Kutubxonachi.uz
57
kelisha olmaymiz va ular har qanday ilmiy dalil-isbotlar keltirishmasin, biz ularning orqasidan ergashib
genetik qopqonga bormaymiz! Jumladan, men bir futurolog bilan, ilmiy doiralarda ma’lum va mashhur
bo‘lgan, dunyo taniydigan, amalda esa samoviy rohibning bosh tarafdori va hatto mafkuraviy
xizmatchisi bo‘lgan kishi bilan uzoq gaplashdim. Sobiq Sovet Ittifoqida jon-dili bilan dohiyga xizmat
qilgan va uning uchun jonini fido qilishga tayyor yigit-qizlarni, xato qilmasam, komsomol faollari
deyishadi. Filofeyning dastyori ancha yoshga kirib qolgan bo‘lsa ham, ana o‘shalarga o‘xshab ketadi, u
bizning dorilfununimizda ishlaydi va o‘zi shahrimizning yaqinida yashaydi, — o‘sha kishining oti Robert
Bork.
Zal jimib qoldi, o‘tirganlarning nafasi ichiga tushib ketdi va birozdan so‘ng boshlangan pichir-pichir
borgan sari avjga mindi: “Robert Bork! Robert Bork! Robert Bork! Qandaydir Robert Bork!”
–
Ana shunaqa, muhtaram saylovchilar. Robert Borkning ilmiy dalil-isbotlariga har qancha hurmat
bilan quloq solmay, uning diqqatini tirik odamlarning taqdirlarini inkor etishga hech kimning haqi
yo‘qligiga, Filofey qanday ilmiy maqsadlarni ko‘zda tutishidan qat’iy nazar, turmushimizga burun suqib,
buzg‘unchilik qilayotganiga qaratdim, endi esa bu odamning Filofeydan ham o‘tib tushajagiga ishonch
hosil qildim. Xuddi ana shunday odamlarda olimlik niqobi ostida dunyoviy yovuzlik yashirinib yotadi.
Robert Bork uchun uning falsafiy safsatalari, suhbatdosh va raqibning boshini gangitadigan jahoniy
g‘oyalari yon-verida yashayotgan oddiy kishining taqdiriga nisbatan muhimroqdir. Robert Bork har xil
ilmiy mulohazalarni pesh qilib bo‘lsa ham ana shu oddiy kishini, uning barcha muammolari va kulfatlarini
inkor etadi, uni insoniyatning unib-o‘sib turishiga putur yetkazadigan, bizni istiqboldan mahrum
etadigan Filofey ta’limotiga qurbon qiladi. Robert Bork o‘ta mutaassib, u bor vujudi bilan Filofeyni
himoya qiladi, unga shaytoni layinga xizmat qilganday xizmat qilishga tayyor.
–
Lekin afv etasiz, mister Oliver! Bu yakkama-yakka suhbatdagi gaplar-ku! — Ordokning so‘zlariga
chiday olmay, mikrofon oldiga chopib keldi Entoni Yunger. Uning afti qizarib-bo‘zarib o‘zgarib ketgan
edi. — Oralaringizda bo‘lgan suhbatni hammaga oshkor qilish insofdanmi?!
–
Men Bork bilan bo‘lgan suhbatimizni sir saqlamoqchi emasman, — pinagini buzmay gap qaytardi
Ordok. — Agar yakkama-yakka suhbat butun insoniyat taqdiriga daxldor bo‘lsa, agar Robert Borkka
o‘xshagan odamlar Filofeyning qo‘ltig‘iga suv purkab qilmishlarini ma’qullashayotgan, manzur
ko‘rishayotgan bo‘lsa va odamlar ongida uning nazariyalariga keng yo‘l ochib berishayotgan bo‘lsa,
uning butun dunyo ustidan nazorat qila olishi uchun sharoit hozirlashayotgan bo‘lsa, nega endi men u
bilan adi-badi aytib o‘tirishim kerak ekan?
Gulduros qarsaklar “Alfa-Beysbol” tomini teshguday bo‘ldi. Teleoperatorlar zalda u yoqdan bu yoqqa
yo‘rg‘alab, Oliver Ordokning yana bir ulkan yutug‘i sahnasini namoyish qilish uchun odamlarning
basharalarini yirik qilib ko‘rsatib turdi.
Entoni Yunger og‘iz juftladi:
–
Mister Ordok, bunday qilishga sizning haqingiz yo‘q...
Lekin zal Entonining og‘zini ochirmadi. Hamma uning ovozini o‘chirish, turgan joyida yer bilan yakson
qilish uchun gumburlatib qarsak chalaverdi.
Yunger bo‘lsa nimalarnidir gapirar, odamlardan baland kelish uchun ovozi boricha baqirib-chaqirar,
qo‘llarini paxsa qilib allanarsalar deb oyog‘i kuygan tovuqday u yoqdan bu yoqqa chopar edi, lekin bu
yonib turgan olovga yog‘ sepganday bo‘ldi va Yungerni mag‘lub qilish uchun hamma bir ovozdan
“Ordok! Or-dok! Or-dok! Or-dok!” deb salmoq bilan qichqira boshladi.
So‘ngra xuddi buyruq berilganday odamlar yoppasiga o‘rinlaridan qo‘zg‘alishdi va tik turgan holda
kaftlarini kaftlariga urib “Or-dok! Or-dok! Or-dok!” deb jon-jahdi bilan takrorlay boshladi.
Mana Ordokning zafar tantanasi. Uning raqiblaridan birontasi ham siyosiy jabhada bunday
muvaffaqiyat to‘g‘risida o‘ylagan ham emas. Ko‘rimsiz, so‘lg‘in, Gebbelsga o‘xshab ketadigan Ordok
o‘zini ko‘kka ko‘tarib ulug‘lagan shov-shuvdan, sehrli muvaffaqiyatdan yuragi yorilguday bo‘lib, boshi
Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov
Do'stlaringiz bilan baham: |