Microsoft Word oxirzamon ziyouz com doc



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/132
Sana09.07.2022
Hajmi1,18 Mb.
#765166
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   132
Bog'liq
True

Kutubxonachi.uz
59

Nega sen og‘zingga talqon olib o‘tiribsan?! — dedi Jessi chorasizlikdan. — Bunaqasini umrimda 
ko‘rgan emasman.

Sekinroq, mumkin bo‘lsa, — iltimos qildi Robert Bork, — sen baqirgan bilan hech narsa 
o‘zgarmaydi.

Sen jim o‘tirganing bilan ham hech narsa o‘zgarmaydi!
har ikkalasi ham dili xufton bo‘lib jim qolishdi. Tashqarida qorong‘i tusha boshladi. Kuzning ajoyib 
go‘zal kunlaridan biri ham tun qo‘ynida g‘oyib bo‘ldi, undan dardu alam, g‘amu tashvish qoldi, xolos. 
Ertangi kun qanday bo‘lishini Xudo biladi.
— Ko‘zimga, o‘zimga ishonmayman, — qaltiragan ovoz bilan jimlikni buzdi Jessi. — Ana shu ulkan 
muammo tevaragida munozaralar bo‘lishini bilardim. Lekin senga shunday razillik va pastkashlik bilan 
munosabatda bo‘lishadi deb o‘ylamagan edim... G’arazgo‘ylik bilan bir odamni butun dunyoga 
sharmandayu sharimsor qilsa bo‘laverar ekan-da?! O’sha ablahni o‘zimgina o‘ldirib qo‘ya qolsam! Shu 
odam Amerikaga prezident bo‘larmishmi? Xudo bordir, oxir! — Jessi ho‘ngrab yig‘lab yubordi.
Bork o‘rnidan turdi-da suv quyib xotiniga tutdi. Jessi suv ichar ekan, suvni yuziga sepdi va talvasadan 
stakan chekkasini g‘arch-g‘arch tishladi.
— Tinchlan, Jessi, endi menga quloq sol, — dedi-da, xotinining boshini silamoqchi bo‘ldi.
Jessi o‘zini nari oldi.

hech kimga quloq solmayman, hech kimga, va menga ham hech narsa dema, Xudo haqi! — u 
yig‘idan gapirolmay qoldi.

Bo‘pti, meni kechir. Birpas yoningda turay. Kechir.
Xotini kursida o‘tirgancha butun vujudi to‘lqinlanib, o‘zini to‘xtatolmay yig‘layverdi. Bork xotinining 
sochlari oqarib keksayib qolganini endi payqadi, bunga ilgarilari ahamiyat bermagan ekan. Buni hozir, 
mana shu mash’um daqiqada ko‘rib turibdi.
Bork bo‘lsa o‘zini uyida emas, boshqa joyda turganday his qilib xonada duch kelgan tomonga borib 
kelar edi. Ko‘zi hech narsani ko‘rmas, jarlikka qulab tushadiganday — uning uchun to‘xtab turish ham, 
yurish ham qo‘rqinchli edi, — zimdan bo‘lgan zarbaning kuchi ana shunday dahshatli edi.
Bork ba’zida ringdagi boksyorlarning janglarini televizorda kuzatar ekan, yengilib qolgan yigitga rahmi 
kelib, bitta zarb bilan nokaut bo‘lgan bokschi tevarak-atrofga boshqa sayyoradan kelib qolganday 
olazarak bo‘lib nigoh tashlab turganda uning xayolidan nimalar kechishi haqida o‘ylab ketar edi. Buning 
qanday bo‘lishini bilib oldi. Endi u tushundi: atrof olam o‘z o‘rnida turarkan-u, odamning o‘zida, uning 
ichki dunyosida — kallada, ko‘chadagi toshqin yomg‘ir suviday g‘uvillab oqib yurgan qonlarda
tafakkurning ana shu quturgan sel suvlari yuvib ketadigan qorong‘i jarligida bebosh fikrlar tug‘yonida 
barbod bo‘larkan.
U ancha vaqtgacha u yoq-bu yoqqa yurib turdi, uzoq va mashaqqatli yo‘l bosganday bo‘ldi, baloyu 
ofat iskanjasiga tushgan tafakkur o‘sha qorong‘i jarlikda, o‘tmish vayronalarida bezovtalanar edi, u 
bundan bir soat oldin ham o‘z ixtiyori o‘zida edi. Shaxsiyati haqorat qilinmagan edi. Endi esa hammasi 
Oliver Ordok tomonidan, u yo‘ldan ozdirgan olomon tomonidan oyoqosti qilingan, kuydirib-yondirilgan 
edi. U o‘zining shaxsiyati poymol qilinganligini hatto jismonan sezdi. Badanini olov qopladi. Bork odamlar 
ko‘z o‘ngida birinchi bor halokatga uchragan edi. Endi buyog‘i nima bo‘ladi? – degan savol tug‘ildi. 
Hammaning ko‘z o‘ngida izzat-nafsini oyoq osti qilgan kuchga taslim bo‘lib, o‘zini peshonasidan otib 
tashlasinmi yoki kuch to‘plab bellashuvga tayyorlansinmi — uchinchi yo‘l yo‘q edi; hamma zamonlarda 
odamlar ayniqsa mag‘lubiyatga uchragan paytlarida bor kuch-quvvatini ishga solib g‘anim bilan 
bellashganda adolatning, haqiqatning albatta tantana qilishiga ishonishgan. U bir kun kelib o‘zim 
o‘zimga “yo hayot – yo mamot” deb qasam ichaman deb hecham xayoliga keltirmagan edi. O’sha 
daqiqalarda o‘zicha yana bir ayanchli kashfiyot qildi: uning fojeasi — Jessi uchun shaxsiy fojeasidan 
ham dahshatli edi. Shu boisdan uning ko‘ngli yanada g‘ash bo‘la bordi, Jessining dardu alamini 


Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish