qatorlar hosil qilib, qal’ani, bu o‘rinda Filofeyning g‘oyalarini va uning hali
mag‘lub bo‘lmagan hamfikrlarining g‘oyalarini zabt etish uchun ishga solingan edi, u Filofey fikrlariga
qarshi kurashish uchun hamfikrlarini o‘z tevaragida jipslashishga va buyruq berish bilan kurashga
otlanishga undardi.
ha, bu Oliver Ordokning oshig‘i olchi turgan payt ekanidan nishona edi. Hamma unga tahsin o‘qirdi.
Hozir bo‘lganlar ichida faqat bir kishi — minbar yaqinida ekranda lip-lip ko‘zga tashlangan yigit bu fikrga
qo‘shilmas edi. Entoni Yunger sahnaning bir chekkasida yakkakift bo‘lib, go‘yo unga tosh otishganday
ikki qo‘li bilan boshini changallab o‘tirar edi; uning qo‘l tomirlari bo‘rtib chiqqan, hayajonda edi.
Endi Oliver Ordok hujumni avj oldirdi. U o‘z nutqini zalda va undan tashqarida hamfikrlariga so‘zini
o‘tkazadigan va muvaffaqiyatni mustahkamlaydigan qilib tuzgan edi. Bu uning uchun favqulodda qulay
payt edi.
–
Men siz bilan bizning hushyorligimiz zarurligi haqida gapirar ekanman. — “Alfa-Beysbol” zalida
o‘tirganlarga sidqidildan murojaat qilar ekan, eslatib qo‘ydi u, — biz siz bilan mislsiz kosmik avantyura
qurbonlari bo‘lib qolmasligimiz uchun jamiyat manfaatlarini ko‘zda tutayotirman. Axir, masala
umumjahoniy miqyos kasb etadi, ayni vaqtda bu har bir kishiga, jumladan, bu yerda hozir bo‘lganlarning
hammasiga daxldordir, saylovoldi uchrashuvida esa Filofeyning inson genofondini buzishga qaratilgan
sayyoraviy eksperimentlaridan, jamiyatda sarosima uyg‘otadigan, o‘zlarimizda hayotga intilish hissini
yo‘qotadigan tajribalaridan o‘zimizni qanday himoya qilish haqida so‘z bormog‘i kerak.
–
hecham bunday bo‘lmaydi! — zalda darg‘azab ovozlar yangradi. — Bunga yo‘l qo‘ymaymiz!
–
Men ham shunday deb o‘ylayman, — davom etdi Oliver Ordok. — Buning uchun bor kuchimni
sarf qilaman. Meni hech narsa to‘xtata olmaydi. Lekin paydo bo‘lgan kosmik xavfni va yerda turib
yelkasini Filofeyga tutadigan, vaziyatni buzadigan, sodda qilib aytadigan bo‘lsak — suvni loyqalatadigan
kishilarni qanday qilib, qaysi yo‘l bilan daf qilish mumkin bo‘larkin? Odamlarning va xalqlarning taqdiri
haqida so‘z borayotgan ekan, men o‘zimni umumiy gaplar bilan cheklanib qoladigan qandaydir
oliyhimmat jentelmen qilib ko‘rsatmoqchi emasman. Filofeychilar bilib qo‘yishlari kerak — biz ular bilan
Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov
Do'stlaringiz bilan baham: |