Kutubxonachi.uz
58
gangib qoldiki, shu paytda tap etib yiqilib tushishi hech gap emasdi. Shunga qaramasdan o‘zini ushlab
oldi. Yig‘ilish muvaffaqiyatli tugadi. Endi uni oxiriga yetkazish, g‘alabani mustahkamlash kerak edi. Zalda
hamon “Or-dok, Or-dok” degan ovozlar yangrardi. U har holda o‘zini qo‘lga oldi, imoishoralar va
ovozlarni bosdi-da, jimlik cho‘kkan zahoti so‘z boshladi:
— Bu yerda kimdir Robert Borkka achinayotir, nega endi? Aslini olganda hech kim uning ko‘kragidan
itarayotgani yo‘q. Bork bu yerga kelsin, xalqni o‘z fikriga ishontirsin, ya’ni o‘sha osmondagi Filofey
ikkalasi elu elatni, odamlarni, millatni, bo‘lajak avlodlarni deb jonlarini fido qilayotganlarini aytsin.
Menga qaqshatqich zarba bersin! Kim yo‘q deydi?! Shukronalar bo‘lsin, biz dunyodagi eng demokratik
davlatning fuqarolarimiz. O’ylaymanki, Bork bir chekkada qo‘l qovushtirib qolavermaydi, balki so‘zga
chiqar. Bordi-yu u es-hushini yig‘ib olib, Filofeydan yuz o‘girsa, ochig‘ini aytsin va o‘ylaymanki,
qilmishlari uchun tavba-tazarru qiladi. Xullasi kalom, xohlaganiday gapirsin.
Amerikaning barcha gazetalari va jurnallari (faqat Amerikanikigina emas) uning xizmatida emasmi,
radio-chi, televidenie-chi? Kuyib-pishib gapiraversin. Biroq men ham chetda qololmayman, sizlarni
ishontirib aytamanki, hurmatli saylovchilar, ommaviy axborot vositalaridan menga ham jindakkina o‘rin
berishsa, bundan maqsadim zamondoshlarni o‘zimning futurologik nazariyalarim bilan zaharlash emas,
aslo, men har bir inson o‘t bilan, ya’ni Filofey ta’limoti bilan o‘ynashish nomaqbul ekanini, Bork Filofey
bilan birgalikda butun dunyoda yong‘in chiqarish payida ekanliklarini tushuntirishga harakat qilaman.
Borkning o‘y-fikrlarining mag‘zini chaqqan paytimdan e’tiboran tinchimni yo‘qotdim – uning g‘oyalari
shubhali va qo‘rqinchli, u qaerda bo‘lmasin yer yuzidagi barcha xotinlarni birma-bir zondajnur bilan
nurlantirish g‘oyasini o‘tkazishga, odam bolasining hammasini o‘z gunohlari uchun birma-bir tavba-
tazarru qildirishni talab etishga shay turibdi. Bularning hammasi an’anaviy dinlarni surib chiqarish,
odamlarning dillari ustidan yakka hukmronlik o‘rnatish uchun yangi din – Filofey dinini yaratadi. Jahon
dinlari ham o‘z kelajaklari haqida o‘ylab ko‘rishsin! Endi mana shular haqida bosh qotirishimiz kerak,
men ham mana shular haqida yozaman va gapiraman. Biz ana shu olimlarni – orbitadagi Filofeyni va
yerdagi Borkni o‘z vaqtida tiyib qo‘yish haqida o‘ylashimiz kerak. Men bu haqda shu yerda hozir bo‘lgan
barcha jurnalistlar uchun gapirayotirman. Tiyib qo‘yganda ham qonuniy yo‘l bilan, albatta qonun
asosida ish ko‘rish lozim. Odamlar ustida qilinadigan ana shunday eksperimentlarni dunyo bo‘yicha man
etish yo‘li bilan. Bu borada sizlarning madadlaringizga va ishonchlaringizga umid qilaman!
Yana olqishlar, qarsaklar yangrab ketdi, hamma o‘rnidan turdi, yana jazavasi qo‘zib ketganlar “Ordok,
Or-dok” deb qichqirishdi. Ordok qandaydir qoniqish hamda xijolat bilan xalqdan hozircha qarsaklarni
to‘xtatishni so‘radi:
— Men yana bir necha daqiqa vaqtingizni olaman va yana qo‘shimcha qilmoqchi edim...
Shu on sportzaldan olib borilayotgan ko‘rsatuv birdan uzilib qoldi. Ekran o‘chdi. Kimdir asabiylashib
qo‘li bilan televizorni o‘chirdi. Bu Jessi edi. Uning qachon qaytib kelganini, uyga qanday kirganini, shu
paytgacha qaerda turganini, qaerdadir yon tomondan o‘tirib hammasini ko‘rdimi, ko‘rganlaridan ruhi
cho‘kib qimir etmay o‘tirib qoldimi yoki hozirgina kirib keldimi — Bork bilmas edi. U ko‘z oldida bo‘lib
o‘tgan voqelardan tushkunlikka tushib kursida o‘tirar ekan, tevarak-atrofga befarq boqar edi.
— Qachongacha buni ko‘rish mumkin?! Qanday chidab o‘tiribsan? — eriga keskin gapirdi Jessi. —
Yetar! Bo‘ldi!
U indamadi.
— Kabinetdagi televizorni ham qo‘yma! — dedi jahl bilan. — Hozir hamma telefonlarni uzib qo‘yaman!
Xudo olsin ularni, hech kimning qo‘ng‘irog‘i kerak emas! Oliver Ordokning nayranglarini ko‘rganlarning
hammasi telefon qilaveradi! Qanday bema’nilik! Shu qadar ham razillik bo‘ladimi!
Bork indamadi.
Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov
Do'stlaringiz bilan baham: |