Microsoft Word oxirzamon ziyouz com doc



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/132
Sana09.07.2022
Hajmi1,18 Mb.
#765166
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   132
Bog'liq
True

Kutubxonachi.uz
66
Quyosh Kreml devorlari ortiga yashirindi, baqirib-chaqirgan olomon uzra ma’sum g‘ira-shira cho‘ka 
boshladi, qorli maydonlardagi mitinglar hamon na’ra tortar va quturar, reproduktorlardan jaranglagan 
otashnafas va tahlikali nutqlar yig‘ilganlarning butun vujudini alangalatib, eng yuqori nuqtaga chiqa 
boshladi. Ikkala maydondagi olomon o‘zicha adolatga da’vat etar, hukumatga va xalqqa murojaat qilar, 
faqat o‘zining haqligini, faqat o‘z nuqtai nazarini isbotlar, butun jahonga faqat o‘zining dalillari va 
xulosalarini oshkor etar, kuyib-yonar, zudlik bilan harakatga kelishga ishtiyoq sezib o‘zidagi 
kuchquvvatni ishga solish uchun junbushga kirgan edi. Har ikki tomon bir vaqtda ehtirosga mingan edi; 
tomonlar radio karnaylari orqali bir-birlariga ayb qo‘yishar, bir tomon o‘zi yomon ko‘rgan ikkinchi 
tomonni vatan dushmanlarining jirkanch yig‘ini deb atar edi. Ana dastlabki mushtlashish ham boshlanib 
ketdi. “Militaristlar” va “antimilitaristlar” omonchilar qatorlarini yorib o‘tib bir-birlarini shiorlar va rasmlar 
qoqilgan tayoqlar bilan ura boshlashdi. Xotin-qizlar dod solib chiyillashsa, erkaklar bo‘kirib so‘kina 
ketishdi. Odamlar bir-birlarini mushtlab tepkilashardi. Omonchilarning olomon siquvini to‘xtatish, 
urishayotganlarni tarqatib yuborish uchun qilgan harakatlari ularni battar g‘azab otiga mindirdi. Oradan 
ko‘p o‘tmasdan, ikki tomon mushtlashib aralashib ketdi. Go‘yo odamlar shuni kutib turishganday, xuddi 
shuning uchun maydonga yig‘ilishganday edi. Ana shunda qimmatli rasmlar va ta’sirchan shiorlar juda 
ish berdi – qurollar bilan odamlar bir-birlarining kallalariga tushirishardi. Oqayotgan qonlar, ko‘z 
yoshlari, ingragan tovushlar, yuzlab erkaklaru ayollarning, keksalaru yoshlarning yoqalashish 
manzaralari – orqa va old tomondan, yon tomondan, tepadan vertolyotlardan va yerdagi past-baland 
nuqtalardan ikir-chikirlarigacha olingan tasvirlar – qo‘yingki hamma-hammasi jahon teleekranlarida 
namoyish qilindi.
Ana shu paytda o‘sha ikki yosh – yigit va qiz voqealar markazida bo‘lib qolishdi. Ularning o‘z shiorlarini 
avaylab-asraganlari boshlariga balo bo‘ldi. Qizil maydonda turgan HKSchilar o‘z shiorini baland ko‘tarib, 
g‘azabga mingan vatanparvarlarning burniga tiqib olguday bo‘lgan yigitni ko‘rib qolishgach 
konversiyachilarni savalay ketishdi.
— Sen, ablah, kimning burniga tiqib olmoqchisan, kimni ahmoq qilyapsan?! – qichqirdi ulardan biri. 
— Demak, seningcha biz tug‘ilmasligimiz kerakmidi?! Ah yaramas! — Ular shunday deya yigitni 
do‘pposlay boshlashdi, shiorini yirtib-yirtib oyoqlari bilan ezib tashlashdi. Ana shu paytda odam bolasini 
xijolatga soladigan va g‘ashiga tegadigan transparant ko‘tarib, agar Kreml qurollanish poygasini yana 
boshlaydigan bo‘lsa, men o‘zimga o‘t qo‘yaman deb qasam ichgan qiz yordamga keldi.
Bu qizning mitingga ana shunday dag‘dag‘a bilan kelishi to‘g‘rimidi?! Uni nima majbur qildi bunga? 
Nega bunday qildi – yoshlik g‘ururimi, nodonligimi yoki aksincha, uni komil ishonch va chorasizlik shu 
yo‘lga boshladimi? Va, nihoyat, nega u o‘sha mash’um shiorni tiqilinchda, mudofaachi – HKSchilar yigitni 
kaltaklayotgan davraga kirmasdan oldin tashlab yubormadi?! Shu paytda haligi qiz qo‘liga boshqa shior 
oldi-da, yigitga tashlanib qichqirdi:
— Nima qilyapsizlar? Tegmanglar unga! Sizlarga kim huquq berdi? Qo‘llaringga erk bermanglar! Bas 
qilinglar!
Nafi bo‘lmadi. Yigitni chamasi besh kishi tinimsiz do‘pposlardi. Uni kaltaklab hammayog‘ini momataloq 
qilib qo‘yib yuborishsa ham mayliydi. Lekin bu to‘qnashuvning nima bilan tugashini, o‘ziga kuchi 
yetmagan, aqldan ozgan olomonning nimaga qodir ekanini kim bilibdi deysiz?
Quturgan HKSchilar qizni bo‘ralab so‘kib kutib olishdi:
— Sen, qanjiq, tuyog‘ingni shiqillatib qol, bo‘lmasa sen ham nasibangni olasan!
Xuddi shu onda og‘zidan bodi kirib shodi chiqayotgan bir xotin nishonga urdi:
— Ha, ig‘vogar! hali senmiding o‘zingga o‘t qo‘yadigan! hoy, odamlar, meni ushlanglar, qo‘rqaman, 
hozir mana bu ig‘vogar qanjiq yonib ketadi. Keyin ko‘z o‘ngimizda Kremlimiz ag‘anab tushadi!
Basharasiga tushuringlar uning, uyini topolmay qolsin!
Qizga hamla qilishib, kamzulini yirtib tashlashdi. Uning yuzidan qon oqa boshladi.


Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish